Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
30 
TA’LIMIY KORPUS: TATBIQIY, AMALIY ELE
KTRON RESURS VOSITASI SIFATIDA 
 
EDUCATIONAL BUILDING: AS A PRACTICAL, PRACTICAL ELECTRONIC RESOURCE 
Laylo Raupova
*
14
 
Nafosat Zaripboyeva
*
15
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’limiy korpusning ahamiyati, uning tadbiqiy, amaliy elektron 
resurs vositasi sifatidagi o‘rni va vazifasi yoritilgan. Ta’limiy korpus intensiv didaktik vositalardan biri 
sifatida milliy korpusning asosiy bo‘g‘inini tashkil etuvchi qimmatli ahamiyatga egaligi ilmiy asoslangan. 
Kalit so‘zlar:
korpus lingvistikasi, Milliy korpus, ta’limiy korpus, elektron kutubxona, lug‘at, 
reprezentativlik 
Annotation:
 This article describes the importance of the educational corps, its role and function as 
an applied, practical electronic resource. It is scientifically proven that the educational corps, as one of 
the intensive didactic tools, has a valuable role as a key component of the national corps. 
Keywords:
corpus linguistics, national corpus, educational corpus, electronic library, dictionary, 
representative 
Jahon tilshunosligida o‘tgan asrning 60-yillarida lisoniy korpuslarni yaratish va ularning tatbiqi 
bilan shug‘ullanuvchi – korpus lingvistikasining kompyuter texnologiyalari bilan o‘zaro aloqasi 
jadallashganligi sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ilmiy manbalarda XIX asrning boshlarida tilshunoslik 
sohasi korpus lingvistikasining nazariy tamoyillari shakllanishi natijasida ilk namuna – Brovn korpusi 
yaratilganligi qayd etiladi. Bu esa, insoniyatning intellektual boyligini elektron korpus asosida avtomatik 
raqamlashtirish zamonaviy tilshunoslikning bugungi kundagi dolzarb vazifalari sirasiga kiritilishini kun 
tartibiga qo‘ydi. Shu sababli til yoki tilning muayyan qismini o‘zida ifoda etgan, yozma va og‘zaki 
matnlarni umumlashtirgan elektron lisoniy baza – korpus tahlil metodlarining amaliy ifodasi bo‘lgan 
milliy korpuslar til rivoji, leksik qatlam boyishi va uning bugungi kuni xususidagi statistik tahlilini aniq 
sonlarda takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, dunyoda lisoniy tadqiqotlar sifati 
statistik tahlillarga asoslanar ekan, sohada til korpuslarini yaratish amaliyotining samarali natijasi matn 
tahlili jarayonida sarflanadigan vaqtning tejalishiga imkon yaratadi. Lingvistik birliklarning xususiyatlari, 
ularning nutq tarkibidagi xossalariga oid minglab misollarning konkordansda aniqlanishi korpusning 
birlamchi xususiyati sanaladi. Dunyo tilshunosligida cun’iy intellektning avtomatik tarjima, kompyuter 
tahlili, tahriri, tezaurus, elektron lug‘at singari imkoniyatlari kengaydi, ilmiy-nazariy asoslari yaratildi, 
amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan ilk namunalari qo‘llanila boshladi. Fandagi bu yangilanishlar 
axborot texnologiyalarini tilshunoslik va ta’limga tatbiq etishni kun tartibiga qo‘ydi. Jahon pedagogika va 
lingvodidaktikasi til, adabiyot, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillarni o‘qitishning yangi-yangi usul va vositalari 
ishlab chiqilmoqda.
Shu jihatdan XXI asrning uchinchi o‘n yilligiga qadam qo‘yayotgan ilm-fan kompyuterlarni 
amaliyotda qo‘llash zaruratini qo‘yar ekan, korpus lingvistikasining ilmiy-nazariy tadqiqi barcha 
sohalarda dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlar amalga 
oshirilib, davlatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi chet tillarni mukammal egallagan 
mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi muhim vazifalarni belgilamoqda. “Taraqqiyotga erishish uchun 
raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga 
yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga 
axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda” [Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат 
Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси]. Shunday ekan tadqiqot olib borilayotgan soha 
zamonaviy ilm-fan rivoji sifatida qaralgani bois, uni mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida salmoqli 
o‘zlashtirish bugungi kun talabini ifoda etadi. Bunda korpus lingvistikasining tarixiy rivojlanish 
evolyusiyasi, korpus, uni tasniflash, qo‘llash prinsiplari tahlili asosida щzbek tilining miliy va qator 
korpuslarini nazariy tadqiqini ishlab chiqish kabi muhim vazifalar sohamizda o‘z yechimini kutmoqda. 
Hozirda tilshunoslikda korpuslar yaratish, ularning nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha yetarlicha 
14
*
ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor 
15
*
ToshDO‘TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish