Фойдаланилган адабиѐтлар
1. Гозман Л.Я., Шестопал Е.Б. Политическая психология. Ростов на Д.
«Феникс», 1996.
2. М.А.Махсудова, З.Қурбанова, Ё.Жуманазаров Сиѐсий психология.
Тошкент. 2007.
3. Методы эфтиктивного обучения взрослых. Учебно-методические
пособие. (Авт. коллектив). -М. - Берлин: 1998-124 с.
O‟QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAXORATINI
OSHIRISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Jumayeva Gulnora Tursunpo‟latovna
TermDU o‟qituvchisi
Inson tarbiyasi har qachon ham murakkab vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Hatto
jamiyat me‘yordagi stabil rivojlanish bosqichida turgan vaqtda ham o‘sib kelayotgan
yosh avlod tarbiyasida turli muammolar paydo bo‘ladi. Ma‘lumki,
ta‘lim–tarbiya
deb atalgan murakkab jarayon sub‘ektlaridan biri – bu o‘qituvchi. Ho‘sh, bugungi
kun o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak? Uning faoliyati maqsadi va vazifalari
nimalardan iborat? Uning bilim saviyasi, salohiyati, mahorati va qobiliyatini o‘stirish
nimalarga bog‘liq?
Eng avvalo o‘qituvchi shuni chuqur anglashi lozimki, u jamiyatning ishonchli
vakili, zero, jamiyat unga o‘zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi
bo‘lgan bolalarini topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini
bag‘ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga
muhabbat, o‘z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi. Binobarin, Prezident
Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, «Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan,
zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy
pozitsiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun
hamisha dolzarb masala hisoblanadi ».
Bunday mas‘uliyatli vazifani faqatgina dialektik fikrlash qobiliyatiga, yorqin
shahsiy sifatlarga ega bo‘lgan, o‘z–o‘zini uzluksiz rivojlantirish va tarbiyalashga
tayyor bo‘lgan o‘qituvchi bajara oladi. Zero, o‘qituvchi shahsi pedagogik jarayon
muvaffaqiyatining asosiy sharti va vositasidir.
O‘qituvchining shahsiy sifatlari doim tayyor qilib qo‘yilgan ahborotlardan iborat
emas, balki u jonli mushohada yurita olish, doimiy o‘z–o‘zini rivojlantira olish
qobiliyati bilan belgilanadi. Olov olov bilan yoqiladi, shahs shahs orqali
shakllantiriladi. O‘zida bo‘lmagan narsani birovga berib bo‘lmaydi.
Har qanday o‘qituvchi ham mahoratli o‘qituvchi bo‘la oladimi, degan savolga
tajribali pedagoglarimiz shunday javob beradilar: ―Ha! Lekin faqat o‘z ustida tinimsiz
ish olib borish sharti bilan‖.
426
Masalan, taniqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning shahsi o‘z ustida ishlab,
pedagogik qobiliyatlarni takomillashtirishning yorqin namunasi bo‘la oladi. U juda
ko‘p o‘qigan, o‘z mahoratini uzluksiz oshirib borgan, o‘z harakteri ustida ishlagan. U
o‘z tajribasi va hamkasblari tajribasidan o‘rganib, muhim hulosalar chiqara oldi,
aktyorlardan dars oldi, o‘z pedagogik texnikalarini rivojlantiridi.
Mahorat faoliyat jarayonida yuzaga chiqadi. Pedagogikada mahoratni aynan
shunday tushunish qabul qilingan. U o‘qituvchi belgilangan vaqt ichida erishishi
mumkin bo‘lgan optimal natijaga olib keladigan pedagogik faoliyatning oliy darajasi
sanaladi.
Pedagogik faoliyat ob‘ekti – bu inson, shakllanayotgan shahs ruhiy olamining
nozik qirralari – aql, hisiyot, idora, ishonch, o‘z-o‘zini anglash demakdir. Pedagogik
faoliyat bo‘ektining o‘ziga hosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Inson tabiatining jonsiz bir bo‘lagi: emas, balki o‘zining takrorlanmas shahsiy
hususiyatlariga ega bo‘lgan, atroflardagi voqea–hodisalariga nisbatan o‘z
tushunchalari va munosabatiga ega bo‘lgan (jonli) aqlli mavjudot. U pedagogik
jarayonning ishtirokchisi, uning o‘z maqsadi, motivlari, o‘iga hos hulq–atvori bor.
Binobarin, pedagogik faoliyat ob‘ekti uning sub‘ekti hamdir. CHunki u pedagogik
ta‘sirga nisbatan har hil munosabat bilidirishi mumkin. Zero, bu ta‘sirni u o‘z ichki
dunyosi orqali qabul qiladi.
2. O‘qituvchi muntazam o‘zgarib, o‘sib borayotgan inson bilan ishlaydi. Unga
nisbatan qolipga solingan, stereotip hatti–harakatlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bu juda
murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchidan doimiy izlanishni talab etadi.
3. O‘quvchiga faqat pedagoglargina emas, balki uni o‘rab turgan muhit ham turli
yo‘nalishlarda bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. SHuning uchun pedagogik faoliyat shu
ta‘sirlarni korrektsiyalashni, ya‘ni tarbiyalash, qayta tarbiyalash hamda shahsning
o‘z–o‘zini tarbiyalashini tashkil etishni ham ko‘zda tutadi.
Sub‟ekt – bu tarbiyalanuvchiga ta‘sir etuvchilar, ya‘ni pedagog, ota–onalar,
jamoa. O‘quvchiga ta‘sir o‘tkazuvchi asosiy vosita bu o‘qituvchi, uning bilimi va
qobiliyati. Agar o‘quvchilar o‘qituvchi shahsini tushunmasa, uning bilimi va hulq–
atvoriga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishsa, uning hatti–harakatlariga qarshilik
ko‘rsatadilar. Haqiqiy tarbiyachi o‘quvchi shahsiga ijobiy ahloqiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Bu esa o‘qituvchidan o‘zini ahloqiy jihatdan muntazam takomillashtirib borishni
talab etadi.
Pedagogik mahoratni biz o‘qituvchida bo‘lishi lozim bo‘lgan bir qancha shahsiy
sifatlar majmuasi sifatida tushunamiz. Bu shahsiy sifatlar kasbiy faoliyatni yuqori
saviyada tashkil etishga imkon beradi. SHunday muhim sifatlarga – o‘qituvchi
faoliyatining insonparvarligi; uning kasbiy bilimi; pedagogik qobiliyatlari va
pedagogik teknikasini kiritish mumkin.
SHu o‘rinda quyidagi holatlarni ta‘kidlash joiz: birinchidan, pedagogik mahorat
shahs ruhiyatidagi o‘z–o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, insonparvar yo‘nalganlik
bu tizimning asosiy omili bo‘lib hizmat qiladi; ikkinchidan kasbiy mahoratni
rivojlantirish zaminida (asosida) o‘qituvchi hatti–haraktalarining asl mohiyati
asoslanganligi, ongliligini belgilaydigan kasbiy bilim yotadi. Yo‘nalganlik va kasbiy
bilim professional yuqori darajadagi faoliyatning ―skelet‖i sanalanadi, u o‘z–o‘zini
tashkil etuvchi tizimning yahlitligini ta‘minlaydi; uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar
427
mahoratning shakllanishini tezlashtiradigan hamirturush bo‘lib hisoblanadi;
to‘rtinchidan, bilim va qobiliyatga tayanadigan pedagogik texnika, u barcha ta‘sir
vositalarini maqsad bilan bog‘lashga hizmat qiladi, shuningdek, pedagogik faoliyat
strukturasini muvofiqlashtiradi. SHunday qilib, pedagogik mahorat tizimining to‘rt
tarkibiy qismi ham o‘zaro bog‘liq. Ularning o‘sishida faqat tashqi ta‘sirning o‘zigina
kifoya emas, ular o‘z–o‘zini rivojlantirishni ham talab etadi. O‘z–o‘zini rivojlantirish
mahsus bilim va ko‘nikmalarga asoslanadi. Muvaffaqiyatning asosiy sharti – bu
qobiliyatlar, vositasi esa pedagogik texnikadir. Endi pedagogik mahoratning to‘rt
elementi to‘g‘risida batafsil to‘htalamiz.
1. O‘qituvchi shahsining insonparvarligi. Fikrlar to‘qnashuvi va o‘z pozitsiyasi
uchun kurashni dramma deb hisoblasak, tarbiyachining butun, faoliyati dramalardan
iborat. Binobarin, mahorat darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ziddiyatlar ham shunchalik
aniq bo‘ladi. CHunki, ijodkor o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan tizimning yangiligi
odatda, eskirgan qarashlarning qarshiligiga uchraydi.
―SHahs yo‘nalganligi nimalardan iborat?‖, - degan savolga psihologiya fani
ideallar, qiziqishlar, qadriyatlar deb javob beradi.
Ko‘raylikchi, bu dramaning boshalanishi emasmi? O‘qituvchi qanday uy–hayol
bilan maktabga keladi?
―Qoidadon‖ o‘qituvchi ―dars o‘tish‖, dasturni bajarish hayoli bilan maktabga
kelyapti. Uning qiziqishi 45 daqiqa mobaynida o‘zlashtirishi lozim bo‘lagan
materiallarga qaratilgan.
YAngi etakchi maktabga yorqin bayralar, marosimlar orzusida kelyapti.
Endigina ish boshlagan yosh o‘qituvchi ham darsga kelyapti. Uning fikru hayoli
o‘zining o‘qituvchining mavqeini saqlab qolishda. U avvalo yoshlari orasida uncha
katta farq bo‘lmasa–da o‘quvchilar uni o‘qituvchi sifatida qabul qilishlari to‘g‘risida
qayg‘uradi.
Donetsklik o‘qituvchi V.F.SHatalov ham darsga kelyapti. Uning maqsadi o‘z
o‘quvchilariga zafarli bilim olishlari uchun ko‘maklashish.
Ularning hammasi maktabga, bolalar oldiga kelishyapti, lekin ular shahsiy
yo‘nalganligi asosining o‘ziyoq drama(tik). Lekin ularning bu tarzdagi shahsiy
taraddudi tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol insonni shakllantirish vazifasiga
qanchalik mutanosib. Masalaning muhimligi ana shunda.
Har bir o‘qituvchi shahsining yo‘nalganligi turli hil bo‘lib, ularning eng asosiysi,
qimmatlilari quyidagilardir: 1) o‘ziga nisbatan yo‘nalganlik, ya‘ni o‘z–o‘ziga
ishonch, ―menda bilimli, talabchan, haqiqiy o‘qituvchini ko‘rishsin‖, - degan
istakning mavjudligi; 2) pedagogik ta‘sir vositalariga yo‘lnalaganlik; 4) pedagogik
faoliyat maqsadiga yo‘nalganlik – insonparvar strategiya, faoliyat ob‘ekti va
vositalariga nisbatan ijodiy yondashish.
Pedagog uchun korrektsiyalangan barcha turdagi yo‘nalishlar bilan yo‘g‘rilgan,
maqsadga olib boruvchi asosiy yo‘nalish, ya‘ni faoliyatni insonparvarlashtirish
muhimroqdir. Lekin faqat kelajak oldidagi mas‘uliyatni his etish, ongli tirishqoqlik,
bolalarga nisbatan cheksiz muhabbat orqaligina o‘qituvchining kasbiy mahorati
shakllanadi: ‖Agar o‘qituvchi ham ishiga, ham bolalarga nisbatan muhabbatni o‘zida
mujasamlashtira olsa‖, - degan edi L.N.Tolstoy.
428
Insonparvarlik yo‘nalishi yuqori topshiriq sifatida uning kundalik ishidagi
muayyan vazifalarni belgilab beradi. Ikki hil vaziyatni taqqoslab ko‘ramiz. Birinchi
kurs talabasi Ta‘lim markazi muzeyiga sayohat olib borayotib, nima uchun aynan shu
muzey haqida bolalarga gapirib berishi kerakligini tushuntirishga qiynaladi.
Mahoratli usta pedagog esa sayohatdan ko‘zlangan bir necha vazifalar
hamohangligini ko‘ra oladi, ya‘ni o‘z–o‘zini anglashga etaklash, pedagoglik kasbini
egalashlaga targ‘ib etish, o‘qituvchi mehnatining ichki tomonlarini ko‘rsatish va shu
orqali bu mashaqqatli kasb egalariga nisabatan cheksiz hurmat hissini uyg‘onish va
pirovard natijada o‘quvchining ijtimoiy rivojlanishning yanada yuqoriroq pilla
poyasida tura olishiga ko‘maklashish.
Kasbiy bilimning kompleksligi, umumlashganligi bilan birga uning shahsiy
bo‘yoqdorligi ham muhim ahamiyatga ega. IX sinfda adabiyot darsi boryapti. YUsuf
hos Hojibning ‖Qutadg‘u bilig‖ asari hususidagi o‘z fikrlari, uning tarjimalari undagi
qahramonlar haqida ko‘p gapirildi. O‘quvchilar ham o‘z fikrlarini bayon qildilar. Bu
suhbatni olib borayotgan o‘qituvchi esa biror marta ham ‖Menimcha‖, ―Men
o‘ylaymanki...‖ degan so‘zlarni aytmadi. Fan, madaniyatning butun zahirasi
to‘g‘risidagi bilim o‘qituvchining o‘z qiziqishlari va ideallari bilan boyitilsa, uning
o‘z pozitsiyasi sifatida qabul qilinadi. O‘qituvchining mahorati bilimlarni
insoniylashtirishda, unga ruh bag‘ishlashda namoyon bo‘ladi. Zero, bilimlar
shunchaki kitoblardan olingan ma‘lumotday emas, balki o‘zining olamga munosabati
tarzida etkazilishi lozim.
Pedagogning kasbiy bilimi asosida pedagog tafakkuri – printsip va qoidalar
shakllanadi. Ular o‘qituvchi hatti–haraktlari, hulq–atvorida namoyon bo‘ladi. Bu
printsip, qoidalarni har bir o‘qituvchi tajribasiga tayangan holda quradi. Lekin faqat
kasbiy bilim orqaligina uni anglash va uning qonuniyatlarini ko‘ra olish mumkin.
―Abadiy doskaga chiqarilgan‖ – o‘qituvchi haqida shunday deyiladi. SHuni ham
hisobga olish kerakki, o‘qituvchini tayyorlash, kasbga layoqatli bo‘lishini ta‘minlash
juda murakkab jarayon. CHunki kasbiy bilim bir varaqayiga barcha darajalarda teng
shakllantirilashi kerak: metodologik (rivojlanishning umumfalsafiy qonuniyatlarni,
tarbiya maqsadi, shart-sharoitlarini bilish), nazariy (pedagogika va psihologiyaning
qonun–qoidalari, printsiplari, faoliyatning asosiy shakllari va b.), metodik (o‘quv–
tarbiya jarayonini ko‘ra olish darajasi), tehnologik (muayyan sharoitda ta‘lim–
tarbiyaning amaliy topshiriqlarini hal etish darajasi). Bu ma‘lum darajada rivojlangan
kasbiy tafakkurni, ya‘ni pedagogik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bilimlarni
tanlash, tahlil qilish va qayta ishlashni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |