geograf olimlar merosini o’rganish; Tabiiy geografik sharoit komponent-
larini o’rganish (tog’ jinsari, relef, iqlim, ichki suvlar, tuproq o’simlik va
hayvonot dunyosini o’rganish), landshaftlarni o’rganish;
ob-havoni
o’rganish va h.k.
Geografiya to’garagida ilmiy ishlarni olib borishda geografik
tadqiqotlar olib borish bo’yicha nashr etilgan metodik qo’llanmalar katta
yordam beradi. Masalan, joyni geoglogik sharoitini, o’simlik
va hayvonot
dunyosi, tuprog’i, tarixi, arxeologik yodgorliklarini o’rganish bo’yicha
nashr qilingan metodik qo’llanmalar katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy geografik yo’nalishda olib boriladigan to’garak ishlarida
statistik ma’lumotlar, iqtisodiy ma’lumotlar, iqtisodiy sharoitni tavsifiga
bag’ishlangan qo’llanmalar va mongografiyalar katta ahamiyatga ega.
To’garakda to’garak a’zolari haqida ma’lumotlar jurnali, har bir
to’garak a’zosida esa kundalik bo’lmog’i lozim. Chorak oxirida yoki o’quv
yilining oxirida har bir tarmoq o’z qilgan ishlari haqida hisobot beradi.
Ular asosida to’garak raxbari umumiy yakuniy hisobot tayyorlaydi.
17.2.2. Geografik jamiyat, klub va o’lkashunoslik muzeyi.
Sinfdan tashqari ishlarni mazkur
shakli yangi hisoblanadi, chunki u
ilgari maktabdan tashqari ishlar toyifasiga kirar edi va maktabdan tashqari
muassasalar tomonidan tashkil qilinar edi. Masalan. ‚Globus‛ geografiya
jamiyati yoshlar kulubini tarkibida keng tarqalgan edi.
Geografiya to’garagiga qaraganda geografiya jamiyatida a’zolar
ko’proq bo’ladi va uning faoliyati turli tumanligi bilan ajralib turadi.
Geografiya jamiyatining maqsadi o’quvchilar orasida va maktab joylash-
gan hududda geografik bilimlarni tashviqot qilishdan iborat.
Geografiya
jamiyatida o’quvchilar izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyati bilan
shug’ullanadi.
Geogafik izlanuvchanlikda o’quvchilar kutubxonadagi mavjud xujjat-
larni o’rganishadi, ya’ni arxiv materiallari,
foto rasmlar, davriy nashriyot
materiallari, amaliy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, statistik materiallar,
geografik kartalar, rasmlar va kartinalarni o’rganishadi.
Geografik izlanishda maxalliy aholidan so’rov o’tkazish
ham katta
axamiyat kasb etadi. Izlanuvchanlikda kuzatish katta o’rin tutadi. Bunda
tabiat, tabiat hodisalari, ishlab chiqarish jarayoni kuzatiladi. Izlanuvchan-
likda eski va yangi kartalarni solishtirish ham
muhim natijalarni berishi
mumkin.
Izlanuvchanlikdan so’ng o’quvchilarni tadqiqot ishlariga qiziquv-
chanligini oshirish lozim. O’quvilar tadqiqot ishlariga jalb qilinganda
ularni tadqiqot o’tkazish usullari bilan tanishtirish lozim. Shundan so’ng
ularda tadqiqot o’tkazish uchun mustaqil ishlar topshirish mumkin. Bunda
o’quvchilar matematik, kartografik usul
bilan hamda geografik asbob-
uskunalar, jihozlar va priborlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari
shart. Tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib borilaishi mumkin:
joyni tuprog’ini o’rganish va kartaga tushirish; joydagi antropogen
landshaftlarni o’rganib ularni geografik kartaga tushirish,
joydagi ishlab
chiqarish korxonalarini o’rganish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: