Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   398
Keywords:
learner
 
corpus,
 
terminology corpus, terminology databases, term, metadata, 
concordance 
Insoniyat taraqqiyotidagi har bir davr til va tilshunoslik zimmasiga muayyan ijtimoiy vazifalarni 
yuklaydi. Til va kompyuter integratsiyasi natijasida tabiiy tilni qayta ishlash, milliy, ta’limiy va sheva 
korpuslarini yaratish, terminologik ma’lumot bazalarini loyihalashtirish, mashina tarjimasining lingvistik 
ta’minotini shakllantirish masalalari o‘zbek tilshunosligining kun tartibidagi asosiy vazifalari qatoridan 
joy oldi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda 
taqdim etish o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratishni 
taqozo etadi” [Mirziyoyev Sh.M., 2019]. Darhaqiqat, axborot-texnologiyalari asrida ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirish jarayonida ham lingvistik dasturlarga ehtiyoj katta. Shunday dasturiy 
ta’minotlardan biri ta’limiy korpusdir. Ta’limiy korpus o‘z ona tili va o‘zga tillarni o‘rganish, so‘z 
boyligini oshirish, tilning mavjud ilmiy me’yorlarini o‘zlashtirish, tildan amaliy foydalanish 
kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu elektron resurs mantiqiy tafakkurni 
rivojlantirishda ulkan samara beradi. Til pedagogikasida korpusning afzalliklari xorijda keng tadqiq 
etilgan va ko‘pgina tillar o‘z ta’limiy korpuslariga ega. “Учебный корпус русского языка”
[http://ruscorpora.ru], CORYL – Corpus of Young Learner Language, Commented Leaner Corpus 
Academic Writing, Tisus corpus, The Advanced Finnish Learners’ Corpus, The Dresden corpus, Open 
Cambridge Learner Corpus kabilar shular jumlasidandir. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida ta’limiy 
korpusni yaratishga doir ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi 
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining 
taʼlimiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida Oʻzbek tilining Milliy korpusi [Abjalova M.A., 
2021: 12-17] va ta’limiy korpusi yaratilmoqda. Unda ta’limiy korpus Milliy korpusning subkorpusi 
sifatida joylashgan. Ona tili ta’limi uchun terminlar korpusi yaratish ham dolzarb bo‘lib, uni tuzish 
bo‘yicha o‘z takliflarimizni havola etamiz. Terminologik korpus – bevosita jonli til asosida terminlar 
lug‘ati yaratish maqsadida tuzilgan korpus [Xamrayeva Sh.M., 2020: 57]. V.Zaxarov adabiy tilga oidligi 
belgisiga ko‘ra korpus tasnifida terminologik korpusni qayd etadi: 
adabiy til korpusi, dialektal korpus, 
so‘zlashuv korpusi, terminologik korpus, aralash korpus 
[Захаров В.П., Богданова С.Ю., 2013: 16]. 
Bundan ko‘rinadiki, terminlar korpusi til korpusi tarkibidagi subkorpus, terminlar bazasi. U amaliyotda 
bir xil talqin qilinishi va tarjima qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar – asosiy terminlarni o‘z ichiga oladi. 
Har bir termin metama’lumot (termin haqida qo‘shimcha ma’lumot)lar bilan ta’minlanadi. Jahon 
tilshunosligida katta hajmli terminologik ma’lumot bazalari mavjud bo‘lib, ular quyidagi 
metama’lumotlarni o‘z ichiga oladi: 
61
*
Magistrant, 
Alisher 
Navoiy 
nomidagi 
Toshkent 
davlat 
o‘zbek 
tili 
va 
adabiyoti
universiteti. 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish