Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
226
BAHOLASH VA MILLIY KORPUS
ASSESSMENT AND NATIONAL CORPORA
Abdiraimov Shohruh Samad o‘g‘li
82
*
Annotatsiya:
Maqolada korpuslarining ta’lim jarayonida qo‘llanilish istiqbollari haqida fikr
yuritiladi. Xususan, ta’lim tizimning muhim komponenti bo‘lgan baholash jarayonida korpuslardan
foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z borgan. Shuningdek, o‘zbek tilini ona tili va xorijiy til sifatida
egallash darajasini baholash jarayonida korpuslardan foydalanishning samaradorligi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
korpus, korpus lingvistikasi, baholash jarayoni, yozma ishlarni baholash, matn
tanlash
Annotation:
The article discusses the prospects of using corps in the educational process. In
particular, there was talk of the use of corps in the assessment process, which is an important component
of the education system. It also reveals the effectiveness of the use of corpus in assessing the level of
proficiency in Uzbek as a mother tongue and a foreign language.
Keywords:
corpus, corpus linguistics, assessment process, written assessment, text selection
Ma’lumki, global zamon axborotlar ummoniga aylanib bormoqda. Axborotlar maydonidan
keraklisini tez va muvaffaqiyatli foydalanish uchun xalqaro internet tarmog‘i mavjud. Zamon taraqqiyoti
bilan bu tarmoq insoniyatning barcha sohalarda yillar davomida bajariladigan yumushlarini qisqa vaqtda
sifatli bajarish imkoniyatini yaratib bermoqda. Shuningdek, ma’lumotlarni uzoq vaqtga saqlash,
ajdodlardan avlodlarga yetkazishning muhim manbasiga aylanib bormoqda. Buning uchun global dasturiy
ta’minotlar yaratilib, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Shu bois har bir xalq o‘z urf-
odatlarini, qadriyatlarini, an’analarini, umuman asliyatini kelajak avlodlarga bus-butun yetkazib berishni
xohlar ekan, kompyuterga uni o‘rgatishi, global tarmoqlarga joylashi lozim bo‘ladi. Dunyo tarjibasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, davlat ham bu kabi amaliy ahamiyatli g‘oyalarni chegaralanmagan miqdordagi moddiy
ta’minot bilan qo‘llab-quvvatlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi, negaki bunday dasturiy ta’minotlar
faqatgina madaniy merosni avlodlarga yetkazib berish bilan cheklanmay, iqtisodiyotni rivojlantirish
uchun katta foyda keltirishi, yangi imkoniyatlarni paydo qilishi o‘z isbotini topmoqda.
O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab jahon ilm-fanida “korpus”, “korpus lingvistikasi” kabi
tushunchalar faol qo‘llanila boshlandi. Bir qancha mikrokorpuslar yaratildi. Bu esa amaliy tilshunoslikda
yangi istiqbolli yo‘nalish paydo bo‘layotganligidan dalolat berardi, chunki ilk tuzilgan mikrokorpuslar
ham til nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p bosqichli murakkab jarayonlarni osonlashtirgan,
samaradorligini oshirgan edi. Avvalo “korpus” tushunchasiga to‘xtalsak. Bu tushunchaga turli ilmiy
manbalarda bir-birini to‘ldiruvchi izohlar berilgan. Jahon tilshunosligida Linda Taylor va Fiona Barker
tadqiqotida quyidagicha izoh beradi: “Korpus” kompyuter ma’lumotlari bazasida saqlangan, turli xil
lingvistik tahlillarga asoslangan katta matnlar to‘plami” [Lynda Taylor, 2008: 253]. Darhaqiqat, korpus
minglab, yuz minglab matnlarni o‘z ichiga oladigan, yuz millionlab, milliardlab so‘z shakllarini qamrab
olgan lingvistik baza hisoblanadi. O‘zbek tilshunosligida ham “Milliy korpus”ni ishlab chiqish yuzasidan
harakatlar boshlangan. O‘zbek tilshunoslaridan B.Mengliyev “korpus” atamasiga shunday ta’rif beradi:
“Til korpusi qidiruv dasturlariga bo‘ysundirilgan ma’lum tilga oid bo‘lgan matnlar majmuyi bo‘lib, u o‘n
milliondan tortib, yuz milliongacha, hatto milliardlab so‘z qo‘llanishlarini o‘z ichiga oladi” [Mengliyev,
2020: 54]. Boshqa bir olima N.Abduraxmonova esa quyidagicha ta’riflaydi: “korpus” matnlar jamlanmasi
bo‘lib, umashina o‘qiy oladigan formatda matnlarni lingvistik analiz qilish, tabiiy tilni qayta ishlashga
mo‘ljallangan bo‘ladi [Abduraxmonova, 2021: 284].
Demak, “milliy korpus” milliy tildagi millionlab so‘z shaklarini qamrab olgan, turli uslublarga oid
bo‘lgan minglab yozma va og‘zaki matnlardan iborat bo‘lgan global tarmoqdagi lingvistik baza
hisoblanadi. Bu bazadan nafaqat nazariy va amaliy tilshunoslikdagi tadqiqotlarni olib borishda, balki
ta’lim-tarbiya jarayonida ham faol foydalaniladi. Xususan, “Ona tili va chet tillarni o‘qitish va o‘rganish
82
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, e-mail:
abduraimov.shohrux@mail.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |