operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.
Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi.
Katta
razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin.
▪
Parallel kodlarda;
▪
Ketma – ket kodlarda.
Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining
kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida
beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan
ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0
holatga
keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi
shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi.
Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik
razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish”
komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga uzatiladi.
Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi. “Siljituvchi”
komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N razryad siljitish uchun n marta
siljituvchi impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr yordamida soni parallel kodini
ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni chapga siljitish
uchun kichik razryadli
trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi element orqali katta razryadli trigerni hisobchining
kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p
qo‘llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab
chiqarilmokda.
Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta turg‘un
holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli
simmetrik qarshilikli
kuchaytirgichdan iborat bo‘lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog‘lanishi amalga
oshirilgan. Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi sifatida qo‘llaniladi.
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un holidan
ikkinchi turg‘un holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb
qabul qilinadi. Trigerni kirishiga beriladigan har bir signalga muvofik u o‘z
holatini
o‘zgartirishi uchun hisobli kirish rejimi qo‘llanildi. Buning uchun trigerni alohida kirishlari
o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib turishi
mumkin. Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va jamlagichlari yig‘iladi.
Trigerlar integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda. Trigerlar axborotni saqlash usuliga
ko‘ra asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi.
Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan momentida kirish signalining
o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Sinxron trigerlarda ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq momentida
sinxron signal berilgandagina o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: