O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Muzokaralardagi delegastiyalar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
3.3. Muzokaralardagi delegastiyalar 
 
Korxona vakillarining suhbati amaliyotdagi  eng qiyin va murakkab, eng muhim 
va mas’uliyatli, eng qiziqarli va foydali tadbir hisoblanadi. 
Korxona  vakillari  suhbat  olib  borish  sirlarini  bilmasa,  shu  bilan  birga    o‘zi 
turgan mamlakatda o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini olib bormaydigan xodimning 
o‘zini to‘laqonli korxonaning vakil shaxsi  deb hisoblashga ma’naviy huquqi yo‘qdir. 
Ko‘p  hollarda  tayyorlanadigan  hujjat  shaxsiy  suhbatlar,  uchrashuvlar,  baxslar 
natijasidan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Mazkur  hujjat  korxona  faoliyatini      faol 
tomonlarini qayd etadi va umumlashtiradi.   
Korxona  vakillari  suhbatlarining  aniq  vazifalari    korxonaning  tashqi  siyosiy 
programmasi,  milliy  manfa’tlari  va  xorijiy  korxona    bilan  o‘zaro  munosabatlari 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Korxona vakillari suhbati quyidagi maqsad va yo‘nalishlarga ega: 
-  o‘zi  turgan  hamkor  mamlakatlar  bilan  siyosiy,  iqtisodiy,  savdo,  madaniy  va 
ilmiy munosabatlarni  rivojlantirish; 
- o‘z korxonasiining tashqi siyosatini bayon qilish; 
- o‘zi turgan mamlakat bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga  intilish; 
- barcha qiziqtirgan masalalar bo‘yicha o‘zi turgan mamlakatning pozitsiyalarini 
aniqlash; 
-  o‘zi  turgan  mamlakatning  tashqi  va  ichki  siyosati,  unda  ro‘y  berayotgan 
siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa  jarayonlarni  chuqur  o‘rganish,  korxona    va  jamoat 
arboblari haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
-  o‘zi  turgan  mamlakat  bilan  o‘z  korxonasi  o‘rtasidagi  ko‘p  tomonlama 
aloqalarni  rivojlantirishga  qaratilgan  tadbirlar  va  takliflar  haqida  markazni  doimo 
xabardor qilib turish. 
Muzokaralarning    xalqaro-huquqiy    asosi    sifatida    umumtan    olingan 
prinsiplarni ko‘rsatish  mumkin.  Chunki,  ko‘pchilik  davlatlarning  asosiy qonunlari 
mazkur prinsiplarga tayanadi. 
Muzokaralar  institutini  tartibga  soladigan  alohida  Konvensiya mavjud emas. 
Faqat  1999-  yil  20-  yanvardagi  BMT  Bosh    Assambleyasining  “Xalqaro  
muzokaralarni    olib    borish    prinsiplari  va    qoidalari”    nomli  rezolyutsiyasi  katta 
ahamiyatga ega.  
Muzokaralar    yuridik    ahamiyatidan    ko‘ra    ko‘proq    siyosiy  ahamiyatga  ega. 
Muzokaralar og‘zaki va yozma shakllarda bo‘ladi.  
Muzokara  jarayonida  konferensiya  ishtirokchilari,  ya’ni  kimlar ishtirok etishi  
masalasi    ham    muhim    ahamiyatga    ega.  Bunda  delegatsiya  vakolati    davlat  
boshlig‘i,    hukumat    boshlig‘i    yoki  tashqi  ishlar    organiga  berilishi    nazarda  
tutilmoqda.  Delegatsiya  jo‘natayotgan  davlat  uning tarkibini belgilab beradi.  
Konferensiya  mansabdor  shaxslari  uning  raisi,  rais  o‘rinbosari, konferensiya 
qo‘mitalarining har birining ma’ruzachisi, tahririyat qo‘mitasi  raisi  kabi  mansabdor  
shaxslardan    iborat    bo‘ladi.    Ularni    saylash  yoki  tayinlashda  umumiy  geografik 


53 
 
adolat tamoyiliga rioya qilinishi lozim. 
Konferensiyaning   asosiy    organlari   plenum,   bosh   qo‘mita,   tahrir  qo‘mitasi,  
vakolatlarni    tekshiruvchi    qo‘mita,    asosiy    qo‘mitalar,    yordamchi  organlar, 
kotibiyatdan iborat bo‘ladi. 
Korxonalar  o‘rtasidagi  aloqalar  haqidagi  1961  yilgi  Vena  Konvensiyasining  3-
moddasiga muvofiq  vakolatxonalarning bu xususdagi vazifasi quyidagilar: 
a)  o‘zi  turgan  mamlakatda  akkreditastiya  qilingan    korxonaning  vakilining 
mavjud  bo‘lishi; 
b) o‘zi turgan mamlakatda  akkreditatsiya qilingan korxona  va uning fuqarolari 
manfa’tlarini xalqaro huquq doirasida himoya qilish; 
s) o‘zi turgan mamlakat  bilan muzokaralar olib borish; 
d) barcha qonuniy vositalar bilan o‘zi turgan mamlakatdagi sharoit va voqealarni 
aniqlash hamda ular haqida o‘z hukumatini xabardor qilish; 
e) ikki korxona  o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish