-
ichki o‗sish – mavjud bo‗lgan (ishlab turgan) korxonani diversifikatsiya
(yangi yo‗nalishlarni yaratish yoki ajratish);
-
tashqi o‗sish – qo‗shib olish, yutib yuborish (yo‗qotish) yo‗li orqali
diversifikatsiyalash.
Har qanday vaziyatda diversifikatsiyalash jarayoni etarli darajada murakkab
kechadi va oldindan kompleks iqtisodiy baholashni talab etadi.
~ 158 ~
Diversifikatsiya uchun variantlarni qidirish jarayonida kompaniya o‗zining
oldingi sohasida tuxtalishi yoki uning uchun yangi bo‗magan sohani tanlashi
mumkin. Birinchi vaziyatda diversifikatsiya o‗ziga xos strategik muvofiqlikka ega
bo‗lgan sohada olib boriladi.
Bir qancha firmalar foyda olish maqsadida yaxshi imkoniyatlarga ega bo‗lgan
boshqa sohalarga diversifikatsiyalashni yoqlaydi. O‗z profiliga to‗g‗ri kelmaydigan
diversifikatsiyaga boruvchi firmalar yagona korporativ struktura doirasida yangi filial
yaratish (ochish) vositasida emas, balki deyarli doimo funksiya yuritayotgan
kompaniyalarning ishlab chiqarish sektorlariga kirib boradi. Bunday strategiya
boshqa firmalarni yutib yuborish (konglomeratli qo‗shilish) yo‗li bilan aksiyalarning
turg‗unligini oshirish orqali kompaniyani o‗stirishga asoslangan bo‗ladi. Qo‗shimcha
daromad (yutuqlar)ga erishish ikkinchi rejaga qo‗yiladi, qachonki profilli bo‗lmagan
diversifikatsiya koporativ daromadlarni ta‘minlagan holda o‗zini oqlamaguncha,
shuningdek, yo‗lga qo‗yilgan ishlab chiqarishlar samarali funksiya (faoliyati)
yurutmaguncha.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi quyidagicha bo‗lishi mumkin:
-
rejali (oldindan ishlab chiqilgan biznes-reja asosida) va rejadan tashqari
(majburiy) bo‗lish mumkin;
-
tarmoq ichida va tarmoqlararo bo‗lishi mumkin;
-
oddiy (uning olib borilishi sarf-xarajatlarsiz bajariladi) va murakkab
(uning aalga oshirilishiga kapital mablag‗lar ajratiladi) bo‗lishi mumkin.
Yirik qurilish korxonalari, qoidaga ko‗ra, o‗z tarkibida qurilish materiallari,
konstruksiyalari va buyumlarini (yig‗ma temirbeton va beton konstruksiyalar, g‗isht,
asfaltbeton, o‗rnatish detallari, rudasiz materiallar, eshik va romlar, qo‗shma mebellar
va h.k.) ishlab chiqaruvchi bo‗limlariga ega bo‗lgan va egadirlar, shuning uchun
qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlarini chiqarish – bu tarmoqichi
diversifikatsiyasi deb hisoblanadi. Ushbu tovarlar bilan savdo-sotiq qilish – bu ishlab
chiqarishning tarmoqlararo diversifikatsiyasidir.
Hozirgi vaqtda qurilish korxonalarida ikki turdagi ishlab chiqarish
diversifikatsiyasi amalga oshirilmoqda:
-
rejadan tashqi asosida oddiy bo‗lmagan, bog‗langan tipdagi (turdagi),
qaytma aloqalarga asoslangan ichki diversifikatsiya;
-
bog‗lanmagan turdagi, qoidaga ko‗ra rejali asosidagi tarmoqlararo
diversifikatsiya. Korxonaning moliyaviy ahvoli (holati)ga bog‗liq ravishda murakkab
va oddiy diversifikatsiya bo‗lishi mumkin.
O‗tish davrining inqirozli sharoitlarida ko‗plab qurilish korxonalari uchun
xarakterli
bo‗lgan xo‗jalik yuritishning noxush sharoitlari mamlakatdagi
korxonalarning diversifikatsion strategiyalardan foydalanishlariga yo‗l ochib beradi.
Bu yerda shuni ta‘kidlash joizki, G‗arbda yuzaga kelgan va faol qo‗llanish
olgan diversifikatsion strategiya sharoitlaridan mamlakatdagi sharoitlarning farqi
shundaki, mamlakat amaliyotida diversifikatsiya – bu inqirozli davrda majburiy
chora-tadbir bo‗lib, mavjud holatdan chiqib ketish usuli sifatida qo‗llanilsa, G‗arbda
esa diversifikatsiya – bu an‘anaviy tarmoqlar (sohalar) ramkasi tor bo‗lib qolgan bir
paytda va boshqa tarmoqlar (sohalar) da yaxshi iqtisodiy natijalarga erishish
~ 159 ~
imkoniyatlari yuzaga kelayotgan vaqtda qo‗shimcha foyda olish manbalarini qidirib
topishdan iboratdir.
Ishlab
chiqarish
diversifikatsiyasini
ixtisoslashgan
korxonalarda
foydaning kamayayotgan me‘yori va uni (foydani) qurilish va noqurilish
bozorlarining boshqa sektorlarida oshirish imkoniyatlari o‗rtasida yuzaga
kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish usuli deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |