O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

Adabiyotlar 
1. Орипов А. Танланган асарлар. Биринчи жилд. Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт, 
2000. 
2. Орипов А. Адолат кўзгуси, Т.: Адолат, 2005. 
3. Қўшжонов М. Танланган асарлар. Т.: Sharq, 2018. 
 


238 
ALISHER NAVOIY VA MUHAMMAD FUZULIY:
LAYLI VA MAJNUN SIYMOSIGA CHIZGILAR 
 
Yu.Abdulhakimova, 
ToshDO„TAU doktaranti
 
 
Sharq, jumladan o‗zbek mumtoz adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari tamomila o‗ziga xos. 
Bu xususiyat undagi an‘ana va yangilikning namoyon bo‗lish usullarida, ayniqsa, yaqqolroq ko‗-
rinadi. Xamsachilik an‘anasi buning isbotidir. Ma‘lumki, ―Xamsa‖da har besh dostonning joy-
lashish tartibi, syujet liniyasi, obrazlar tizimi qat‘iy an‘anaga asoslanadi. Ijodkorning salohiyati 
ana shu an‘anadan chiqmagan holda, shu negizda yangilik yarata olishiga ko‗ra belgilanadi. Bu – 
benihoya murakkab ijodiy jarayon. Shuning uchun ham xamsachilikda yuksak e‘tirofga sazovor 
bo‗lganlar sanoqli: Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy.
―Xamsa‖ning ayrim dostonlari borasida ham, ta‘bir joiz bo‗lsa, ―ijodiy musobaqa‖ 
kuzatiladi. ―Layli va Majnun‖ syujeti asosida Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ijod qilgan 
dostonlarning qiyosiy tahlili bu hodisani ―ichdan‖ kuzatish imkonini beradi. Navoiy va Fuzuliy 
―Layli va Majnun‖ining o‗zaro muqoyasasi ikki buyuk shoirning ijod laboratoriyasiga kirish, 
ularning mazkur syujetga yondashuvidagi o‗ziga xoslikni anglash, ikki mutafakkir ijodiy 
metodidagi mushtarak va farqli jihatlarni aniqlash imkonini beradi.
Hazrat Navoiy shu mazmundagi arab afsonalari bilan, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav 
Dehlaviyning ayni syujetdagi asarlari, shuningdek, Ashrafning ―Layli va Majnun‖i bilan 
yaqindan tanishadi. Boy ijodiy tajriba to‗plagach, o‗z oldiga aniq maqsad qo‗yadi. Bu maqsad 
―Layli va Madnun‖da quyidagicha ifodalangan:
Men xastaki bu raqamni chektim, 
Tahriri uchun qalamni chektim. 
Yozmoqda bu ishqi jovidona, 
Maqsudim emas edi fasona. 
Mazmunig‗a bo‗ldi ruh mayli, 
Afsona edi aning tufayli. 
Lekin chu raqamg‗a keldi mazmun, 
Afsona anga libosi mavzun...
218
Dostondan keltirilgan ushbu iqtibosni navoiyshunos Natan Mallaev quyidagicha izohlaydi: 
―Navoiy o‗z dostonida Layli va Majnun haqidagi afsona va rivoyatlardan foydalanadi. Biroq 
uning maqsadi ―afsona‖ so‗zlash emas, balki ―mazmun‖dir. Afsona asarning qobig‗i, uning 
―mavzun libosi‖dir‖
219
.
Fuzuliy dostoni muqaddimasida muallifning niyati ulug‗ ustozi maqsadiga mutanosib ekani 
quyidagicha izhor etilgan: 
Dehqoni hadiqai hikoyat
Sarrofi javohiri rivoyat. 
Ma‘ni chamaninda gul dikanda, 
So‗z rishtasiga guhar chekanda. 
Qilmish bu ravishda nuktadonlik, 
Gulrezligu guharfishonliq
220
.
218
Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма жилдлик. 9-жилд, Т.: Фан, 
1992, Б.310.
219
Маллаева Н. Сўз санъатининг гултожи. Т.: Адабиѐт ва санъат, 1991, 69-бет.
220
Муҳаммад Фузулий. Лайли ва Мажнун. Асарлар. Икки жилдлик. 2-жилд. Т.: Бадиий адабиѐт, Б.


239 
Ya‘ni Fuzuliy rivoyatlardagi javohirlarni ajratib olish, ―ma‘ni chamaniga gul tikish‖, ―so‗z 
rishtasiga guhar chekish‖ niyatini o‗z oldiga qo‗yadi. SHuning uchun ham u turkiy tilda Alisher 
Navoiy ―Layli va Majnun‖iga eng munosib javob yoza oldi. SHu bois uning ushyuu syujet 
asosidagi dostoni yuksak darajada e‘tirof etildi, muallifga katta shuhrat keltirdi.
Fuzuliyning ―Layli va Majnun‖i so‗z san‘atining nafisligi va ohorini to‗laqonli namoyon 
etgani bilan katta ahamiyatga ega. Alisher Navoiy kabi Muhammad Fuzuliy ham ―Layli va 
Majnun‖ni aruzda, hazaj bahrining musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (ruknlari: mafu‘lu 
mafoilun fauvlun – – V / V – V – / V – –) vaznida yozgan. Shu bois doston mazmuni mutolaa 
qiluvchining qalbiga kuy kabi oqib kiradi, shuurga hayrat bag‗ishlaydi, ko‗ngillarga titroq soladi.
Fuzuliy dostoni Navoiy ―Layli va Majnun‖idan kompozitsiya jihatidan birmuncha farq 
qiladi. Jumladan, ulug‗ ozarbayjon shoiri dostonni hazrat Alisher Navoiy kabi masnaviy janrida 
bitgan bo‗lsa-da, biroq o‗rni-o‗rni bilan boshqa janrlarga – g‗azal, murabba‘, ruboiy, soqiynoma 
kabi she‘riy shakllarga ham murojaat etadi. Bu uslub, birinchidan, dostondagi badiiy tasvirning 
ta‘sirchanligini oshirishga xizmat qilgan bo‗lsa, ikkinchidan, yangi she‘riy shaklga o‗tilishi 
orqali o‗quvchining fikr o‗zanini masalaning mohiyatini yanada chuqurroq anglash sari burib 
yuboradi. Uchinchidan, o‗quvchining asar qahramoni ahvoli ruhiyasini yaqqolroq his etishiga 
yordam beradi. Asar kompozitsiyasining bu tarzda tuzilishi Fuzuliyning o‗ziga xos ijodiy metodi 
talablaridan kelib chiqqan, deyish mumkin. Qolaversa, shoir yashagan davr dostonchiligi 
ana‘analari ham shunday yo‗l tutishni taqozo etgan bo‗lishi haqiqatga yaqin. 
Har ikkala dostonda ifoda ta‘sirchanligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi badiiy tasvir 
vositalaridan mahorat bilan foydalanilgan. Bu hol, o‗z navbatida, har ikki doston badiiyatining 
mukammalligini ta‘minlagan, syujetning ta‘sir kuchini oshirgan.
Ma‘lumki, mumtoz adabiy an‘anaga ko‗ra, har qanday asar muqaddimasi, hatto aksar 
hollarda undagi muayyan bob va fasllar ham Alloh taologa hamd va payg‗ambar alayhissalomga 
na‘t bilan boshlangan. Hamd va na‘tlar zohiran asar mazmuniga bevosita bog‗liq emasdek 
ko‗rinsa ham, aslida doston syujet liniyasining muhim jihatlarini o‗zida mujassam etadi. Birgina 
misol. Har ikki dostonda Laylining Majnunga bitgan maktubi o‗ziga xos badiiy talqin etilgan. 
Har ikki maktub Allohga hamd bilan boshlanadi. Jumladan, hazrat Alisher Navoiy dostonidagi 
Layli maktubida fikrlar mana bunday izhor etiladi: 
Ul Tengri oti bila bu manshur - 
Kim, berdi ko‗ngulga ishqdin nur.
Urg‗och mayi ishqning salosi, 
Odamg‗a etishdi ibtilosi. 
Bir jur‘aki chekti ul jigarxun, 
Mast o‗ldi, ne mast, balki majnun (1, 194). 
Ya‘ni hazrat Navoiy Tangri taoloni ko‗ngillarga ishq nurini ato etgan ulug‗ zot sifatida madh 
etadi. Ishqning Odam Atodan meros ekaniga urg‗u beradi. Ishq mayidan bir ho‗plam (jur‘a) 
ichgan Odam Atoning mastu mustag‗raq bo‗lgani buning isboti ekanini aytadi.
Fuzuliy dostonidag Layli maktubida Tangri taolo madhi o‗ziga xos ekani bilan alohida 
ajralib turadi: 
Bu tarz ila kilki o‗ldi jori 
Kim, avvali noma; nomi bori. 
Me‘mori binoyi aqdu payvand, 
Vahhobi atoyi molu farzand. 
Izhori vujud edan adamdan,
Ijodi hudus edan qadamdan (3, 10). 
Ya‘ni buyuk shoir YAratganning ikki jins orasidagi aqdu payvandning (nikoh aqdi nazarda 
tutilgan – Yu.A.) me‘mori, molu farzandni ato etguvchi ekani vasfiga urg‗u beradi. Odam 


240 
farzandlarini yo‗qdan bor qilguvchi ham, hodisalarni ijod etguvchi ham Tangri taolo ekanini 
ta‘kidlaydi. 
Alisher Navoiy Layli tilidan Majnunning ta‘rifini keltirar ekan, Majnun holidan tashvishda 
bo‗lgan Laylining yoridan arazlagani holatini teran mazmun va go‗zal badiiy shakl uyg‗unligida 
mana bu tarzda tasvirlaydi: 
Ey ishq o‗tida xasim, nechuksen, 
Ey bedilu bekasim, nechuksen? 
Mundog‗ dog‗i dedilar fasona - 
Kim, Navfal ila bo‗lub yagona. 
Chun hajlasi sori ko‗z solibsen 
Qo‗lmoqqa qizini ko‗z solibsen.
Yovar sanga Haq taborak o‗lsun, 
Bu xayr ishing muborak o‗lsun (1,199-200) 
Fuzuliy dostonida esa, Layli Majnunga o‗z holidan xabar beradi. Ammo dostonning shakli 
uning mazmuniga ham ta‘sir qiladi. Masalan, Laylining tilidan murabba‘ keltiriladi, ―Tamomiyi 
suxan‖, ya‘ni so‗z so‗ngida Layli maktubini olgan Majnunning ahvoli ruhiyasi mana bu tarzda 
tasvirlanadi: 
Majnuna chu noma o‗ldi vosil, 
Dur ko‗rdi aqiqina muqobil. 
Mafhumdan etdi kasbi maqsud, 
Layli tarafindin o‗ldi xushnud (3, 118) 
Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ―Layli va Majnun‖ dostonlarini qiyosiy o‗rganish, 
shubhasiz, muhim ilmiy-nazariy xulosalarga olib keladi. Ikki buyuk shoir dostonlaridagi badiiy 
talqinning o‗ziga xosligi, Fuzuliy hazrat Navoiy an‘analarini munosib davom ettirgani holda, uni 
rivojlantirgani, ―Layli va Majnun‖dagi obrazlar tasvirini yanada takomillashtirgani haqidagi 
to‗xtamlar buning isbotidir. Bu boradagi ilmiy kuzatishlarni yanada chuqurlashtirish, tahlil 
doirasini kengaytirish galdagi vazifalardandir. 


241 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish