54
davlat tili va boshqa ahdlashuvchi tomon tili hisoblanadi.
Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi
xalqaro shartnomasining tili sifatida boshqa til tanlanishi mumkin. Xalqaro
shartnoma matni tuzilgan til mazkur shartnomada ko‘rsatiladi va uning matnining
autentikligi va
rasmiyligi belgilanadi
9
.
Shartnomalar tili muammosi mavjud amaliy ma’noga ega
10
. Har
bir til
tegishli huquqiy tizimning o‘ziga xosligini tasvirlaydi. Huquqiy tizimlarning o‘ziga
xosliklaridan kelib chiqib, shartnomada
ishlatilgan
tushuncha yoki termin turli tarzda tushunilishi mumkin.
Masalan, ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarda turli xildagi majburiyatlarni
bildiruvchi 2 ta atama mavjud:
yoki
Ikki tomonlama shartnomalar ikkala taraf tilida tuziladi. Ikkala matn ham teng
kuchga, aniqlikka, ishonchlikka ega. Tillar o‘rtasida nomutanosiblik kelib chiqqan
vaziyatlarda shartnoma uchta tilda tuziladi. Barcha matnlar autent (asliga muvofiq)
hisoblanadi, biroq nomutanosiblik holatida uchinchi til ustunlikka ega bo‘ladi.
Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi shartnomalar o‘zbek, qozoq
va rus tillarida tuziladi. Barcha matnlar autent hisoblanadi. Nomutanosiblik
holatlarda ustunlik rus tiliga beriladi.
Ko‘ptomonlama shartnomalarda bir necha tillarda tuziladi. BMT tashabbusi
bilan qabul qilinadigan universal konvensiyalar 6 ta rasmiy tilda – ingliz, arab,
ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuziladi.
Matnlarning autentliligi ularning shartnoma tarkibini teng ravishda aks
ettirishini bildiradi. Shuning uchun Vena Konvensiyasiga muvofiq,
nomutanosiblik holatida “shartnoma obyekti va maqsadini hisobga olgan holda,
bu matnlar eng qulay kelisha oladigan ma’no e’tiborga olinadi” (4-band, 33-
modda).
Har xil tilli matnlar bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, xalqaro
huquqshunoslikning doimiyligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tushuncha
va normalaridan iborat yagona tilni shakllanishi jarayonini uyg‘otib turadi. Bu
jarayon nafaqat xalqaro huquq uchun balki tobora xalqaro huquq bilan o‘zaro
faol harakat olib borayotgan ichki huquq uchun ham katta ahamiyatga ega.
Vena konvensiyalarida mazkur masalaga alohida modda bag‘ishlangan bo‘lib,
bu vazifa nafaqat murakkabligi bilan, balki amaliy ahamiyatga ham egaligi bilan
ajralib turadi. Turli tildagi matnlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar nafaqat
xalqaro huquq amaliyotida, balki davlatlaring ichki huquqi amaliyotida ham doimiy
ravishda yuzaga kelib turadi.
“Rasmiy matn” deganda aynan “rasmiy tarjima” atamasini tushunish
maqsadga muvofiq. Bu tushunchalar autentliligi belgilangan shartnomalarning
9
http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami
10
Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.22.
Do'stlaringiz bilan baham: