~ 160 ~
(soha) doirasiga tahsir qiluvchi omillar orasidan ushbu tarmoq daromad salohiyatiga
ta‘sir ko‗rsatadigan bir qator omillarni ajratib ko‗rsatamiz:
-
qurilish mahsulotiga bo‗lgan taklif va talab;
-
pudrat ishlari bozorida harakatlanayotgan qurilish korxonalari o‗rtasidagi
raqobat;
-
kapital ajratmalar, kapital ta‘mirlash va ta‘mirlashni moliyalashtirish
hajmi;
-
materiallarni etkazib beruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar o‗rtasidagi
raqobat;
-
qurilish pudrat ishlari bozorini materiallar va xizmatlar bilan to‗ldirish
darajasi.
Qurilish korxonalarining pudrat ishlari bozorida tutgan o‗rni qurilish-montaj
ishlari (QMI) narxi va sifati (ularning ixtisoslashtirilganligi),
qurilish texnikasi,
asbob-uskunalar, jihozlar, ishlab chiqarish bazasi, ishchi kuchi salohiyati va
firmaning buyurtmachilar oldidagi mavqei hamda
qurilish tashkilotining
raqobatbardoshlik darajasiga bog‗liqdir.
Material etkazib beruvchilar, xizmat ko‗rsatuvchilarning egallagan o‗rni
(pozitsiyasi) ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‗rsatilayotgan xizmatlar)
narxi
va sifati, tarmoqning iste‘molchi sifatidagi mavqei (ahamiyati) va xaridorlar
talablarini differensiallashgan holda hisobga olish bilan aniqlanadi. YUqorida sanab
o‗tilgan omillar alohida regionlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan korxonalar
soni, ularning quvvati, ya‘ni bir jinsli mahsulot chiqarish bo‗yicha ishlab chiqarish
quvvatlarining konsentratsiya darajasi, alohida turdagi ishlar
va xizmatlar bajarilishi
uchun ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, investorlar va xaridorlar tomonidan
ularning mahsuloti, ishlari, xizmatlariga qo‗yiladigan talab va ehtiyojlar hajmini
hisobga olish zarurdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi – bu qurilish korxonasi moliyaviy holati
(ahvoli)ni mustahkamlash yoki sog‗lomlashtirishning salohiyatli imkoniyatidir.
Qurilish tashkiloti faoliyati sferasini uning asosiy profili bo‗yicha kengaytirish ishlab
chiqarish diversifikatsiyasining eng samarador yo‗nalishi deb hisoblanadi. Bunday
vaziyatda ishlab chiqarish bazasi ham ishchilarning saviyasi (kvalifikasiyasi) ham
buyurtmachilar bilan ishbilarmon doiradagi aloqalar ham o‗z qo‗llanishini topadi. Bu
o‗z navbatida qurilish korxonasining o‗zi uchun yangi bo‗lgan
bozor sektoriga
chiqqandagi raqobatli salohiyatida o‗z aksini topadi. Bundan tashqari nafaqat bozorda
yangi partnyorlar va iste‘molchilarni jalb qilish, balki avvalgilari bilan ham aloqalarni
saqlab qolish imkoniyati vujudga keladi.
Qurilish korxonalari tomonidan ularning an‘anaviy, tor doirada ixtisoslashgan
yo‗nalishli faoliyatdan diversifikatsion faoliyatga o‗tishida uchraydigan har bir
alohida vaziyatning asoslab berilishini taqoza etadi. Asoslash ishlab chiqarish
diversifikatsiyasi maqsadlaridan kelib chiqadigan mezonlar bo‗yicha amalga
oshiriladi.
Ko‗plab qurilish korxonalarining og‗ir moliyaviy ahvoli, ulardagi ortiqcha
ishchilar soni korxonalarni ishlab chiqarish diversifikatsiyasi tomon etaklaydi. Ushbu
faoliyatning oxirgi maqsadlari quyidagilar: foydani maksimallashtirish, ish o‗rinlarini
~ 161 ~
saqlab
qolish va yangilarini yaratish, korxona asosiy jamg‗armasi (fondi)dan
foydalanish darajasini oshirish, pudratishlari bozori va noqurilish bozorining yangi
segmentlari o‗zlashtirish.
Bundan kelib chiqqan holda qurilish korxonasining ishlab chiqarish
diversifikatsiyasiga o‗tishini asoslaydigan mezonlar sifatida diversifikatsiya
turiga bog‗liq bo‗lgan ko‗rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu mezonli ko‗rsatkichlarning uchtasi: ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga
o‗tishgacha bo‗lgan kvartaldagi ko‗rsatkichini; an‘anaviy faoliyat turi davom
ettirilgan vaziyatdagi ko‗rsatkich rejaviy miqdorini;
diversifikatsiya amalga
oshirilgan vaziyatda bashorat qilinadigan ko‗rsatkich miqdorini (kk
0
; kk
d
; kk
rej
)
taqqoslash taqoza etiladi.
Taqqoslash bazasi bo‗lib diversifikatsiya amalga oshirilgandan keyingi
davrdagi mezoniy (kriterial) ko‗rsatkich (KP
i
) xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi maqsadlariga bog‗liq ravishda
diversifikatsiya turliri va uni o‗tkazish yaxshilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: