65
6 - BOB.
XALQARO MARKETING STRATEGIYALARI
6.1. Xalqaro marketingda strategiyalar tushunchasi
Marketing bo‘yicha olim, professor F.Kotler keltirgan ta’rifga
ko‘ra xalqaro marketing startegiyasi bu komaniyaning tashqi bozorga
kirishida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan barcha omillar tahlili bilan
birga, ushbu kompaniya uchun individual bo‘lgan
alohida marketing
siyosatini ifoda etuvchi maqsadlari jamlanmasi
1
. Qisqacha aytganda
strategiya bu loyiha bo‘lishi mumkin, dastur yoki harakatlar ,
ishlar
majmuini jamlagan yo‘nalish sifatida ko‘rilishi mumkin.
Xalqaro bozorda faoliyat yuritish jarayonida firma o‘z oldiga
qo‘yilgan maqsadlarga erishishga intiladi. Bunda u quyidagi
strategiyalarga amal qilishi mumkin:
Hujum qilish strategiyasi firmaning bozor ulushini egallab
olish va kengaytirishga yo‘naltirilgan faol harakatlarini nazarda tutadi.
Har bir tovar bozorining optimal bozor ulushi mavjud bo‘lib,
u zarur
foyda normasi va hajmini ta’minlab beradi. Mazkur bozor
xaridorlarining 20 foizi firma taklif etayotgan mahsulotlarning 80
foizini xarid qiluvchi segment optimal hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlarida olingan ma’lumotlarga ko‘ra bozor
ulushining 10 %ga oshirilishi firma olayotgan foyda normasini
o‘rtacha 5% ga oshiradi. Bozor ulushi
va foyda normasi hajmi
o‘rtasidagi
bog‘liqlik
ko‘plab
firmalarning
marketingni
rejalashtirishda o‘z oldiga bozordagi ta’sirini o‘stirishni maqsad qilib
qo‘yishiga sabab bo‘lmoqda.
Firma quyidagi hollarda xalqaro bozorda hujum qilish
strategiyasini tanlashi mumkin:
uning bozordagi ulushi eng zarur minimumdan kam yoki
raqobatchilar hatti-harakati natijasida qisqarib ketgan va kerakli foyda
normasini ta’minlay olmagan holda;
firma
bozorga yangi, original tovar chiqarsa;
firma ishlab chiqarilayotgan tovar hajmini sezilarli oshirgan
taqdirdagina o‘zini qoplashi mumkin bo‘lganda ishlab chiqarishni
kengaytirsa;
raqobatchilar o‘z pozisiyalarini yo‘qotib, kam xarajatlar evaziga
bozordagi ulushini kengaytirish imkoniyati yuzaga kelganda.
66
Himoya strategiyasi firmaning mavjud
bozor ulushini saqlab
qolish va xalqaro bozordagi o‘rnini ushlab turishni taklif qiladi.
Bunday strategiya quyidagi hollarda o‘ringa ega bo‘ladi:
– firmaning bozordagi o‘rni qoniqarli yoki agressiv siyosat olib
borish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan hollarda;
– raqobatchilar yoki davlatning javob tariqasidagi choralari
kutilayotgan yoki firma unga tayyorlanayotgan hollarda. Bu
strategiyani qo‘llashning xavfli tomoni shundaki, raqobatchining hatti-
harakatlari va fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlarga o‘z vaqtida
e’tibor qaratilmasa muvaffaqiyatsizlikka uchrash va xalqaro bozordan
chiqib ketishga majbur bo‘lish mumkin.
Chekinish strategiyasi majburiy choralarni ifodalaydi. Bir qator
hollarda
ayrim tovarlar, masalan, texnik va texnologik jihatdan
eskirayotgan tovarlar bo‘yicha firma buni anglagan holda bozor
ulushini qisqartirishi yoki unga darhol pul mablag‘lari zarur bo‘lib
qolgan (qarzni to‘lash, divdidend to‘lovlari uchun va hokazo) hollarda
bozor ulushining bir qismi bahridan o‘tishi mumkin. Bu strategiya ikki
xil variantni – operasiyalarni asta-sekin kamaytirish yoki firmaning
xalqaro bozordagi biznesini tugatishni taklif qiladi. Korxona o‘zining
xalqaro miqyosdagi rivojlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: