Бошланғич таълим кафедраси



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Список литературы 
1. Каримов И.A. Высокая духовность - непобедимая сила. Т. «Маънавият», 
2008. 
2. Носирова К. Человечество - это духовность и просвещение. T., 2010. 
3. Худойкулов Х.Дж. Национальная гордость – это критерия духовной 
зрелости. T. Дизайнпресс, 2012. 
 
 
YOSHLAR MA‟NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA
MA‟NAVIY MEROSNING AHAMIYATI 
 
Qodirova Dilbar Normuminovna 
 TerDu Boshlang‟ich ta‟lim metodikasi 
 kafedrasi mudiri, b.f,n., dotsent. 
 
Istiqlolga erishganimizdan buyon, davlat, jamiyat diqqat markazida boʻlib 
kelayotgan masalalardan biri bu yoshlarni barkamol, komil shaxs qilib tarbiyalashdir. 
Koʻrib turganimizdek, bu borada juda katta sa‘i-harakatlar islohotlar amalga oshirildi 
va bu hanuzgacha davom ettirilib kelinmoqda. Mustaqillikkacha boʻlgan yillarning 
sarhisobini qiladigan boʻlsak, hech bir davrda yoshlarga bunday imkoniyatlar 
yaratilmagan, yoshlar uchun bunday keng yoʻl ochilmagan. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yoshlarga ishonch bildirib, shunday 
degan edilar: ―Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz - bu oʻsib 
kelayotgan yosh avlodimizdir. Takroran aytamanki, men oʻzimning taqdirimni ham, 
mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham ana shu yoshlar 
qiyofasida, ularning pok qalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqarashida 
koʻraman‖.
1
Yoshlarda ma‘naviy salohiyatni yuksaltirishning bir qancha omillari mavjud 
boʻlib, ular sirasidan milliy qadriy atlar va xalq ogʻzaki ijodining oʻrni salmoqlidir.
―Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma‘naviyatini uning tarixi, oʻziga xos 
urf-odat va an‘analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Bu 
borada, tabiiyki, ma‘naviy meros, madaniy boyliklar, koʻhna tarixiy yodgorliklar eng 
muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi‖.
2
1
Karimov I.A. Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz. 7-jild, Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz 
boʻlsin.-T.: Oʻzbekiston, 1999, -B.246.
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008. –B.30. 


49 
Darhaqiqat, yoshlar ma‘naviyatini shakllanishida ma‘naviy merosning oʻrni 
beqiyos. Ma‘naviy merosning yoshlar ma‘naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati 
shundaki, ularni imon-e‘tiqodli, milliy gʻoyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, 
oʻz Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida 
tarbiyalashda asosiy omillardan biri boʻlib hisoblanadi.
Inson haq-huquqlarini hurmat qilish, insonni aziz va mukarram, barcha 
mavjudotlarning toji va fazilat egasi sifatida e‘zozlash, Yaratuvchi oldida barcha 
insonlarning tengligi va erkinligini ta‘minlash Islom ta‘limotida, uning muqaddas 
kitoblari - Qur‘on va Hadislarda ustuvorlik qiladi.
3
Darhaqiqat, inson kamolati va yoshlar ma‘naviyatini boyitadigan, ta‘bir joiz 
boʻlsa, ma‘naviy asos boʻlib hizmat qiladigan, bir soʻz bilan aytganda komil inson 
boʻlib shakllanishda Islom ma‘naviyatini oʻrni beqiyosdir. 
Bu masalada Birinchi Prezidentimizning mana shu fikrlari katta ilmiy, ta‘lim-
tarbiyaviy ahamiyatga ega: ―Savob – ulugʻ insoniy fazilat, yuksak milliy 
qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi 
kerak, savob ishni har kuni qilish kerak‖.
4
Darhaqiqat, Qur‘onda inson haq-huquqlarini hurmat qilish gʻoyasi yetakchilik 
qiladi. Unda ota-onalarning farzandlar tarbiyasi masalasi boʻyicha burchlari, 
mas‘uliyatlari nimalardan iboratligi belgilangan. Ta‘kidlanishicha, ―ota-onalik 
huquqini qozonish uchun bola tugʻulishining oʻzi kifoya qilmay, balki ularga ta‘lim-
tarbiya berish eng muhim shartlardan biridir.‖.
5
Qur‘oni Karimda farzandlarning ota-onalar oldidagi vazifalari ham bayon 
etilgan. Bu haqda uning Al-Isro surasi, 23-oyatida shunday deyilgan: ―Robbing, faqat 
Uning Oʻzigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar 
huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga ―uf‖ 
dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi soʻz ayt!‖
6
Hadislarda inson ma‘naviy-axloqiy kamolotining asosiy yoʻllari va mezonlari 
ham belgilab berilgan. Buni ul muborak Zotning quyidagi hikmatlaridan aniq-ravshan 
koʻrish mumkin:
-Sen birovga ravo koʻrganni u senga ravo koʻrmasa, bunday suhbatdoshlikda 
xosiyat yoʻq. 
-Har qanday sharoitda Allohga taqvodor boʻl, yomonlik qilsang uni yaxshilik 
bilan yuv. Odamlarga xushmuomalali boʻl.
- Har qanday ishning yaxshisi - oʻrtachasidir.
-Inson hayotiga zarur hisoblangan ayrim narsalarning oz boʻlishi fazilatdir.
Ma‘rifatparvarlik gʻoyalari jahondagi barcha dinlarda boʻlgani kabi Islomda 
ham ustuvorlik qiladi. Buni ayniqsa, uning ilmga munosabati masalasida yaqqol 
koʻrish mumkin. Ilm bilan shugʻullanishni, uni rivojlantirish, olimlarni hurmat 
qilishni Rasululloh juda koʻp ta‘kidlaganlar. Hadisi Sharifda bu haqda quyidagi 
ibratomuz fikrlar bayon etilgan: ―Ilm egallang! Ilm - sahroda doʻst, hayot yoʻllarida 
3
Abdulhakim Shar‘iy Joʻzjoniy. Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqihlari.-T.: Toshkent islom 
universiteti, 2002, -B.64.
4
Karimov I.A. Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz. 7-jild. -T.: Oʻzbekiston, 1999, -B.183-184.
5
Husanov O, Karimova O, Azizov H, Toʻychieva H, Karimov Z. Inson huquqlari. -T.: Sharq, 1997, -B.20.
6
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 3-juz, -T.: Hilol-nashr, 2013, -B.412.


50 
tayanch, yolgʻizlik damlarida - yoʻldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qaygʻuli 
onlarda - madadkor, odamlar orasida zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda – 
quroldir‖.
 
Umumiy ma‘noda yoshlarning ma‘naviyatini shakllantirishda quyidagi 
manbalarni e‘tirof etish mumkin. Masalan, Asqar Mahkam tarjimasi boʻlgan, 
―Avesto‖ tarixiy-adabiy yodgorligi, Oʻrhun-Enasoy yodgorligi, Imom al-Buxoriyning 
―Al-Adab al-Mufrad‖ va ―Al-jome‘ as-Sahih‖ (Ishonchli toʻplam), At-Termiziyning 
―Sahih at-Termiziy‖, Abu Nasr Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖, Abu Ali ibn 
Sinoning ―Hikmatlar‖, Mahmud Koshgʻariyning ―Devonu lugʻotit-turk‖, Jaloliddin 
Rumiyning ―Masnaviyi ma‘naviy‖ va ―Ichingdagi ichindadir‖, Alisher Navoiyning 
―Mukammal asarlar‖ toʻplami, Mahmudxoʻja Behbudiyning ―Bayoni soniy‖,
Abdulla Avloniyning ―Turkiy guliston yohud axloq‖. Abdurauf Fitratning ―Chin 
sevgi‖ va boshqalarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Bu allomalarning ijodiy 
faoliyati, boy ma‘naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga keldi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi oʻta 
murakkab, qaltis va mas‘uliyatli davri ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar, mafkuraviy ta‘lim-
tarbiya markazida yosh avlod turishi zarurligini, farzandlarimizning aql-zakovatli, 
teran fikrli, mustahkam e‘tiqodli qilib tarbiyalanishlariga jiddiy e‘tibor berishni, 
ularning soddalik qilib soxta oqimlar yoʻliga kirib pana-pasqadamlarda pisib yurgan 
har xil johil odamlarning gapi va yoʻliga kirib ketishlariga aslo yoʻl qoʻyib, beparvo 
qarab boʻlmaydi. Ulugʻ bobolarimizning kelajak avlodga qoldirgan buyuk ma‘naviy 
meroslari nafaqat yoshlar ma‘naviyatiga balki, barcha insonlar kamolatiga birdek 
daxldordir.

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish