Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 600
Yuanga investorlar va savdo hamkorlarining qiziqishi sezilarli darajada
kamayadi va ular jahon bozorlaridagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin. Mamlakatda
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat barqarorligini ta’minlash uchun almashinuv
kursini koridor chegarasida ushlab turish juda muhim hisoblanadi. Yuan
almashinuv kursi barqarorligini ta’minlash zarurligini asoslovchi dalillarni davom
ettirish mumkin. Lekin shu bilan bir qatorda XXR valyuta siyosatiga bir qator
omillar ta’sir qilmoqda va ularga ma’muriy usullar orqali qarshi chiqish tobora
qiyinlashmoqda.
1997 yildagi Osiyodagi moliyaviy inqiroroz davrida XXR belgilangan
almashinuv kursini ushlab turishga erishdi. Bu o‘z navbatida Janubiy Sharqiy
Osiyo mamlakatlari bozorlarida moliyaviy holatning barqarorlashishiga hissa
qo‘shdi. Xitoyda hukumatning bu chora tadbirlarini ushbu hududdagi iqtisodiy
vaziyatning barqarorlashishiga katta hissa qo‘shgan voqea deb hozirgi kunda ham
ta’kidlab kelishmoqda. Lekin hozirgi kunda ushbu hududdagi mamlakatlar valyuta
bozorlaridagi vaziyat butunlay o‘zgargan. Osiyodagi moliyaviy inqiroz belgilangan
valyuta kursi rejimini ichki moliyaviy bozorni boshqarish holati yomon va kapital
harakatini shoshilinch liberallashtirish bilan birga olib borilsa xavfli ekanligini
ko‘rsatdi.
Hozirgi kunda Xitoy tashqi iqtisodiy ekspansionistik siyosatni amalga
oshirmoqda. Uning maqsadi – milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun jahon
bozorlaridagi resurslardan oqilona foydalanish va eksportni ko‘paytirish evaziga
mamlakatni dunyodagi eng qudratli davlatga aylantirish hisoblanadi. Bu maqsadga
erishish uchun yuan kursini kam miqdorda devalvatsiyalash yoki uni belgilangan
kurs doirasida ushlab turish kerak. Shuning uchun siyosiy nuqtai nazardan yuan
kursining har qanday o‘zgarishi nomaqbul hisoblanadi.
Xitoy iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. 2010 yil Xitoyda real
iqtisodiy o‘sish sur’ati 10,11%ga teng bo‘ldi, bu ko‘rsatkich uning asosiy savdo
hamkorlari bo‘lgan – AQSh, Yaponiya va qo‘shni mamlakatlar ko‘rsatkichidan
ancha yuqori bo‘lganligi sababli yuan kursi ko‘tarilishi kerakligini mutaxasislar
ta’kidlab
kelishmoqda.
Hozir
Xitoy
va
AQSh
o‘rtasidagi
asosiy
kelishmovchiliklardan biri yuanning amerika dollariga nisbatan almashinuv kursi
borasidagi qarashlarning farqlanishi hisoblanadi. Amerikaliklar xitoy milliy
valyutasi almashinuv kursi sezilarli darajada pasaytirilgan va bu XXR bilan yuzaga
kelayotgan katta miqdordagi savdo defitsitiga sabab bo‘layotganini
ta’kidlashmoqda. Yevroittifoq ham shunday da’vo bilan chiqmoqda.
Shunga qaramay xitoy hukumati yuan almashinuv kursi borasidagi islohatlar
bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ta’kidlashmoqda. Hozirda yuan
kursini Xitoy hukumati nazorat qilmoqda. Xitoy valyuta kursi borasidagi
kelishmovchiliklarga va ularga o‘tkazilayotgan bosimga javoban yuan kursini
kelajakda 3-5%ga ko‘tarishini ta’kidladi va Xitoy Banki AQShda yuanni erkin
sotish va sotib olishni boshladi.
O’z navbatida Xitoy ham AQSh olib borayotgan monetar siyosatni
qoralamoqda. Bu haqda Xitoy prezidenti Xu Dzintao Vashingtonga qilgan rasmiy