Marketing usullaridan faol foydalanish alohida ko‘rsatib o‘tilgan



Download 466,85 Kb.
bet1/5
Sana14.04.2023
Hajmi466,85 Kb.
#928138
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SARVAR AZIMOV kurs ishi



REJA:
I. Kirish…………………………………………………………………….
Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni
II.Asosiy qism
1.1. Marketingning mohiyati, maqsadlari va ahamiyati ………….
1.2. Marketing tadqiqotlari biznes rejaning asosi …….….
1.3. Marketingning boshqaruv funksiyasi va bozorni tanlash……
1.4. Biznesni rejalashtirishda marketing tadqiqotlari vazifalariningo’rni…………………………………………………..
1.5. Marketing tadqiqotlarining tamoyillari va turlari……………
1.6. Marketing metodologiyasining zamonaviy usul va uslublari…….
Xulosa……………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….



Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport
qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni
takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan
qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy
marketing usullaridan faol foydalanish...”1 alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy –
iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama,
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud.
Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p
qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi
juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan
ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor
muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash
yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek,
boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat
zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar,
texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil
etish”2 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari
respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat
korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi
bozorlarga eksport qilish zarurligini3 ta’kidlab o‘tdi.
Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish
hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat
zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga
oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida
ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish,
korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish
muhim o‘ringa egadir.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi
barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit
tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi
sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni
muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo
etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va
prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing asoslari» fani korxonalar (firmalar)ni
bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar
hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.



    1. Download 466,85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish