Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Sh.M.Mirziyoyev. ―Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz ―-T.: ―O‗zbekiston―. 2017.- B.312 
2. M.X.To‘xtaxo‘jayeva. ―Umumiy pedagogika‖ T.: ―Fan‖ 2006 yil.
3. J.Xasanboyev, H.Sariboyev ―Pedagogika‖ o‘quv qo‘llanma T.: ―Fan‖ 2006 
yil.
4. P.Eshmuhammedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. ―Ta‘limda innovatsion 
texnologiyalar‖ T.: 2008 
5. ―O‘zbek tilining izohli lug‘ati‖ T.: ― O‘zb. Res. Milliy ensklo‖ (3,4,5 
qismlar).
6. P.Eshmuhammedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. ―Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar‖. ―Didaktika‖. T; 2010. 


270 
BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYALASHDA 
TOPISHMOQLARDAN FOYDALANISH 
 
Aliyorova Sevara Xudoyberdiyevna 
Sherobod tumani 11-maktab o‟qituvchisi 
 
Mamlakatimizda ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash va yurt taraqqiyoti uchun 
munosib kadrlar qilib shakllantirishdan iboratdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 
nafaqat aqliy balki ma‘naviy axloqiy tarbiyalash ularning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish, olgan bilimlarini hayotiy faoliyatda qo‘llay olishga 
o‘rgatish o‘qituvchi murabbiylarning eng asosiy vazifalaridan qilib belgilandi.
O‘quvchilarga ta‘lim tarbiya berish jarayonida bugungi fan yutuqlari bilan bir 
qatorda o‘zbek xalqining necha ming yillardan beri saqlanib, qadrlanib kelinayotgan 
boy ma‘naviy merosi, jumladan xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirib borish maqsadga 
muvofiqdir. Boshlang‘ich sinfning 1- sinfidan boshlab o‘qish va ona tili darsliklarida 
xalq og‘zaki ijodi namunalari keltirilgan. Ana shunday xalq og‘zaki namunalaridan 
biri topishmoqlar hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini topishmoqlar bilan 
tanishtirish ularning aqliy tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish bilan birga axloqiy 
tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bizga ma‘lumki qadim-qadim 
zamonlardan o‗zbek xalqi o‗z bolalarini kuchli, epchil, aqlli qilib tarbiyalashga katta 
ahamiyat bergan. O‗sha paytlarda hali bolalarga ta‘lim-tarbiya beradigan maktablar 
yo‗q edi. Shuning uchun ham xalq turli o‗yinlar o‗ylab topgan. Masalan, 
„Bekinmachoq―, „Chillak―ka o‗xshash o‗yinlarda ishtirok etuvchi bolalarda 
chaqqonlik, epchillik kabi jismoniy hislatlar paydo bo‗la borgan. Xo‗sh, endi 
bolalarning zehnini charxlash uchun nima qilish kerak edi? Topishmoq, jumboq 
singari aqliy o‗yinlar ana shu savolga javob izlash jarayonida xalq tomonidan 
yaratilgan.
Topishmoqlarning ham ijodkori xalqdir. Yuzaki qaraganda kattalar bilan bolalar, 
bolalar bilan kattalar o‗rtasida topishmoqlar aytish shunchaki bir ermakday tuyuladi, 
zerikmaslik uchun, vaqtni tez o‗tkazishga qaratilganday ko‗rinadi. Aslida esa 
topishmoqlar fikr qayrovidir, ular orqali bola obrazli fikrlaydigan va obrazli 
so‗zlaydigan bo‗ladi. Topishmoqlar bolada so‗z boyligining orta borishiga va 
nutqining o‗sishiga yordam beradi. Bolaga topishmoq topishni o‗rgatish unda 
fikrlashning asta-sekin yuksalishiga sabab bo‗ladi. Demak, xalq og‗zaki ijodining eng 
qadimgi va eng faol janrlaridan biri topishmoqdir. Topishmoqlar inson, ijtimoiy 
hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‗langan bo‗lib, hamma vaqt real 
voqelikka asoslanadi. Unda atrofimizni o‗rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar 
aks etadi.
Har bir topishmoq o‗ziga xos shakl va mazmunga ega bo‗lgan mustaqil bir 
asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning 
mohiyati nihoyatda go‗zal, obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki 
jamoa o‗rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. 
An‘anaviy topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman, har bir 
obyektga badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o‗xshatish orqali 
jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan obyekt -narsa yoki 


271 
tabiat hodisalarning otini aytib berish, ma‘nosini topish, yashiringan narsani yechish, 
bilishdan iborat. Shu narsa diqqatga sazovorki, har bir topishmoq turmush bilan 
chambarchas bog‗langan bo‗ladi.
Topishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiy-estetik tomonlari, xalqning urf-
odatlari aks etadi. Shuningdek, tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni bir-biriga 
taqqoslash, o‗xshatish orqali borliqni, undagi mavjud narsalarning mohiyatini 
yaxshiroq tushunishga katta yordam beradi. Topishmoq o‗z ichiga borliqdagi hamma 
narsa va hodisalarni, ularning turli-tuman ko‗rinishlarini qamrab oladi. Osmon, 
quyosh, oy, yulduzlar, tabiat hodisalari; odam, uning a‘zolari; hayvonot dunyosi; 
qushlar, hasharotlar; daraxt, turli xil o‗simliklar, meva, sabzavotlar; uy-ro‗zg‗or 
buyumlari; mehnat qurollari, umuman, hamma narsalar haqida ko‗plab topishmoqlar 
yaratilgan. Zero, topishmoq hozirgi vaqtda ham o‗zining g‗oyaviy, tarbiyaviy 
ahamiyatini yo‗qotmagan.
Hozirgi kunda ham har xil narsa va hodisalar haqida yangidan-yangi 
topishmoqlar yaratilmoqda. Topishmoqlar, ayniqsa, kichkintoylarning fikrlash 
qobiliyatini o‗stirishga, ularni muayyan bir fikrni badiiy tusda ifodalashga va 
ziyraklikka, topqirlikka o‗rgatadi. Bundan tashqari tarbiyaning tarkibiy qismlari 
hisoblangan aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat, ekologik tarbiyalarni ham aynan 
topishmoqlar orqali berish mumkin. Zero yaxshi tarbiya - bolalarni istagan paytda 
ojizni himoya qilishga tayyor turuvchi insonparvar kishilar sifatida voyaga 
yetkazishdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinf darsliklarida ma‘no mazmuni jihatidan rang-barang 
topishmoqlar keltirilgan. Ular mavzu jihatidan turlicha bo‘lsada g‘oyaviy jihatdan bir 
biriga o‘xshash. Barcha topishmoqlarda asosiy maqsad yashiringan narsani topishdan 
iboratdir. Boshlang‘ich sinfning 4- sinf ona tili darsligida berilgan quyidagi 
topishmoqlarni ko‘rib chiqsak, ularda axloqiy tarbiyalashga oid jihatlarni yaqol 
bilishimiz mumkin. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish