Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. M.E.Jumayev, Z.G‘Tadjiyeva. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasi. Toshkent, ―Fan va texnalogiya‖. 


256 
2. S.Burxonov. Matematika. 3-sinf darsligining 2016.
BOSHANG„ICH SINFLARDA O„QUVCHILAR OG„ZAKI HISOBLASH 
BILIMINI RIVOJLANTIRISH METODLARI 
 
Jumayeva Вaxor Ergashevna
Qumqo„rg„on tumani 15 maktab boshlang„ich sinf o„qituvchisi 
Boshang‗ich sinflarda o‗quvchilar og‗zaki hisoblash bilimini shakllantirish 
hozirgi zamon o‗qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala 
qilib qo‗ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, 
yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o‗quvchilarni fikrlash 
qobiliyatlarini o`stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan holatdir. Yig‗indidan, 
ko‗paytmaga o‗tish qoidasi, ko‗paytma, bo‗linma tushunchalari, ularning 
kompanentlari orasidagi munosabatlarini mukammal o‗zlashtirishni talab etadiki, bu 
yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‗lsin. 
Boshlang‗ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar 
bajarishning asosiy tayanchi hisoblanadi. O‗qituvchi darslikdagi materiallar bilan 
cheklanib qolmasdan balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish 
maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‗paytirishni turli 
ko‗rinishlaridan foydalanish o‗quvchilarni qiziqishini oshiradi. 
68·5 = (34·2) · 5 =34· (2·5) = 34·10 =340 
68·50= 34·100=3400 
Qo‗shishning distrebutevlik qonuniga ko‗ra: 
17·50= (16+1) ·50= 16·50+1·50=800+50 = 850
Sonlarni bo‗lish te·nikasiga ko‗ra:
135:5= (135·2) : (2·5) =270:10=27 
2250:50=4500:100=45 
O‗quvchilar diqqatini og‗zaki va yozma ko‗paytirishga jalb etish zarurki, bunda 
o‗quvchilar qiziqishi ortib borsin. 
24·25 = (6·4) · 25= 6· (4·25) = 6·100=600 
Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur: 
24·25=(24:4) ·(25·4) = 6·100=600 
Ko‗paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir: 
37·25=(36+1)·25=36·25+1·25=900+25=925 
35·25=(36-1)·25=36·25-1·25=900-25=875 
38·25=(36+2)·25=36·25-2·25=900+50=950 
25 ga ko‗paytirishning og‗zaki usulini 24 va 26 ga ko‗paytirishni
(25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. 
(Bu chorak,bo‗lak, ulushlar tushunchasini o‗tganda zarur bo‗ladi.) 
Masalan: 36·26=36(25+1)=36·25+25+36·1=900+36=936 
36·24=36(25-1)=36·25-36·1=900-36=864 
25 ga bo‗lish esa, 5 ga bo‗lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga 
teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. 


257 
Bo‗luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‗paytirish bo‗lgan hollar uchun ·onalarni 
nollar bilan to‗ldirish qoidalariga asoslanadi: 
225:25=(225·2): (25·2) yoki (225·4): (25·4)=900 : 100=9 
Agar 9,99 va 999 ga ko‗paytirish kerak bo‗lsa, u holda eng qulay usulda 
hisoblash qoidasiga ko‗ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‗rinishlarda distrebutevlik 
qonuniga ko‗ra: 
678·9=678(10-1)=6780-678=6102 
577·99=577(100-1)=57700-577=57123 
34·999=34(1000-1)=34000-34=33966 
3 sinfda (14·15) ko‗paytirish qoidasi
14·15=14(10+5)=140·14·5=140+70=210 
Buni 
darhol 
hisoblashga 
shoshilmasdan 
bajarish 
zarur, 
chunki
14·15=14·10+14·5=(14+7)·10=21·10=210
ko‗rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak. 
Agar 23·15 bo‗lsa
23·15=(22+1)·15=22·15+1·15=330+15=345 
Shuningdek, 14 va 16 ga ko‗paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish 
mumkin. 
66·14=66·(15-1)=66·15 - 66 = 990 - 66 = 924 
62·16=62(15+1)=62·15+15·1=930+62=992 
61·69=6(6+1)·100+1·9=4200+9=4209 
243·247=24·25·100+3·7=60000+21=60021 
Bunday usullardagi hisoblashlarni bajarish o‗quvchilarni og‗zaki hisoblash 
teхnologiyasini mustahkamlaydi. 
Matematikadan boshlang‗ich ta‘lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar tizimi 
asosidagina hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash, psixologiya, 
didaktika, matematika va ularning xususiyatini o‗z ichiga oluvchi metodologik 
o‗qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‗z ichiga oladi. Biroq, birgina nazariy 
bilimlarning o‗zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. 
O‗qitishning ma‘lum mazmuni va o‗quvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan 
ta‘sirlanadigan u yoki bu o‗quv varianti uchun eng samarali usullarini qo‗llashni bi-
lish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‗zida yuzaga keladigan aniq metodik 
vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. 
Ayni shu boshlang‗ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi 
sababli boshlang‗ich sinflar o‗qituvchisi uchun o‗quvchilarning aqliy faoliyatlari 
darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi 
amaliy faoliyat seminar, amaliy va laboratoriya mashg‗ulotlarida matematika o‗qitish 
metodikasida bajariladigan topshiriqlar orqali egallanadi. 


258 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish