Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
32 
4)
turli ma’lumotlar tilning ta’limiy korpusida o‘zining tabiiy kontekstual shaklida joylashadi, bu esa 
ularni har tomonlama, chuqur, ob’ektiv o‘rganishga asos bo‘ladi; 
5)
ta’limiy korpus – tilni tadqiq etish (so‘zning o‘zgarishi, istorizm, neologizmlarning vujudga kelishi, 
ma’no kengayishi, torayishi, yangi frazeologizmlarning paydo bo‘lishini kuzatish), til o‘rganish, lug‘at 
tuzishda eng zamonaviy, keng imkoniyatli dasturlashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish xorijiy tajribalardan kelib chiqib, bosqichma-bosqich 
ma’lumotlar shakllantirilishiga qaratilgan va o‘zbek adabiy tilining bugungi so‘zligini qamrab olgan 
elektron darslik, ko‘p tilli so‘zlashgichlar va o‘zbek tilining boshqa tillarda ekvivalenti bo‘lmagan, 
tarjima qilinmaydigan leksik birliklari – milliy-madaniy so‘zlarning izohi berilgan glossariy, o‘zbekcha 
to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan audio va videomateriallar hamda mobil ilova 
qamrab olingan multimedia mahsulotlari majmuasini yaratish ko‘zda tutilgan. Bu esa respublikamizning 
iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy va texnologik zaxiralarni shakllantirishga 
xizmat qiladi. 
Ta’limiy korpus – o‘zbek tilini davlat tili va ikkinchi til, shuningdek xorijiy til sifatida chuqurroq 
o‘rganish imkonini beradi. Ta’limiy korpusni tashkil etuvchi elektron kontent – audio, video, multimediya 
ilovalar, talaffuz va imlo qoidalarni o‘rgatuvchi dasturlar, elektron o‘quv lug‘atlari foydalanuvchilarga 
o‘zbek tilini mustaqil holatda ham qulay o‘rganishga sharoit yaratadi. Amaldagi o‘quv dasturlari 
mazmunidan farqli ravishda mazkur kompleks o‘zbek tilini notanish vaziyatlarda ham qo‘llay olish 
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Undan o‘zbek tilini o‘rganishni boshlovchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, 
o‘qituvchilar, talabalar keng jamoatchlik foydalanishi mumkin. 
Ta’limiy korpusning milliy korpusdan eng asosiy farqi shundaki, ta’limiy korpus birlik (matn)lari 
didaktik xarakterga ega bo‘ladi. Milliy korpusda bosh maqsad jonli tilni ko‘rsatish bo‘lgani sababli unda 
turli uslub va janrdagi matnlar korpus birligi sifatida ishlatiladi, milliy korpusda reprezentativlik 
(matnning janriy xilma-xilligi) ustunlik qiladi. Ta’limiy korpusdagi matnlar til ta’limi, o‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan matnlardan iborat bo‘ladi. Ta’limiy korpusga ko‘proq maqol, 
matal, naql, ertak, rivoyat janrlari kiritiladi. Asl maqsad – ona (o‘zbek) tilini o‘rgatish bilan birga, 
tarbiyaviy maqsad ham asosiy planda bo‘ladi.
Milliy til korpusi - o‘zbek tilidagi ilmiy, badiiy, publitsistik, so‘zlashuv va rasmiy uslubga doir 
shuningdek, zamonaviy, tarixiy , she’riy, nasriy, dramatik va shevaga doir matnlardan iborat milliy 
kontentdir. milliy til korpusi yaratilsa, ta’limiy korpus yanada takomillashadi. Milliy til korpusi tadqiqiy, 
tahliliy xarakterdadir. Ta’limiy korpus esa tadbiqiy, amaliy maqsadga yo‘nalgan elektron resursdir. 
Ta’limiy korpusni Milliy korpusdan farqlab turuvchi yana bir jihat shuki, undagi qidiruv tizimi, 
video-audio, multimedia materiallari ko‘proq til ta’limi – tilni o‘rgatishga qaratiladi. Milliy korpus esa, 
asosan, til go‘zalligi, boyligi va me’yorini ko‘rsatishga xizmat qiladi. 

Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish