Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 599
Ko‘pgina jahon ekspertlari XXR iqtisodiy quvvatlarining va tashqi savdo
xajmining tez o‘sishi e’tiborga olgan holda, yuanni(jenminbi) jahon valyutalari
qatoriga kirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Yuan hozir ham tashqi savdoda
keng foydalanilmoqda. 2010 yil 23 noyabr kuni Xitoy va Rossiya hukumati
ikkitomonlama savdo hisob kitoblarida ikki mamlakat milliy valyutalaridan
foydalanishini ta’kidlab o‘tishdi. Milliy valyutalardagi ushbu hisob-kitoblar
xalqaro savdodagi dollarning hukmronlik rolini o‘zgartiradi. Bundan tashqari bu
Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishga va milliy valyutalarning
internatsionallashish jarayoniga turtki bo‘ladi. 22 noyabrda xitoy fond birjasida
rublning almashinuv kursi e’lon qilindi va shundan so‘ng rossiya fond birjasida
ham jenminbi kursi e’lon qilindi.
Oxirgi yillarda jenminbining baynalminallashuv jarayoni kuchaymoqda.
Lekin u ko‘proq Janubiy-sharqiy Osiyoda va Xitoy bilan qo‘shni mamlakatlarda
foydalanilmoqda. Hozirda Xitoy va Rossiya o‘rtasida valyuta siyosati sohasida
hamkorlik o‘rnatildi va ushbu hamkorlikni dollarning hukmronlik pozitsiyasiga
qarshi chiqish deb qabul qilinmoqda. Halqaro axborot nashrlari ushbu voqeani
quyidagicha izohlashdi: “Xitoy va Rossiya AQSh dollaridan voz kechmoqchi”.
Amerika gazetasi “Uollt Strit Deyli” yozishicha, Xitoy
jenminbi
baynalminallashuv jarayonini faollashtirmoqda, uning maqsadlaridan biri milliy
valyutasini hamma hamkorlari o‘rtasidagi hisob kitoblarda foydalanishga erishish
hisoblanadi.
Haqiqatdan ham jahon moliyaviy inqirozi boshlangandan so‘ng AQSh dollari,
yevro, funt sterling va boshqa yetakchi jahon valyutalari turli darajadagi
tebranishlarni boshidan kechirdi. AQSh dollarining devalvatsiyalanishi va ushbu
mamlakatda olib borilayotgan arzon pul-kredit siyosati turli mamlakatlar savdosiga
salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham Xitoy va Rossiya o‘zaro savdo hisob
kitoblarida o‘z milliy valyutalaridan foydalanish oqilona tanlov deb hisoblashdi.
XXR ko‘pgina tovar bozorlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Xitoyning
eksport va import xajmi jahon narxlariga ta’sir qilmoqda. Xitoy savdo hamkorlari
uchun yuan joriy kursining tebranishini hisobga olish muhim hisoblanadi. Xitoy
hukumati va Xitoy Xalq Banki boshqaruvchilari bir necha bor yuanning
almashinuv kursi barqarorligini ta’minlashlarini ta’kidlashmoqda.
Xitoy uchun milliy valyutasi barqarorligini ta’minlash zarurligini
quyidagilarda ko‘rish mumkin.
Birinchidan, milliy valyuta devalvatsiyasi importni qisqartiradi va buning
natijasida import xom ashyosi asosida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar
eksporti qisqaradi.
Ikkinchidan, yuan kursining tebranishi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb
qilish siyosatiga salbiy ta’sir qiladi.
Uchinchidan, milliy valyuta beqarorligi mamlakatning tashqi qarzini
boshqarish imkoniyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
To‘rtinchidan, xitoy kompaniyalari passiv va aktivlari qiymatining
o‘zgarishiga olib keladi.