ERTAKLAR ASOSIDA O‟QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH
USLUBIYATI
Soatov Husniddin, TerDU talabasi
Muxtorova L.A. TerDU, katta o‟qituvchi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, hozirgi kunda
ta'lim tizimining barcha bosqichlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlashga, o‘z
fikrini erkin, ravon, mantiqli va mazmunli, savodli ifodalashga yo‘naltirilgan
pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlar va usullarni olib kirish davr talabiga
aylandi.
261
Takomillashtirilgan dastur va to‘rtinchi sinf o‘qish darsligida o‘quvchilarda
yaxshilik, ezgulik, halollik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat, xushfe'llilik, oqko‘ngillilik,
mehnatsevarlik, ota-onaga hurmat, do‘stga va elga sadoqat, kamtarlik, saxiylik,
qanoat, sabr-toqat, aql-idrok kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish ko‘zda tutilgan juda
ko‘p asarlar keltirilgan. Mazkur asarlarda ijobiy fazilatlar xalqimiz tomonidan ezgu
qadriyatlar sifatida ulug‘lanishi bilan birga nopok, yolg‘onchi, ayyor, takabbur,
tanbal, xasis, besabr, sotqin, yomon niyatli, hasadchi kishilar oxir-oqibatda
jazolanishi qiziqarli va ibratli misollar asosida ko‘rsatiladiki, bu xususiyatlar
yomonlik va yovuzlik timsollari sifatida qoralanganligiga o‘quvchilar amin
bo‘ladilar.
Ertaklar asosida o‘quvchilar qahramonlarning xatti-harakatini baholash, qilgan
ishlari va gap-so‘zlari, imon-e'tiqodi mohiyatini tahlil qilib, xulosa chiqarish
imkoniga ega bo‘ladilar. Ertaklar mazmuniga ijodiy yondashuv, fikrlashga undash,
voqealar va qahramonlarga o‘z munosabatini bildirishda an'anaviy savol-javob
metodidan foydalanish mumkin. Ertak va hikoya matnini rollarga bo‘lib o‘qish; matn
asosida senariy tuzish yoki ertakni sahnalashtirish kabi ijodiy ish usullarini qo‘llash
ham yaxshi samara beradi.
Yoshlarni komil insonlar qilib voyaga yetkazish jamiyatimiz ijtimoiy hayotidagi
muhim vazifalardan biridir. Shu o‘rinda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ―Biz
uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaydigan yana bir masala, bu –
farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan,
mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida
tarbiyalash vazifasidir‖
54
degan fikrlarini keltirmoqchiman. Darhaqiqat, bilim
qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi dunyoqarashi, intellektual salohiyati
shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar uchun
informatsion savodxonlik ta‘lim samaradorligini oshirishning muhim sharti
hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinfda ertaklarni o‘rganishdan maqsad o‘quvchilarda o‘qish faniga
havas o‘yg‘otish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini sodda, aniq va lo‘nda shakllarda
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga, ularni milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashga yo‘naltirishni taqozo etadi.
To‘rtinchi sinf o‘qish darslarida «Nima yaxshi-yu, nima yomon?»bo‘limida 18
ta asar berilgan bo‘lib, ularning har biri bir soati darsda o‘tishga mo‘ljallangan. Bu
bo‘limdagi asarlarni o‘qib-o‘rganish orqali bolalardagi salbiy illatlar bartaraf etiladi,
ezgulik urug‘ini sepish ko‘zda tutiladi. Asar qahramonlari fe‘l-atrofidagi ijobiy
fazilatlarni o‘quvchilar shaxsida tarkib toptirishga harakat qilinadi. Bo‘limda Anvar
Obidjonning ―Odobli bo‘lish osonmi‘‘ asari bilan boshlanishining o‘ziyoq bo‘lim
oldida turgan vazifaning nechog‘lig‘i muhim ekanini anglashga qaratilgan.
Bo‘lim materiallari bilan tanishgan o‘quvchilar oila a‘zolari, begona kishilar
tengdoshlari va kattalar bilan qanday munosabatda bo‘lishni, hayvonot olamiga
g‘amxo‘rlikni o‘rganadilar. Bolalarning nutqi o‘yinlar, yangi so‘z va iboralar
yordamida boyiydi. Bo‘limdagi 2-, 3-, 4- darslar 1-dars kabi uyushtiriladi. To‘rtinchi
sinf o‘qish darsligida ―Ikki do‘st‖ mavzusini o‘tish orqali o‘quvchilarni Hakim
54
SH.M.Mirziyoev ―Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz‖ T., 2017 yil, 106 bet
262
Nazirning ―Qodir bilan Sobir‖ hikoyasi bilan tanishtiriladi. Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni do‘st, ahil- totuv bo‘lishiga undash, do‘stlik o‘rtoqlik, ahillik,
totuvlikning inson hayotidagi ahamiyatini yoritish; zo‘ravonlik maqtanchoqlik kabi
salbiy sifatlarning o‘zaro o‘rtoqlik va do‘stlikka rahna solishini o‘quvchilarga
yetkazish; o‘quvchilarni matnni qismlarga bo‘lish ularga sarlavha qo‘yish, lug‘at
ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘stirish; lug‘atni boyitish, bog‘lanishli nutqini
o‘stirishga qaratilgan.
To‘rtinchi sinf o‘qish darsligida ―Nima yaxshi va nima yomon?‖ mavzusini
o‘tish orqali o‘quvchilarni Miraziz A‘zamning "Nurxon bilan Burxon‖ she‘r
mazmuni bilan tanishtiriladi. Darsning maqsadi she‘r mazmuni va uning g‘oyasi bilan
tanishtirish, asarni qismlarga ajralish va qahramonlarni to‘g‘ri baholashga o‘rgatish;
o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, kekkaymaslikka, birovni mazax qilmaslikka
o‘rgatish; ularni yaxshilik qilishga da‘vat etish; ifodali o‘qish ko‘nikmalarini
takomillashtirish; bog‘lanishli nutqini o‘stirish; nutq madaniyatini tarbiyalashga
qaratilgan.
To‘rtinchi sinf o‘qish darsligida ―Ahil bo‘lib o‘ynaymiz, intizomni buzmaymiz‖
mavzusini o‘tish orqali o‘quvchilarni Muhammad Rahmonning ―It-mushuk o‘yini‖,
qo‘shimcha material sifatida Habib Rahmatning o‘yin she‘rlar va xalq qo‘shiqlari
bilan tanishtiriladi. Darsning maqsadi: O‘yinga asoslangan she‘rlar bilan tanishtirish;
o‘yin she‘rlar asosida o‘quvchilarning milliy odob axloq haqidagi tushunchalarini
boyitish; o‘yinlar asosida o‘quvchilarda do‘stlik inoqlik mehmondo‘stlik sifatlarini
tarbiyalash; o‘yinlar orqali ularni hayotga tayyorlash; o‘yin she‘rlar orqali
o‘quvchilarni muomala - munosabatga o‘rgatishga qaratilgan.
―Kamtarga Kamol‖ mavzusini o‘tish orqali o‘quvchilarni Xudoyberdi
To‘xtaboyevning ―Xatosini tushungan bola‖ badiiy asar mazmuni bilan tanishtiriladi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda badiiy asarni o‘qishga qiziqish uyg‘otish;
Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodi haqidagi bilimlarni kengaytirish; O‘quvchilarning
hayotda inson tajribasizligi tufayli xatoga yo‘l qoyishi mumkinligi, lekin uni
tuzatishga or qilmasligi lozimligini anglashlariga erishish; ―Egilgan boshni qilich
kesmaydi‖ maqolining ma‘nosini ochib berish; O‘quvchilarni o‘rtoqlarini hurmat
qilishga o‘rgatish; O‘qish malakalarini takomillashtirish; Bog;lanishli nutqini
o‘stirishga qaratilgan. To‘rtinchi sinf o‘qish darsligida ertak janri bolalar tomonidan
yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‗qilishining sabablaridan biri ertak tilining
ta‘sirchanligi, o'tkirligi, ma‘nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning
ko‗pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.
Ertakning o‗tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat
bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar,
ertakning g‗oyaviy yo‗nalishi, unda ezgulik kuchining — yaxshilikning doimo
g‗alaba qilishi bolalarni o‗ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir
xil so‗z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining
ta‘sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir.
Ertakda qatnashuvchilar ko‗pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi
bo‗lgan yovuz, baxil, ochko‗z kishilar timsoli boiadi.
Ertak va hikoyalarning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‗quvchilar unda
to‗g‗rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan,
263
ya‘ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka
uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‗lishini istaydilar.
Masalan, 4-sinf o‘qish darsligining ―Nima yaxshi-yu, nima yomon?‖ bo‘limida
A.Oripovning ―Sharq hikoyasi‖da ota va o‘g‘il munosabatlari, ota va o‘g‘ilning
qishloq ahli tomonidan muhokama qilinib, kulgiga qolgani, ota va o‘g‘il
rishtalarining uzilish g‗oyasi, Hikam Nazirning ―Qodir bilan Sobir‖ hikoyasida
Qodirning maqtanchoqligi, xudbinligi, manmanligi, yolg‘on so‘zlash odatining
borligi, yolg‘on so‘zlash yomon odat ekanligi, odamlarning ustidan kulish yaxshi
emasligi, „Hiylagarning jazosi― ertagida soddadilning to‗g‗riligi hiylagarning makri
ustidan g‗olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi, „Halollik― ertagida asosiy fikr
kambag'allarga yordam ko‗rsatish, o‗z mehnati bilan hayot kechirish bo‗lib, bu hatto
butun xalq istagi ekanligi g‗oyasi ilgari surilgan boisa, g‗oyasi ilgari surilgan. Har
ikki ertak va hikoyada ham to‗g‗riso‗zlilikning g‗alabasi bilan yakunlanadi. Bunday
g‗alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. O‗quvchilar
ertakni tahlil qilish jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki
yoqmadi?)―, „Nima uchun?―, nima uchun jazolandi? (yoki rag‗batlantirildi?)―, „Nima
uchun ertakdagi ba‘zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki
ba‘zilaridan yuz o‗giradi?)― kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada
qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‗proq o‗qitiladi. „Bo‗rining
tabib bo‗lgani haqida eitak― (Anvar Obidjon), „Ko‗zacha bilan tulki― kabi ertaklar
aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‗qitiladi va tahlil qilinadi. Ertaklarni ustida ishlashda
tanlab o‗qish, savollarga javob berish, o‗quvchilarning o‗zlari ertak va hikoya
mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy
davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan
foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni
kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Xulosa qilib aytganda maktab tajribasidan ma‘lumki, kichik yoshdagi
o‗quvchilar ertak va hikoyalardagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va tuma bir-
birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy
hikoya kabi qabul qiladilar. Ertak va hikoyalarni o‗qib tahlil qilganda, barcha ishlar
uning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning
xatti-harakati, o‗zaro munosabatlarini to‗g‗ri tasawur etishga yo‗naltiriladi. Bunda
tanlab o‗qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |