Adabiyotlar
1.
Алишер Навоий. Хамса. - Тошкент, ЎзСССР ФА нашриѐти, 1960
2.
Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. Ўн учинчи том. Тошкент: Фан, 1979.
3.
Ғаниева С. Алишер Навоий. – Т.: Фан, 1968.
ALISHER NAVOIY “HAYRATU-L-ABROR” DOSTONI
OLIM SHARAFIDDINOV TALQINIDA
M.Ataniyazova,
Qoraqalpoq DU katta о
ʻ
qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqola Alisher Navoiy qalamiga mansub ―Hayratu-l-abror‖
dostonining Olim SHarafiddinov tomonidan о
ʻ
rganilishi masalasiga bag‗ishlanadi. Unda
―Xamsa‖ning birinchi dostoniga xos bо
ʻ
lgan xususiyatlar, doston strukturasi, g‗oyaviy-badiiy
olami haqida adabiyotshunos qarashlari tahlil etiladi. Shu bilan birga xamsanavislik an‘anasi
bilan bog‗liq ayrim masalalarga e‘tibor qaratiladi.
Kalit sо
ʻ
zlar:
Sharq adabiyoti, ―Xamsa‖, an‘analar, doston janri, masnaviy, adabiyotshu-
noslik, Olim Sharafiddinov, talqin,
yangi davr.
Bugungi kunlarga qadar badiiy ijod olamida xamsanavislik singari mazmun va strukturaviy
jihatlardan keng qamrovli adabiy hodisaga duch kelinmaydi. Sharq-islom madaniyati tarixida
mavjud bо
ʻ
lgan qissachilik, tafsirchilik kabi sohalardan keyin badiiy tafakkur dunyosida mas-
naviy shakllarida yuzaga kelgan asarlar olam va odam muammolarini taftish etish borasida niho-
yatda katta yutuq hisoblanadi. Ayniqsa, Sharq adabiyotida xamsa-beshlik an‘ana sifatida vujudga
226
kelishi bilan badiiy-estetik tafakkur, falsafiy-axloqiy qarashlar hamda ijtimoiy-hayotiy masalalar
negizida ulkan о
ʻ
zgarishlar yuzaga keladi. Natijada hayotni tushunish, dunyoga boshqacha nuqtai
nazar bilan boqish, insonni koinot markazi sifatida anglash, kо
ʻ
ngil va ruh erkinligini his etish
tuyg‗udan voqelikka aylanadi. Ayni vaqtda ―Xamsa‖ an‘ana va yangilik bо
ʻ
lib, turli shakllarda,
uslublarda insoniyat ma‘naviy-estetik va ruhoniy-hissiy ehtiyojlarini tom ma‘noda qanoatlantirib
keldi. Gap shundaki, XX asrning dolg‗ali о
ʻ
tgan birinchi choragi tugab ikkinchi choragi
boshlanishida mana shu an‘analarga munosabatda murakkab holat kuzatiladi. Asr boshida yuz
bergan tala-tо
ʻ
plar, va ayniqsa, shо
ʻ
rolar davrining ilk qadamlari, hech bir qadriyatni tan
olmaydigan manfur siyosatning kirdikorlari mumtoz an‘analarni ham о
ʻ
z zug‗umiga oldi. Biroq
shunday qaltis vaziyatda ham adabiyot ilmi hayotdan butunlay chetda qolmadi, asl voqelik va
ilm haqiqatini zamoniga moslashtirib bо
ʻ
lsa-da, aytishga harakat qildi. Sharq mumtoz adabiyoti
haqida gap ketganda kо
ʻ
z о
ʻ
ngimizga dastavval hazrat Alisher Navoiy fenomeni keladi, uning
dostonlari va she‘riyati namoyon bо
ʻ
ladi. О
ʻ
zbek adabiyoti kabi adabiyotshunosligi va badiiy-
estetik qarashlari taraqqiyoti ham shu ulug‗ siymo bilan bog‗liqdir. Shu bilan birgalikda XV asr
jahon adabiy-falsafiy tafakkuri yuksalishida Alisher Navoiy muhim о
ʻ
rin tutadi. Alisher Navoiy
tavallud sanasining 500 yilligi arafalarida navoiyshunoslik xalqaro miqyos kasb etadi. Sobiq
ittifoq davri adabiyot ilmining taniqli namoyondalaridan Sadriddin Ayniy, Evgeniy Eduardovich
Bertels, Abdurahmon Sa‘diy, Oybek, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Izzat Sultonovlar bu
buyuk shoir haqida alohida tadqiqotlar yaratdilar. Shular safida adabiyotshunos Olim
Sharafiddinov nomi ham faxr bilan tilga olinadi. E‘tiborli tomoni shundaki, ushbu navoiyshu-
noslik borasida yaratilgan tadqiqotlarda xamsachilik va Alisher Navoiy ―Xamsa‖si talqinlari
etakchilik qiladi. Jumladan, adabiyotshunos Olim (Saidolim) Sharafiddinov ilmiy izlanishlari
mahsuli bо
ʻ
lgan ―Alisher Navoiy‖ monografiyasining ham asosiy qismi mana shu masalaga
bag‗ishlanadi. Olim dastlab xamsa an‘anasi haqida muxtasar fikr yuritadi, keyin esa Alisher
Navoiy ―Xamsa‖ asariga kirgan dostonlar tо
ʻ
g‗risida alohida sо
ʻ
z yuritadi. Bu usul boshqa
navoiyshunos va xamsashunoslar tadqiqot yо
ʻ
nalishlarini takrorlamaydi. Masalan, Sadriddin
Ayniy ―Alisher Navoiy‖[5], Izzat Sulton ―Navoiyning qalb daftari‖[6] asarlarida shoir dostonlari
alohida sarlavha va bо
ʻ
limlarda tadqiq etilmaydi, balki bir faslda atroflicha ochib beriladi. Xuddi
shunday ―Hayrat-ul abror‖ dostoni ham aynan shu nomdagi sarlavhada tahlil qilinadi. Keyin-
chalik navoiyshunoslik taraqqiyoti davomida Alisher Navoiyning har bir dostoni haqida maxsus
tadqiqotlar vujudga keladi. Xususan, akademik A.Qayumov har bir dostonga bag‗ishlangan
alohida monografiyalar yaratdi. Olim SHarafiddinov xamsa-beshlik haqida sо
ʻ
z yuritganda
Nizomiy Ganjaviy faoliyatiga urg‗u beradi. U masnaviy-dostonchilikda Nizomiy Ganjaviy kо
ʻ
r-
satgan yuksak mahoratni olqishlaydi va xamsachilik an‘anasi asoschisi sifatida ―Sharq adabi-
yotini balandga kо
ʻ
targanligini‖ ta‘kidlaydi. ―Nizomiydan sо
ʻ
ng, - deydi u, ―Panj ganj‖, ―Xamsa‖
nomi berilgan bu beshta doston shoirlar orasida keng rag‗bat qozondi. Shoirlar о
ʻ
z kuchlarini
sinash uchun Nizomiy ―Xamsa‖siga ergashib, ―Xamsa‖lar yaratdilar. Shoir Xusrav Dehlaviy va
Abdurahmon Jomiylar yaratib qoldirgan ―Hasht behisht‖ va ―Haft avrang‖lar xamsachilik
tarixida yuksak san‘at asarlari hisoblanadi‖[3.104]. Adabiyotshunos Alisher Navoiy ham ana shu
an‘anani davom ettirib, о
ʻ
zbek tilida ―original va о
ʻ
lmas‖ asar ijod etganligini qayd etadi.
SHuningdek, olim xamsachilik qoidalari haqida hozirgi kunlarda ham о
ʻ
z ahamiyatini yо
ʻ
qot-
magan diqqatga sazavor fikr-mulohazalarni о
ʻ
rtaga tashlaydi. Uning e‘tiroficha, ―Nizomiy besh
dostoni bilan ―Xamsa‖ yaratish qat‘iy bir tus olgan‖, ―Adabiyot nazariyotchilari... ―Xamsa‖
yozishning bir qancha qoidalarini ilgari surgan‖, ―shoir asl mavzuga kirishmasdan oldin bir
qancha ta‘rif va tavsiflarni о
ʻ
z ichiga olgan umumiy bir muqaddima – ―debocha‖ yozishi...
debocha tavhid, munojot, na‘t, me‘roj ta‘rifi, zamon podshohi madhi, sо
ʻ
z va sо
ʻ
z egalari ta‘rifi,
о
ʻ
g‗liga nasihat, kitob nazmining sababi kabi boblardan iborat bо
ʻ
lishi kerak edi‖ [О
ʻ
sha
227
manba.104]. Bu xamsachilik qoidalarida birinchi masala bо
ʻ
lsa, ikkinchidan, keyingi davrlarda
xamsa janriga xos umumiy ta‘riflar ham vujudga keldiki, unda g‗oyaviy-badiiy jihatlardan о
ʻ
zaro
bog‗langan dostonlar silsilasi ana shu beshlik janrini tashkil etishi qayd etiladi. Shu ma‘noda
Olim Sharafiddinov ham boshqa xamsashunoslar singari avvalo Alisher Navoiy ―Xamsa‖si
tarkibiga e‘tibor qaratadi. Unda xamsa-beshliklar birinchi dostoni ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-
didaktik masalalarni о
ʻ
z ichiga olgan hamda yagona syujet liniyasiga ega bо
ʻ
lmagan asar bilan
boshlanishi zarurligi ham shu an‘ana qonuniyati ekanligi uqtiriladi. Shu nuqtayi nazardan olim
e‘tiroficha, ―Hayrat-ul abror‖ о
ʻ
ziga xos falsafiy-didaktik doston bо
ʻ
lib, zamonasining turli ijti-
moiy-siyosiy masalalarini va shoirning ijtimoiy-axloq tо
ʻ
g‗risidagi qarashlarini, muhokamalarini
ifodalaydi‖[О
ʻ
sha manba.105]. Diqqatga sazavorligi shundaki, Sharqda bu tip falsafiy-axloqiy
muammolar talqiniga bag‗ishlangan asarlar silsilasi xamsachilik bilan birga alohida an‘ana
sifatida keng tarqalgan edi. Olim Sharafiddinov ulardan Sanoiy qalamiga mansub ―Hadiqatul-
haqiqat‖ni, Nizomiyning ―Maxzanul-asror‖ini, Dehlaviyning ―Matlaul-anvor‖ini, Jomiyning
―Tuhfatul-ahror‖larini tilga olib о
ʻ
tadi. Ushbu asarlar kompozitsiyasida ―Hayrat-ul abror‖ kabi
an‘ana mavjud edi. Adabiyotshunos doston poetik strukturasiga yaxlit tarzda izoh beradi.
Jumladan, u ―doston umumiy traditsion muqaddima bilan boshlanadi. Bu muqaddima: hamd,
tо
ʻ
rt munojot, besh na‘t, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy madhi, Jomiy madhi, sо
ʻ
z ta‘rifi, sо
ʻ
z va
mazmun masalasi, Sulton Husayn madhi, kо
ʻ
ngil ta‘rifi, uch hayrat, Bahovaddin Naqshband
madhi kabi bо
ʻ
limlarni о
ʻ
z ichiga oladi. Shoir bularning bir qismida diniy qoidalar tо
ʻ
g‗risida
sо
ʻ
zlaydi va о
ʻ
z davrida rasmiy diniy ta‘limot tusini olgan va sо
ʻ
fizmning bir tarmog‗i bо
ʻ
lgan
naqshbandiylikka munosabatini bayon qiladi. Ayniqsa, munojot va hayratlar olamning paydo
bо
ʻ
lishi, insonning yaratilishi, uning erda tutgan о
ʻ
rni singari falsafiy masalalarga bag‗ishlan-
gandir. Ularda Navoiy sо
ʻ
fizmning dunyoga panteistik qarash konsepsiyasini beradi, ―vujudi
mutlaq‖, ―husni mutlaq‖, ―adam‖, ―fano‖ terminlarining mazmunini obrazli ravishda ifodalaydi‖,
- deydi [О
ʻ
sha manba.105]. Bundan kо
ʻ
rinadiki, Alisher Navoiy ―Xamsa‖siga kiruvchi dostonlar
Sharq-islom falsafasi, tasavvuf ta‘limoti uchun ulkan epik manba ekanligi ilk navoiyshunoslikka
ham ma‘lum edi. Ayni e‘tiroflarda masalaga xolis yondashilgan bо
ʻ
lsa-da, biroz vaqt о
ʻ
tib shо
ʻ
ro
davrida bu haqiqatlar unutiladi, xamsa dostonlari oddiy sarguzasht asarlar sifatida talqin etiladi.
Natijada olam va odam mohiyatini nihoyat darajada chuqur aks ettirgan bu dostonlar poetikasi
oddiy sharhdan iborat bо
ʻ
lib qoladi. Shu ma‘noda adabiyotshunos fikrlari terandir. U ―konsep-
siyaga binoan (doston mohiyati nazarda tutilgan – ta‘kid bizniki M.Ataniyazova), olami hodisot
yuzaga kelmasdan avval mavhum ―vujudi mutlaq‖ mavjud edi. U ayni zamonda husni mutlaq
ham bо
ʻ
lib, uning husni gо
ʻ
yo oyna edi. Sonsiz-sanoqsiz jilvasi bо
ʻ
lgan bu husnning aksi olami
hodisotni yuzaga chiqargan edi. Shuning uchun ashyolar olamining har biri ―vujudi mutlaq‖
kо
ʻ
zgusi va undan hissa. Bular orasida inson eng yuqori va mukammali bо
ʻ
lib, о
ʻ
zining aqli va
idrok qobiliyati bilan ajralib turadi‖, - deydi [О
ʻ
sha manba.105]. Ayni shu masalalarda, ya‘ni
olam va odam mohiyatini Sharq tasavvuf falsafasi asosida anglashda olim tо
ʻ
g‗ri pozitsiya egal-
laydi. Bu holat bir tomondan ―Hayrat-ul abror‖ mazmuniga ham yо
ʻ
l ochadi. ―Biroq – adabi-
yotshunos, bu masalada ham Navoiy shariat dogmalariga, sо
ʻ
fizm mistikasiga qarama-qarshi
boruvchi fikrlarni ilgari suradi‖[О
ʻ
sha manba.105], - degan fikrda islom va tasavvuf g‗oyalarini
xaspо
ʻ
shlovchi shо
ʻ
ro mafkurasi irodasini namoyon etadi. Aslida ―yangicha hayot va qarashlar‖
ma‘nosida qabul qilingan bu mafkura shariat va tariqatning ma‘naviy mukammal inson
g‗oyasiga butkul zid edi. Shu bois ―nafsga qarshi kurashuvi (о
ʻ
zlikni о
ʻ
ldirishi), tarki dunyo
qilishi, dunyoning huzur-halovatlaridan voz kechishi, о
ʻ
limdan burun о
ʻ
zini halok etishi‖ davr
adabiyotshunosligida bо
ʻ
lgani kabi Olim Sharafiddinov qarashlarida ham muntazam ravishda
ta‘kidlanadi. Bu komillikdagi bir ichki ehtiyoj, ruhoniy mashq, nafs va dunyo kirdikorlaridan
saqlanish, ruh va kо
ʻ
ngil oromini ta‘minlash uchun о
ʻ
ziga xos tadbir ekanligi e‘tibordan chetda
228
qoladi. Shunday о
ʻ
rinlarda yangi davr о
ʻ
zbek adabiyotshunosligi bir qator yо
ʻ
qotishlarga
uchraganligi kо
ʻ
rinadi. Hatto, Alisher Navoiy ham ―о
ʻ
z zamonidagi diniy-tasavvufiy ta‘limotlar
ta‘siridan qutulib ketmagan edi‖ [О
ʻ
sha manba.106] degan yanglish xulosalarga olib keladi.
Dunyo hayotida ham, insoniyat jamiyatida ham ma‘naviy komillikning birdan-bir tо
ʻ
g‗ri yо
ʻ
li
mana shu mumtoz zotlar va asarlar tayangan manbalar ekanligi ma‘lum muddat xotiradan
kо
ʻ
tariladi. Shu ma‘noda mumtoz siymolar va asarlar, xususan, ―Hayrat-ul abror‖ haqida yangi
shо
ʻ
ro davri ilk qarashlari bilan bugungi kun nuqtai nazarlari jiddiy farqlanadi. Olim
Sharafiddinovning ―Hayratu-l-abror‖ haqidagi qarashlarida ham murakkabliklar va ziddiyatlar
kо
ʻ
zga tashlanadi. Olim dastlab doston mohiyatini haqqoniy baholaydi va keyinroq ayrim
о
ʻ
rinlarda hatto о
ʻ
z fikrlariga qarshi mulohazalar yuritadi. Bu holat olimning Alisher Navoiy va
umuman mumtoz adabiyotni chuqur tushunganini, biroq zamona zayliga kо
ʻ
ra bor haqiqatlarni
aytishga imkoni bо
ʻ
lmaganligini kо
ʻ
rsatadi. Olim Sharafiddinov doston haqida о
ʻ
z qarashlarini
aytib olish uchun ham ba‘zi holatlarda ―qizil mafkura‖ga yon bosishga majbur bо
ʻ
ladi. Shu
о
ʻ
rinda aytib о
ʻ
tish kerakki, Alisher Navoiy ―Xamsa‖si о
ʻ
zbek adabiy tanqidi fani uchun manba
sanaladi. Bu jihat ham Olim Sharafiddinov e‘tiboridan chetda qolmaydi. U ―Hayrat-ul abror‖dan
ayni masalalarga doir muhim fikr-mulohazalarni e‘tirof etadi. Masalan, shoirning ―fasohat ahllari
toji‖ Nizomiy, ―qalami bilan Hind о
ʻ
lkasini ziynatlagan‖ Xusrav Dehlaviy, ―sо
ʻ
zining qasri
shunday baland kо
ʻ
tarilganki, unga falak kamand sololmaydigan‖ Jomiy tavsiflarini yoki badiiy
sо
ʻ
z ta‘rifidagi ―sо
ʻ
z – kо
ʻ
ngil qutichasi ichidagi javhardir‖ kabi mulohazalariga munosabat
bildiradi. U bulardan tashqari badiiy shakl va mazmun haqida gapirib, ―san‘at asarining surati
(shakli) qanday bо
ʻ
lmasin, asli mazmun ekanini qayd etadi‖, ―shakl va mazmun birligini e‘tirof
etadi‖ [О
ʻ
sha manba.107] va hazrat Alisher Navoiyning bu boradagi qimmatli she‘riy misralarini
keltiradi:
Nazmda ham asl anga ma‘ni durur,
Bо
ʻ
lsun aning surati harne durur.
Nazmki ma‘ni anga marg‗ub emas,
Ahli maoni qoshida xо
ʻ
b emas...
Bundan tashqari olim Alisher Navoiyning temuriy shoh-sultonlarga bag‗ishlangan
madhlarini xotirlash bilan ―Hayratu-l-abror‖ asari ijtimoiy maqomga egaligini eslatadi. Olim
Sharafiddinov dostonni muqaddimadan sо
ʻ
ng asosiy mavzuni ichiga olgan yigirma maqolotda
tahlil etadi. ―Shoir – deydi u, bu maqolotlarda podshohlar, ruhoniylar, adolat, muruvvat va
saxiylik, odob va kamtarlik, qanoat, insof, vafo, bir-biriga yordam berish, ishq, rostgо
ʻ
ylik, ilm
va olimlar, qalam va kotiblar, xalqqa xizmat qiluvchilar, mehnatkashlar, johillar, mayxо
ʻ
rlar,
xudbinlar, firibgarlar, xoinlar, dunyoviylik, bahor, hayotni sevish va boshqalar tо
ʻ
g‗risida
sо
ʻ
zlaydi‖ [О
ʻ
sha manba.108]. Doston dastlabki maqolotlarida turli tabaqalarga oid qarashlarini
bayon etgan bо
ʻ
lsa, uchinchi maqolotda shoh va uning amir, beklarini tanqid qiladi, tо
ʻ
rtinchi
maqolotda riyokor shayxlar, beshinchi maqolot saxiylik va baxillik, oltinchi maqolot kamtarlik,
hayo tо
ʻ
g‗risida, ettinchi maqolot qanoat va ta‘magirlik, sakkizinchi maqolot vafo va dо
ʻ
stlik,
tо
ʻ
qqizinchi maqolot ishq, о
ʻ
ninchi maqolot rostlik va tо
ʻ
g‗rilik, о
ʻ
n birinchi maqolot ilm va
olimlar, johillar va nodonlar, о
ʻ
n ikkinchi maqolot qalam va qalam ahli, о
ʻ
n uchinchi maqolot
xalqqa manfaat etkazuvchilar, о
ʻ
n tо
ʻ
rtinchi maqolot kajraftor falakning jafokorligi, о
ʻ
n beshinchi
maqolot mayxо
ʻ
rlik, о
ʻ
n oltinchi maqolot takabburlik, xudbinlik, о
ʻ
n yettinchi maqolot umr fasl-
lari, о
ʻ
n sakkizinchi maqolot falak g‗amxonasi, umr vafosizligidan shikoyat, о
ʻ
n tо
ʻ
qqizinchisi
vatan madhi, yigirmanchi maqolot shahzodaga nasihatga bag‗ishlanadi. Olim Sharafiddinov bu
kabi mazmunan alohida asar darajasida bо
ʻ
lgan maqolotlar haqida atroflicha mulohazalar yuri-
tadi. Ushbu maqolotlarda bayon etilgan fikr-qarashlar umuminsoniy va hayotning doimiy ma-
salalariga tegishli bо
ʻ
lgani uchun ham ular tahlilida olim о
ʻ
zini erkin his etadi. Bu talqinlarda
229
adabiyotshunosning sobiq mafkura tazyiqidan ozorlanib fikr yuritishi sezilmaydi. Shuningdek,
olim beshinchi maqolotda keltirilgan ―Hotam Toy‖ va sakkizinchi maqolatdagi ―Ikki vafoli yor‖
hikoyatlarini о
ʻ
zgacha ruh bilan tadqiq qiladi. Olim Sharafiddinov ―Hayratu-l-abror‖ haqidagi
qarashlarini xulosalab, ―Biz bu erda ―Hayrat-ul abror‖ning badiiy xususiyatlarini keng tahlil
etish niyatida bо
ʻ
lmaganimiz uchun yuqoridagi izohlar bilan chegaralanamiz. Shuning о
ʻ
ziyoq
axloqiy, didaktik, ijtimoiy, falsafiy mavzularni qamrab olgan mazkur dostonning turmush
hodisalarini chuqur obrazlarda aks ettirgan, fikriy teranlikni yuksak poetik iboralar va rang-
barang vositalarda ifodalagan badiiy asar ekanidan dololat beradi‖ [О
ʻ
sha manba,118], - deydi.
Adabiyotshunos Olim Sharafiddinovning ushbu fikrlari ilmiy maqolaga xulosa bо
ʻ
lishi mumkin
edi, biroq ―Hayrat-ul abror‖ dostoni poetikasi bilan bog‗liq qarashlar davomiyligini e‘tirof etish
lozimdir. Olim kо
ʻ
proq dostonga xos struktura, janriy-mazmuniy о
ʻ
ziga xoslik, an‘anaviylik,
maqolotlar g‗oyasi kabi masalalarni taftish etishga harakat qiladi. Bu о
ʻ
z vaqti adabiy-estetik
qarashlari uchun ham, keyingi navoiyshunoslik ilmi taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga
ega edi. Shu ma‘noda bu qarashlar yangi navoiyshunoslik ilk bosqichlarda ham ancha samara-
larga erishganligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |