ulloning janobi andin oliyroq-
dur
degan kuzatishidan ikki nozik adabiy-nazariy hodisa yuzaga chiqmoqda:
1. Shoirning shaxsiyati va ijodining badiiy qimmati о
ʻ
rtasidagi mutanosiblik masalasi
dolzarb ilmiy muammo sifatida qaralishi.
2. Jomiy g‗azaliyotidan Boburning adabiyotshunos sifatida tо
ʻ
laqonli qoniqmaganligi
(an‘anaviy oshiqlik ohanglari, zamondosh shoirlarniki kabi odatiy motiv, badiiy san‘atlar va
mavzuning о
ʻ
zgarish kasb etmasligi kabilar), biroq yuksak mutasavvuf maqomidagi valiy zot
ta‘rifini faqat ijodining bahosi bilan о
ʻ
lchash kamlik qilishi, umuman ahli ilm orasida uning
baland e‘zozda ekanligi va ortiqcha maqtovga ehtiyoj qolmasligi. Bobur Abdurahmon Jomiyning
badiiy ijodini bevosita boshqa shoirlarniki kabi tahlilga tortmagan bо
ʻ
lsa-da, lekin uning insoniy
qiyofasi va shoirona didiga doir chizgilar qoldirishga urinadi. Masalan, Shayxim Suhayliy
ijodidan quyidagi baytni keltirish orqali uning uslubiga oid asosiy belgi bо
ʻ
rtib yuzaga chiqadi:
Shabi g‗am girdbodi oham az jo burd gardunro,
Furо
ʻ
burd ajdahoi seli ashkam rub‘i maskunro.
Bobur aynan mana shu baytni eshitib, unga kinoyali savol bergan quvnoq tabiatli Jomiyni
eslaydi: «Mirzo, she‘r aytasiz yo odam qо
ʻ
rqutasiz?» Bobur Jomiyning yengil hajviy tanbehi ila
Suhayliy ijodida mubolag‗a san‘atining о
ʻ
ta bо
ʻ
rtib qо
ʻ
llanishi oqibatida san‘atga xos joziba yо
ʻ-
qolganini kо
ʻ
rsatmoqchi bо
ʻ
lgan. Mazkur adabiy davra manzarasidan Jomiyning ustodlik siyra-
tida donishmandlik va zakiylik uyg‗unlashgani ifodalanganiga guvoh bо
ʻ
lmoqdamiz. Asarning
boshqa voqelar fonida ham Jomiy siymosi bilan bog‗liq tafsilotlar bor, lekin Boburning bu ijod-
kor siymosi haqidagi yakdil qarashi quyidagi jumlada umumlashadi: «g‗oyatash xotirg‗a kech-
tikim, bu muhaqqar ajzoda tayammun va tabarruk jihatidin alarning otlari mazkur va shammae
sifatlaridin mastur bо
ʻ
lg‗ay». «Boburnoma» matnidan faqatgina Jomiy siymosi borasidagina
uning mana shunday ehtirom aralash qattiq hayajonga guvoh bо
ʻ
lmoqdamiz. Jomiy ijodi tahlili-
dan tiyilishga ham aynan о
ʻ
sha chuqur ehtirom sabab bо
ʻ
lgan, bu hol muallifning pozitsiyasiga
ta‘sir etgan.
Haydar mirzoning «Tarixi Rashidiy» asarida markaziy obrazlar qatorida tasavvufiy timsollar
bо
ʻ
lib, ulardan biri Abdurahmon Jomiy siymosidir. Haydar mirzo tasviridan Bobur kabi uning
ham Jomiy maslagiga xayrixohligi va ehtiromi yorqin bayon qilinadi. Lekin Haydar mirzo ruhi-
yatida Jomiyga nisbatan anchayin ixlosmandlik holati uning kо
ʻ
plab mushohadalaridan ufurib
turadi. Bu haqda adabiyotshunos olima K.Mullaxо
ʻ
jayeva shunday yozadi: «muallifga bu zot
makon va zamon jihatidangina emas, balki ruhan juda yaqin. Shu bois uning о
ʻ
zi ham, asardagi
boshqa siymolar ham Abdurahmon Jomiy shaxsini, uning falsafiy-ta‘limiy fikrlarini tez-tez
eslaydi, Mavlononing о
ʻ
gitlarini kitobxonga havola etadi»
199
. Albatta, asardagi ma‘lum shaxs
ta‘limotiga tez-tez murojaat etish muallifning aynan о
ʻ
sha e‘tiqoddan ma‘naviy oziqlanganining
belgisidir. «Tarixi Rashidiy»da Jomiyga munosabat ikki yо
ʻ
nalishga ajragan holda namoyon
199
Муллахўжаева К. ―Тарихи Рашидий‖да Абдураҳмон Жомийга муносабат. Муҳаммад Ҳайдар мирзонинг «Тарихи
Рашидий» асарининг жаҳон маданияти тарихидаги ўрни халқаро илмий анжуман материаллари. Т., 2011. 35-бет.
204
bо
ʻ
ladi: 1.Fors adabiyotining otashnafas sevimli shoiri va uning lirik merosi. 2.Ulug‗ mutasavvuf
Shayx va uning yirik falsafiy ta‘limoti (Mazkur faslda birinchi yо
ʻ
nalish asosida kuzatishlar olib
boramiz). Haydar mirzo Xuroson shoirlari qatorida Mullo Jomiyni birinchi bо
ʻ
lib misol keltiradi,
undan sо
ʻ
ng Navoiy haqida tо
ʻ
xtaladi. Haydar Mirzoning Jomiy shoirligiga bergan ilk ta‘rif
jumlalari Boburnikiga о
ʻ
xshash: «ul shuarolareki, ul zamoni jannatnishonda bor erdilarki,
Mavlono Abdurahmon Jomiyga о
ʻ
xshash agar topmoqqa e‘tiroz bо
ʻ
lmasa erdi, loyiq bu erdikim,
Xurosonning avliyo va shuarolarining nechuk sardaftari erdilar. Bularning muborak otlarini har
birlarig‗a sardaftar qilib futulur erdi»
1
. Haydar Mirzoning Bobur ta‘rifidan ta‘sirlangani keyingi
sahifalardagi fikrlarida ham yaqqol seziladi: «Hazrati Mavlono Abdurahmonning ash‘orlari
andoq mashhurdirki, bu erda zikr qilmoqqa hojat yо
ʻ
qtur.» Lekin Haydar mirzo Jomiyning
mashhur bо
ʻ
lmagan bir g‗azalini keltiradiki, bu g‗azal о
ʻ
zining shakliy badiiy san‘ati bilan о
ʻ
z-
gacha xarakter kasb etadi. Unda shoirning ijodiy mahorati satrdan satrga tanlangan sо
ʻ
zlarning
harflar bilan bog‗liq holda namoyon bо
ʻ
lgan:
Ruxi zard doram zi davri on dar,
Zada dog‗i dardam daruni dil ozar.
Chu tan kost gо
ʻ
i shabi furqati tu,
Chu mahi nav ki boshad badinguna log‗ar.
Xatat Xizru ja‘di kajat mushki Tibat.
Tanat simu la‘li labat tungi shakkar.
Ba jannat naimi, shahdi muhabbat,
Behishti muxallad nasibi muhaqqar.
Ba labho malihi, ba tal‘at sabihi,
Ba guftan fasihi, ba gisu muanbar
2
.
Haydar mirzoning sharhicha, bu g‗azalning dastlabki baytidagi (arab imlosida) harflar
alohida harflar bо
ʻ
lib, boshqalari bilan birikmasligi, ikkinchi baytdagi sо
ʻ
zlar ikki harfdan,
uchinchi baytdagi sо
ʻ
zlar uch harfdan iborat bо
ʻ
lib, shu tariqa besh baytli g‗azal yaratilgan.
Haydar mirzo keltirgan g‗azaldan Jomiyning badiiy san‘atlar qо
ʻ
llash borasida о
ʻ
ziga xos ijodiy
yangilikka intilgani ma‘lum bо
ʻ
ladi. Uning boshqa g‗azallarida ham bu yangi badiiy san‘at uch-
raydimi, keyingi davr forsiyzabon ijodkorlarida bu san‘atdan badiiy ta‘sirlanish holati bо
ʻ
lganmi,
bugungi ilmiy tadqiqotchilar oldida Jomiy g‗azaliyotining ana shunday nozik nuqtalariga e‘tibor
qaratish bilan bog‗liq vazifalar bor.
Aytish mumkinki, «Boburnoma»da Abdurahmon Jomiy ijodi haqida bevosita alohida tо
ʻ
x-
talmaganining boisi uning qо
ʻ
shimcha qirralari va axloqiy kamoloti haqidagi ma‘lumotlarga
chuqur e‘tibor qaratilgan; Bobur Jomiyning ma‘naviy olamini uning ijodidan yuqori baholaydi
hamda bu hol uning ijobiy e‘tirofiga sazovor bо
ʻ
lgan noyob shaxslar sirasidan ekanligini belgi-
laydi; Haydar Mirzoning «Tarixi Rashidiy» asarida Abdurahmon Jomiy shaxsiyati yuksak
nuqtada tasvirlangan hamda bu holat uning mutasavvuf alloma ekanligi bilan bog‗langan;
Abdurahmon Jomiyning she‘riyatida novatorlik belgilarining aks etishi haqidagi Haydar mirzo-
ning adabiy ma‘lumotlari bugungi kun adabiyotshunosligida о
ʻ
rganilishi lozim bо
ʻ
lgan masa-
lalardan biridir.
1
Мирзо Муҳаммад Ҳайдар Аѐзий. Тарихи Рашидий. О.Жалилов нашрга тайѐрловчи. Т.: Ўзбекистон НМИУ. 2011. 282-
бет/
2
Ўша манба. 283-бет.
205
Do'stlaringiz bilan baham: |