Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

Geografik kechalar.
Geografik kechalar o’quvchilarni xordig’ini, ya’ni 
dam olishini tashkil qilish maqsadida uyushtiriladi. Geografik kechalarda 
sinfdan tashqari ko’p ishlarni uyg’unlashgan holda o’tkaziladi: ma’ruzalar, 


devoriy gazetalar chiqarish, vektorinalar, KVN, geografik va ekologik 
mazmunga ega bo’lgan filmlar. 
Geografik kechalarda quyidagi mavuzalarda ishlar uyushtirilishi 
mumkin: alohida viloyat, tuman yoki shaharning iqtisodiy geografik 
sharoiti; shahar yoki tumanning ekologik muammolarri; shahar yoki 
tumandagi demografik muammolar va h.k. 
‚Geografik kartalar‛ O’zbekistonda XX asrning 80-yillari keng 
tarqalgan edi. ‚Geografiya kartasida‛ 6 kun davomida darsdan so’ng 
sinfdan tashqari ishlar tadbirlari o’tkaziladi. Unda asosan geografik 
bilimlar targ’ib qilinadi. 
17.3. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo’nalishalari. 
Sinfdan tashqari ishlar juda xilma xildir. Ayrim sinfdan tashqari ishlar 
ko’p xollarda bir birini qaytaradi. Shuning uchun ular ma’lum bir yo’na-
lishlar bo’yicha guruhlashtiriladi: turistik o’lkashunoslik; ilmiy-bilish
madaniy va oqartuv; mehnat; muzey; nashriy (Yu.I.Valishina, 1985 y.) 
 
 17.3.1. Turistik o’lkashunoslik yo’nalishi.
Ushbu yo’nalishga sayohatlar, o’quv ekskursiyalari, gegrafik ekspe-
ditsiyalar, geografik yig’inlar (slyotlar) kiradi. Gegrafik yurishlar (poxod-
lar) turistik o’lkashunoslik ishlarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. 
Mazkur yurishlarda turistik va o’lkashunoslik ishlar uyg’unlashgan holda 
olib boriladi. Turistik ishlarga yo’nalishni tanlash va ishlab chiqish, turistik 
ko’nikmalarni egallash kiradi. 
O’lkashunoslik ishlariga esa o’z yashash joyining tabiatini, xo’jaligini, 
tarixini, madaniy yodgorliklarini o’rganish kiradi.
Yurishga tayyorlanish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iboarat: 
- tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda yurishga chiqadiganlar 
soni, sinfi, ro’yxati aniqlanadi. Yurishda zarur bo’ladigan jihozlar asbob 
uskunalar aniqlanadi. yurishlar bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin; 
-yurish yo’nalishi aniqlanadi. Aniqlangan yo’nalish bo’yicha yurish , 
dam olish joylari, tushlik qiladigan, tunaydigan joylar aniqlanadi; oziq-
ovqat masalalari hal qilinadi; 
- yo’nalishni tanlash yurish maqsadiga qarab aniqlanadi. Yurishni 
maqsadlariga qarab turistik va o’lkashunoslik anjomlari ro’yxati tuziladi va 
topiladi; 


- yurishni o’tkazish. Yurishdan oldin uning maqsadi vazifalari hamda 
qoidalari haqida o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. O’quvchilar guruhlarga 
bo’linadi. Har bir guruhning boshlig’i tayinlanadi va vazifalari aniqlanadi. 
Masalan, bir guruh mashrutni tabiiy sharoitini o’rganadi. Relef shakillari 
gidrografik ob’ektlar, tuproq, o’simlik va hayavonot dunyosi asosiy 
landshaft turlari, noyob tabiat ob’ektlari o’rganib boriladi. Ikkinchi guruh 
esa mashrut bo’yicha joylashgan iqtisodiy geografitk ob’ektlarni o’rganib 
boradi: qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, sanoat korxonalari, aholi punkt-
lari, transort shaxobchalari. Uchunchi guruh tarixiy obidalar, rekratsion va 
turistik ob’ektlarni o’rganib kartaga tushirib borishadi; 
- yurish so’ngida uning natjalari qayta ishlanadi va hisobot natijalari 
geografik konferentsiya yoki geografiya to’garagi yig’ilishida muhokama 
qilinadi. 
Geografik ekskurtsiyalar maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning 
asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. 
Geografik ekskurtsiyalar qisqa muddatli ya’ni bir kunli bo’lib va 
asosan tabiatga va sanoat korxonalariga uyushtiriladi. Geografik ekskur-
siyalarning maqsadi o’quvchilarni nazariy olgan bilimlarini mustah-
kamlash, tabiatni va ishlab chiqarishni faqat ko’rib qolmasdan ularni 
tadqiq etish ko’nikmalarini shakllantirishdir. Har qanday geografik 
ekskursiya uch qismdan iborat bo’ladi: ekuskurtsiyaga tayyorgarlik; 
ekuskurtsiyani o’tkazish;olib boriladigan ishlarni yakunlash. Ekskursiya 
natijalari bo’yicha hisobotlar tuziladi va geografiya to’garagi yig’ilishda 
himoya qilinadi. 
Geografik ekspeditsiyalar murakkabroq, muddati nisbatan kattaroq 
bo’lgani uchun maktabda uncha keng tarqalmagan. Geografik ekspe-
dettsiyalarni o’tkazishni murakkabligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
ekspedettsiyaning maqsadini ishlab chiqish; ilmiy topshiriqlarni ishlab 
chiqish yoki olish, jihozlar va anjomlarni olish; o’quvchilarni turistik va 
geografik nuqtai nazardan tayyorlash, ekspedittsiyani o’tkazishini tashkiliy 
jihatdan murakkabligi. 
Umumta’lim maktablarida ekspedittsiyalar dorivor o’simliklarni 
aniqlash va belgilash, ichimlik suv zaxiralarini qidirish, rekratsion va 
turistik imkoniyatlarini aniqlash va baholash bo’yicha olib borilishi 
mumkin. 



Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish