Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 598
kamayib ketishi natijasida banklardagi valyuta zahiralarining ko‘zda tutilmagan
tebranishi ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun bank valyuta zahiralari kam yoki
ko‘p bo‘lganda banklararo valyuta bitimlarini amalga oshirishi kerak. Shu
maqsadda 1994 yil yagona umumdavlat banklararo valyuta bozori tashkil etildi.
Valyuta zahiralari bozor mexanizmi orqali taqsimlanadigan bo‘ldi.
Yuan kursini shakllantiruvchi mexanizmlarini uzluksiz takomillashtirish Hukumat fikri bo‘yicha XXRda bozor talabi va taklifi asosidagi
boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi amal qilmoqda. Lekin amalda
yuan kursi belgilangan hisoblanadi. Quyida biz xitoy milliy valyutasi holatini
batafsil o‘rganib chiqamiz.
Xitoy Xalq banki banklararo valyuta bozorida bir kun oldingi savdoda
shakllangan o‘rtacha kurs asosida uchta valyutaga nisbatan yuanning bazis kursini
belgilaydi:
AQSh dollari, gonkong dollari, yaponiya yenasi. Banklararo valyuta
bozoridagi yuanni amerika dollariga nisbatan oldi-sotdi kursi baziz kursdan 0,3%
chegarasida, boshqa ikki kursga nisbatan 1% chegarasida tebranishi mumkin.
Xitoy Xalq Banki talab va taklifni muvozanatlashtirish va kursni
barqarorlashtirish maqsadida, zaruriyat tug‘ilganda valyuta bozorida intervensiyani
amalga oshiradi.
Vakil banklar o‘zining kotirovkalari asosida mijozlar bilan bevosita valyuta
operatsiyalarini amalga oshiradi, unda baziz kurs amerika dollariga nisbatan
0,15%dan, qolgan ikki kursga nisbatan 1%dan oshmasligi kerak.Boshqa valyutalar
kotirovkasi jahon valyuta bozoridagi o‘rtacha qiymat asosida aniqlanadigan
amerika dollarining bazis kursiga nisbatan belgilanadi.
Xitoy Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgandan so‘ng milliy valyuta kursiga
ta’sir qiluvchi omillar ko‘paydi, shuning uchun Xitoy valyuta siyosatini
bosqichma-bosqich takomillashtirib bormoqda.
Xitoyning
valyuta
zahiralari
to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. 2009 yil
Xitoyning oltin valyuta zahiralari xajmi
2,42 trln doll.ga teng bo‘lib, bu
ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda birinchi
o‘rinni egallamoqda.
Xitoyda oltin valyuta zahiralarining
bunday tez o‘sishining sababi quyida-
gilar. Birinchidan, savdo balansidagi
ijobiy saldo( 297 mlrd doll. dunyoda
birinchi o‘rin). Ikkinchidan, xorijiy
investitsiyalarning ko‘p miqdorda kirib kelayotganligi. Uchinchidan, turizmdan
kelayotgan xorijiy valyutadagi daromadlar. Shular bilan bir qatorda xukumatning
yuanni dollar kursiga nisbatan barqarorlashishiga yo‘l qo‘ymayotganligi sabab
bo‘lmoqda.
Hozirgi paytda Xitoyning valyuta siyosati katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.