Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 597
ketishini oldini olishda, noqonuniy kapital harakatini nazorat qilishda muhim
instrument hisoblanadi.
● Savdo bitimlari haqiqiyligi eksport-import bojxona deklaratsiya tizimi
yordamida amalga oshiriladi.
Valyuta operatsiyalarini o‘tkazuvchi vakil banklar va Boshqarma o‘rtasida
eksport-import bojxona deklaratsiya tizimi valyutada amalga oshiriladigan savdo
bitimlari haqiqiyligini tekshirishga xizmat qiladi.
Kapital harakati asosidagi valyuta operatsiyalari bo‘yicha nazorat ● Xorijiy investitsiyalar ustidan qattiq nazorat amalga oshiriladi.
XXRda kapitalni chetga chiqarish bo‘yicha qattiq nazorat amalga
oshiriladi
3
. Xorijiy investitsiyalarga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirishga
ruxsat beruvchi asosiy davlat organlari bo‘lib davlat loyihalarini amalga oshiruvchi
Boshqarma, tashqi savdo Vazirligi va tashqi iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari
hisoblanadi. Rezidentlar vakolatli tashkilotlarga xorijiy investitsiyalarni amalga
oshirish to‘g‘risida ariza berishdan oldin Boshqarmada loyihani ekspertizadan
o‘tkazishi kerak. U esa investor-rezidentning huquqiy holatini, investitsiya riskini
va xorijiy investitsiyani amalga oshirish uchun valyuta mablag‘lari tushadigan
manbalarni tekshiradi.
● Milliy fond bozoriga xorijiy investitsiyalar kirishini cheklash.
Xalqaro chayqovchilik kapitali hujumidan qochish maqsadida XXR fond
bozoriga xorijiy investitsiyalarni kirishini “bozorlarni bo‘lish, investorlarni
bo‘lish” siyosatini yuritish orqali qattiq nazorat qiladi. Ya’ni xorijiy investorlarga
fond bozoridan “V” turdagi aksiyalarni, mamlakat ichida va xorij fond birjalarida
aylanuvchi XXR korxonalarining “A” va “V” turdagi valyuta aksiyalarini sotib
olishga ruxsat beriladi; lekin mamlakat hududida “A” turdagi aksiyalarni va
boshqa yuandagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish cheklangan. Xitoy rasmiy
pozitsiyasi quyidagicha: qimmatli qog‘ozlarga kapital qo‘yilmalar mamlakatda
qattiq nazorat ostida bo‘lgan schetlar orqali amalga oshirilayotganligi uchun
cheklangan va bank kredit manbalarini ko‘paytirishga xizmat qiluvchi, individual
jamg‘armalarni kengaytirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ruxsat
berilgan.
Umumdavlat miqiyosida yagona normaga solingan banklararo valyuta bozorini tashkil qilish 1994 yil valyuta tizimidagi islohotlar davrida XXRda banklararo valyuta
hisob kitoblari tizimi faoliyatini boshladi. Korxonalar valyuta tushumi banklarga
sotiladi. Korxonalar zaruriyat paydo bo‘lganda valyuta sotib olish uchun
tasdiqlangan xujjat bilan bankka murojat qilishadi. Bank tomonidan valyuta oldi-
sotdisi bo‘yicha operatsiiyalar amalga oshirilganda valyutalarning ko‘payib yoki
3
Hozirgi payda Xitoyga investitsiya qilingan kapitalni olib chiqib ketish imkoniyati kam. Ishlab chiqarishga pul,
mashina, asbob-uskuna, texnologiya kiritgan xorijiy investor kapitali va foydasini faqat ishlab chiqarish tovari
ko‘rinishida qaytarib olishi mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar to‘g‘risidagi qonunga asosan
70% tovar mamlakat hududidan tashqariga olib chiqib ketilishi va faqat 30% tovar Xitoy bozorlariga yuanga sotish
mumkin. Shunday qilib xorijga xitoy ishchilari mehnatning moddiylashuvi natijasidagi qayta ishlangan resurs yo‘l
olsa, ishlab chiqarish kapitali, uning eskirishidan olingan amortizatsiya va jamg‘arish Xitoyda qoladi.