O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

Adabiyotlar:
1.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – T.: Sharq, 2002.138-bet 
2.
Karomat Mullaxо
ʻ
jayeva. ―Tarixi Rashidiy‖da Abdurahmon Jomiyga munosabat. 
Muhammad Haydar mirzoning «Tarixi Rashidiy» asarining jahon madaniyati tarixidagi о
ʻ
rni 
xalqaro ilmiy anjuman materiallari. –T.,2011, 35-bet. 
3.
Ja‘far Xolmо
ʻ
minov, Jomiy va Yevropa 
https://www.researchgate.net/publication/337656121. 
 
 
ABDULLA ORIPOV IJODIDA MILLIY RUHNING NAVOIYONA IFODASI 
 
L.О
ʻ
sarova, 
TDО
ʻ
TAU mustaqil izlanuvchisi 
Har qanday ijodkor mahoratining yuksalishi muayyan adabiy-estetik omillar bilan bog‗liq 
holda kechadi. Buyuk salaflar ijod laboratoriyasidan saboq olish, milliy ruhning betakror ifo-
dasiga erisha olish mazkur omillarning eng asosiylaridandir. Zamonaviy she‘riyatimiz darg‗ala-
ridan hisoblangan Abdulla Oripov she‘riyati takomilida Alisher Navoiy nazmiy an‘analaridan 
olingan ana shunday ijodiy saboq ta‘sirini sezish mumkin. Milliy ruh ifodasidagi о
ʻ
zaro uyg‗un-
likda bu hol, ayniqsa, yaqqolroq seziladi. Abdulla Oripovning: ―Men Navoiydan masalaning mo-
hiyatiga kirishni, she‘rni sehrli tayoqchaday о
ʻ
ynatishni о
ʻ
rgandim. U kishi mazmun ifodasining 
ustasi, she‘r aytish mumkin, lekin she‘rni mazmun bilan faqat Navoiy aytgan‖, degan e‘tirofi 
ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Ikki buyuk shoir ijodidagi mushtarak va о
ʻ
ziga xos xususiyatlarni 
tahlil etishga harakat qilamiz. 
Abdulla Oripovning ―Tanlangan asarlar‖ 7-jildidan о
ʻ
rin olgan g‗azallar ushbu mumtoz janr-
ning mukammal namunalaridan deyish mumkin. Mana bu matla‘ tahlili ham bu fikrni quv-
vatlaydi: 
Sochlaring yoymay turib 
Tushgan qorong‗u tun emas, 
Tishlaringni kо
ʻ
rmayin
Tong ham oqargan kun emas
200

Ushbu baytni tahlil etar ekan, professor Nurboy Jabborov: ―Mumtoz she‘riyatimizga xos 
husni matla‘ning naqadar gо
ʻ
zal namunasi. Bunda tashbeh ham, tazod ham fikrning san‘atkorona 
ifodasiga xizmat qilgan‖
201
, deya baholaydi. Darhaqiqat, yuqoridagi baytda navoiyona poetik 
tasvirni hamda teran fikrning mukammal badiiy ifodasini kuzatish mumkin.
Abdulla Oripov g‗azalining mazkur matla‘sida Alisher Navoiyning ―Favoyid ul-kibor‖ 
devonidan о
ʻ
rin olgan 92-g‗azalidagi mana bu baytga mutanosiblik kuzatiladi:
Yuzung xurshididin ul tun topib xayli kavokib nur,
Sochingning zulmati ul kecha tun rangini aylab doj. 
―Doj‖ sо
ʻ
zi ―Navoiy asarlari lug‗ati‖da: ―qorong‗i, qorong‗ilik; juda qorong‗i kecha‖ tarzida 
izohlangan
202
. Ma‘lum bо
ʻ
ladiki, hazrat Alisher Navoiy baytning ikkinchi satrida tunning rangini 
yor sochining zulmati qorong‗i qilganini ta‘kidlamoqda. Abdulla Oripov baytida esa yor sochini 
yoygani bois tun qorong‗u bо
ʻ
lgani tasvirlangan. Ushbu obrazli ifoda mohiyat e‘tibori bilan 
yaqin bо
ʻ
lsa-da, Abdulla Oripov sochini yoygan yor obrazini о
ʻ
quvchi kо
ʻ
z о
ʻ
ngida yaqqol 
200
Орипов А. Танланган асарлар. Ғафур Ғулом номидаги НМИУ. – Т.: 2013. – Б. 114. 
201
Жабборов Н. Замон, мезон, шеърият. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2015. – Б. 21. 
202
Навоий асарлари луғати (Тузувчилар: П.Шамсиев, С.Иброҳимов). – Т.: Адабиѐт ва санъат. 1972. – Б. 196. 


206 
namoyon etish orqali buyuk salafi an‘anasini yangilagani va boyitganini sezish qiyin emas. Bu 
esa, о
ʻ
z navbatida, shoirning individual poetik tafakkuri mahsuli ekanini ta‘kidlash zarur. 
Yuqorida matla‘si keltirilgan g‗azalning boshqa baytida Abdulla Oripov fikrni quyidagicha 
betakror ifodalaydi:
Ikki chashmim jolasiga
Boqmangiz hayron bо
ʻ
lib, 
Asli uldir ikki daryo, 
Sir emas, Jayhun emas. 

ʻ
zdan tinimsiz oqqan yoshni jolaga qiyoslash an‘anasi mumtoz she‘riyatda mavjud. 
―Navodir ush-shabob‖ devonining 550-g‗azalida hazrat Alisher Navoiy mana bu tarzda jozibali 
tasvir yaratadi:
Yuzung shavqida ashkim kо
ʻ
zlar ichra jola bog‗lanmish,
Yog‗in ul nav‘kimdur bog‗lag‗ay abri bahor ichra. 
Ikkala baytning qiyosiy tahlili shundan dalolat beradiki, garchi buyuk salafi she‘riyatidan 
ma‘lum darajada ta‘sirlanish holati sezilsa-da, Abdulla Oripov baytida fikr tashbehu istiora 
orqali ohorli ifodalangan. Alisher Navoiy g‗azali hazaji musammani solim vaznida yozilgan 

ʻ
lsa, Abdulla Oripov fikrni ramali musammani mahzufda ifodalashni ma‘qul kо
ʻ
radi. Navoiy 

ʻ
zlar ichra jolani bahor buluti ichidagi yog‗inga tashbeh etsa, nevara shogirdi ikki chashmidagi 
jolani ikki daryoga qiyoslaydi. Har ikki ijodkor she‘rida milliy ruhning betakror ifodasi kuza-
tiladi. 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish