Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 602
ularni tez rivojlanayotgan mamlakatlarga joylashtirish imkoniyati yuqori bo‘ladi va
agar bu mamlakatlarda iqtisodiy ahvol yomonlashsa kapitalni olib chiqib ketishi
ham oson bo‘ladi. Eksportida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushining
ko‘pligi va yirik korporatsiyalarning mavjudligi sababli iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar uchun har qanday cheklovlar ularning iqtisodiy rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar savdo hamkorlari bo‘lgan
davlatlardagi belgilangan va boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kurslari
ularning iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazmoqda. Rivojlanayotgan va o‘tish
davri iqtisodiyotidagi mamlakatlarga xos bo‘lgan bunday valyuta kursi rejimlarida
hukumat eksportni ko‘paytirish va milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardosh-
ligini oshirish maqsadida valyuta bozorida tez-tez intervensiyadan foydalangan
holda milliy valyutasini qadrsizlantiradi. O’z-o‘zidan bu vaziyat rivojlangan
mamlakatlarni qoniqtirmaydi, shuning uchun ular rivojlanayotgan va o‘tish davri
iqtisodiyoti mamlakatlarini valyuta va savdo amaliyotidagi cheklovlarni kamay-
tirishga va suzib yuruvchi valyuta kursi rejimiga o‘tishga undagan holda bosim
o‘tkazishni kuchaytirishmoqda. Bunday “tushuntirish dasturlari” rivojlangan
mamlakatlar nazorati ostida bo‘lgan XVF va boshqa shungai o‘xshash tashkilotlar
yordamida amalga oshirilmoqda. Rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi
mamlakatlar bu tashkilotlardan kredit olmoqchi bo‘lsa, davlatning iqtisodiy
siyosatini o‘zgartirish yoki tuzatishlar kiritish borasidagi qonunlarni qabul qilish
bo‘yicha ular qo‘ygan bir qator shartlarni bajarishi kerak.
Rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar uchun aksincha,
valyuta va tashqi savdo siyosatidagi cheklovlar rivojlangan mamlakatlar bosim
o‘tkazayotgan sharoitda va iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini oshirishda muhim
dastak hisoblanadi. Milliy mahsulot-
lari
raqobatbardoshligi
yuqori
bo‘lmagan, tashqi bozorlarga kirish
darajasi past bo‘lgan sharoitda ushbu
toifadagi mamlakatlar yuqori iqtiso-
diy o‘sish ko‘rsatkichlariga mavjud
cheklovlarni
bosqichma-bosqich
kamaytirish evaziga erishishi mum-
kin. Chunki valyuta va tashqi savdo
siyosatida turlicha cheklovlardan foydalanuvchi o‘ziga o‘xshash mamlakatlar va
rivojlangan mamlakatlar bozorlariga kirmasdan turib barqaror iqtisodiy o‘sish
sur’atlariga erishish qiyin. Bunday mamlakatlar uchun yalpi talabni va milliy
mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish evaziga iqtisodiy o‘sishga erishish
muhim hisoblanadi. Milliy valyutani har doim kam baholiligini ta’minlash orqali
yalpi talabni oshirish mumkin. Bu siyosat ichki ishlab chiqarishning o‘sishiga va
eksport xajmining oshishiga olib keladi. Buning uchun Markaziy bank
intervensiyadan foydalangan holda valyuta bozorida doimo ishtirok etishi kerak.
Bu siyosatni amalga oshirish uchun mamlakatda belgilangan yoki boshqariladigan