127
Rangli minerallar ko„proq biotit, muskovit, kamroq rogovaya obmanka,
piroksendan tashkil topgandir. Ayrim hollarda quyidagi minerallarni
uchratish mumkin: granat, stavrolit, sillimonit, kordierit, grafit, disten va
boshqa minerallar.
Aksessor minerallardan sirkon, apatit, monatsit, apatit,
sfen, magnetit bo„lishi mumkin.
Gneyslar birlamchi jinslar tarkibiga ko„ra ikki turga bo„linadi-paragneys
va ortogneys. Paragneyslar gillar va kvars- dala shpatli qumtoshlarning
yuqori darajada metamorfizmga uchrashi hisobiga hosil bo„ladi.
Paragneyslarda glinozyomning ko„p miqdorda bo„lishi, ularning
tarkibida alyuminiyga boy bo„lgan minerallar granat, sillimonit, andaluzit,
kordieritlarning hosil bo„lishiga olib keladi. Ortogneyslar granit,
granodiorit, kvarsli diorit va kvarsli sienitlar hisobiga rivojlanadi.
Amfibolitlar gneyslardan ko„p miqdorda yashil shoh aldamchining
bo„lishi va to„q yashil rangi bilan farq qiladi.
Ular gneyslar bilan ko„pincha ketma-ket keladi. Ular bir-birlariga sekin-
asta o„tib boradilar. Paraamfibolitlar mergelning,
ortoamfibolitlar esa
diorit, gabbro, piroksenitlarning hisobiga hosil bo„ladi. Tog„ jinsi asosan
rogovaya obmanka va plagioklazdan tashkil topgan. Qo„shimcha
minerallardan biotit, granat, kalsit, epidot, soizit va boshqalar uchraydi.
Ular ichida kritik mineral rogovaya obmanka va plagioklazdir. Oddiy shoh
aldamchi amfibolitda metamorfmning quyi stupenlarida hosil bo„lgan
shoh aldamchidan murakkab tarkibi va glinozyom ko„p miqdorda uchrashi
bilan farq qiladi. Tarkibi bo„yicha plagioklaz asosli va o„rta tarkibli
bo„ladi. Amfibolitga massiv tekstura va granoblastli, nematoblastli yoki
porfiroblastli, ayrim hollarda fibroblastli strukturalar xosdir.
128
Kvarsitlar kristall donali yoki slanessimon jins bo„lib, oq ranglidir. U
qo„shimcha minerallar hisobiga har xil rangli bo„lishi mumkin. Jinsning
teksturasi massiv,
strukturasi granoblastli, ayrim hollarda arrasimon
bo„ladi. Kvarsitlar qaysi darajada qayta kristallanganligiga qarab mayda,
o„rta va yirik donali bo„ladi. Jins kvarsdan tashkil topgan. Qo„shimcha
mineral holida slyuda, xlorit, granat, grafit, dala shpatlari, kianit,
sillimonit, stavrolit va boshqalar minerallar uchraydi.
Kvarsitlar parajinslar bo„lib, kvarsli qumtoshlar va kremenli jinslarning
metamorfizmga uchrashi hisobiga hosil bo„ladi. Jins tarkibida u yoki bu
minerallarning uchrashiga qarab turlarga bo„linadi.
Ular ichida temirli
kvarsitlar katta amaliy ahamiyatga ega. Jins tarkibida kvarsdan tashqari
ko„p miqdorda gematit va magnetit uchraydi. Bu jinsga yo„l-yo„l tekstura
xosdir. Temirli kvarsitni jespelit deb ataladi.
Marmar metamorfizmning hamma fatsiyalarida karbonat tog„
jinslarining (ohaktosh, dolomit, magnezit va siderit) hisobiga hosil bo„ladi.
Jins tarkibida uchragan asosiy va qo„shimcha minerallarga qarab
marmarning rangi har xil bo„lishi mumkin. Marmarni tarkibida asosiy
minerallardan kalsit, dolomit, magnezit va siderit uchraydi. Qo„shimcha
minerallardan kvars, temir oksidlari va boshqa minerallar bo„ladi. Jins
strukturasi granoblastli, teksturasi birlamchi jins teksturasiga qarab massiv
va yo„l-yo„l bo„lishi mumkin. Ayrim hollarda marmarlarning tarkibida
ma‟lum miqdorda granat, diopsid, forsterit va boshqa silikatlar uchraydi.
Bu jinslar kaltosifir deyiladi.
Migmatitlar. Bu jinsda substratning yo„li (biramchi) bilan granit tarkibli
yo„llar ketma-ket keladi.
129
Granulit fatsiyasining jinslari P= 13000 atm. gacha va T = 750-1000
0
C
bo„lganda hosil bo„ladi. Ularning tarkibida suv yo„q. Bu fatsiyada
gipersten, diopsid, kvars, granatlar (pirop) barqarordir.
Granulit mayda,
kamroq o„rta donali bo„lib, oqroq yoki qora ranglidir. Ochroq rangli
granulitlar kvars, dala shpatli jinslar hisobiga hosil bo„ladi. Ular tashqi
ko„rinishi bo„yicha granitlarga o„xshash. Granulitlarga doska shaklli kvars
donali yo„llarning kvars, dala shpatlari, piroksen (gipersten), granat
agregatlaridan tashkil topgan yo„llar bilan ket-ket kelishi xosdir. Qora
rangli granulitlar plagioklaz, gipersten, granatdan (almandin)
tashkil
topgan bo„lib, ular asos magmatik jinslar va mergel hisobiga hosil bo„lgan.
Granulitlarning strukturasi granoblastli, teksturasi massiv va linzasimon
yoki yo„l-yo„l.
Do'stlaringiz bilan baham: