Buxoro davlat universitetining


So‘z ͢͢͢͢ → obraz→ his-tuyg‘u→ harakat→hayot



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

So‘z
͢͢͢͢ → obraz→ his-tuyg‘u→ harakat→hayot 
Insonning ongi va qalbida so‘zlar bilan ifodalangan ijobiy yoki 
salbiy dasturlar bo‘ladi. Ijobiy dasturlarga misol: 
– Olam adolatli. 
– Koinot to‘kin-sochin. 
– Odamlar mehribon. 
1
Kibernetik – kibernetikakaga oid. Kibernetika axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va undan 
turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan. Kibernetik tizimlarga kompyuter, inson 
miyasi, kishilik jamiyati misol bo‘la oladi. 


10 
– Men ota-onamdan minnatdorman. 
– Men o‘zimga ishonaman. 
– Men kuchliman. 
Salbiy dasturlarga misol: 

 Olam adolatsiz. 
– Hamma yoqda firibgarlar. 
– Hamma odam dushman. 
– Hamma narsa pulga bog‘liq. 
– Vaqtim yo‘q. 
– Pulim yo‘q. 
Salbiy dasturlar inson hayotiga o‘z mazmuniga muvofiq noxush 
voqealarni jalb qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ijobiy 
dasturlar esa baxt-saodat va salomatlik garovidir. Shuning uchun har 
bir odam ongidagi salbiy dasturlarni aniqlab, ularni ijobiy dasturga 
aylantirishi lozim.
 
 
Til tuzilishiga ko‘ra murakkab 
hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan
uzviy bog‘langan quyidagi
qismlardan iborat: 
Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat 
a’zolarini birlashtiruvchi eng muhim omillardan biridir. Tilshunoslik 
haqidagi fanlardan bizga ma’lumki, tilning oʻzi murakkab hodisa 
boʻlib, u: 
a) ma’lum jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy 
boʻlgan UMIS tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan 
lison

b) bu imkoniyatlarning bevosita voqealanishini tashkil etadigan 
YHVO tabiatli nutq; 
d) shu imkoniyatlarning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va 
shakllarini belgilovchi 
me’yor 
kabi tomonlarning dialektik birligidir. 
Kishi oʻz tafakkur tarziga, farqlash qobiliyati va imkoniyatlariga qarab 
soʻzlaydi – lisoniy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu uning bilim va 
ma’naviy saviyasiga, hayotiy koʻnikma va tajriba, dunyoqarashlariga 
bog‘liq. Inson va til (nutq qobiliyati) qanday bir-biridan ajralmas 
boʻlsa, til va jamiyat ham shundaydir. 
1. Tovushlar tizimi. 
2. Lug‘at boyligi yoki leksika. 
3. Grammatik qurilishi. 


11 
Til va tafakkur muammosi juda keng qamrovli masala 
hisoblanadi, bu boradа yaratilgan koʻplab tadqiqotlar yorqin dalildir. 
Tilsiz tafakkur boʻlmaydi. Biz istagan predmet, voqea yo hodisa 
haqida til vositasisiz, hech boʻlmaganda undovlarsiz oʻz fikrimizni, 
tushunchalarimizni ifodalay olmaymiz. Obyektiv voqelik inson ongida 
aks etar ekan, u soʻzlar orqali belgilanadi, soʻzlarda shakllantiriladi va 
til-ong xazinasining boʻlim va boʻlimchalarida istagan vaqtda 
osonlikcha topish va foydalanish uchun eng qulay tarzda 
joylashtiriladi, muhrlanadi. Bizning tafakkurimiz shu darajada til bilan 
birikib, bir-biriga singib, omuxtalashib ketganki, ularni ajratishga, 
ya’ni fikrlash, soʻzlash jarayonlarini, shuningdek, ichki nutq 
imkoniyatlarini farqlashga, ularni tildan ajratishga hojat sezilmaydi . 
Insonning goʻdaklik davridan umrining oxirgi kunigacha oladigan 


12 
ta’limi soʻz va til vositasida amalga oshadi. Shuning uchun olimlar 
tilning ma’rifiy va ta’limiy – inson tafakkuri mahsulining avloddan-
avlodga yetkazish vazifasini alohida ajratadilar. Haqiqatdan ham, biz 
ta’limni tilsiz tasavvur eta olmaymiz. Demak, til bilish jarayonining 
muhim sharti. Diqqatga sazovor yana bir jihat borki, tafakkursiz til 
ham mavjud emas. Agar biz oʻylamay ogʻzimizga kelgan soʻzlarni 
tizaversak (masalan: gʻadur, gadur, bubak, baban v.h), bu biz uchun 
ham, hech qanday ma’no kasb etmaydi, ya’ni muayyan tushunchani, 
tasavvurni hosil qila olmaydi. Hatto, valdirash, alahsirashday tuyuladi, 
xolos. Demak, bu til ham nutq ham emas! Oʻzga bir tilni egallash 
boshqa xalqning tafakkur tarzini oʻzlashtirish demakdir.
O‘zbek tili – o‘zbek millatining tili, o‘zbek tili – O‘zbekiston 
Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o‘zbek adabiy tilining 
mavqeyi beqiyos darajada o‘sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug‘at 
tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomil-
lashuvida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 


13 
O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan barcha 
kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o‘zbek millatining 
shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek millati shakllangunga 
qadar u urug‘ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib 
keldi. 
O‘zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida 
uning lug‘at tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tilning leksikasi 
ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so‘zlar va boshqa tillardan 
qabul qilingan so‘zlar hisobiga boyib borishi ko‘zga tashlanmoqda. 
Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo‘jaligidagi, madaniyat, 
fan-texnika sohasidagi ko‘pgina o‘zgarishlar yangi tushunchalarni, 
yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi o‘zbek 
tili leksikasining ko‘pgina yangi so‘zlar hisobiga hamda boshqa 
tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar hisobiga boyishiga sabab bo‘ldi. 
Masalan: 
broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes 
va 
h. Ayrim o‘zbekcha so‘zlarning ma’nosida o‘zgarishlar ro‘y berib, 
ular boshqa ma’nolarda qo‘llana boshladi. Masalan, 
ishbilarmon
va 
tadbirkor
so‘zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo‘lib, belgi 
ifodalagan bo‘lsa, hozirgi paytda bu so‘zlar ot turkumiga o‘tdi va 
shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo‘ldi. Bu jarayonlarning barchasi 
o‘zbek tili lug‘at boyligini yangi pog‘onaga ko‘tardi. 
O‘zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham 
ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, fonetik tizimda, 
o‘zlashma so‘zlarda o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan bo‘g‘inning yangi 
turlari (so‘z boshida va so‘z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning 
qator kelishi) paydo bo‘ldi: 
sport, stol, traktor, shkaf, magistr, 
kongress 
kabi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarda ikki unlining o‘zbek 
tili uchun xos bo‘lmagan ketma-ket kelish holatlari kuzatiladi: 
aeroport, bionika, geologiya, teatr, poema 
kabi. 
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko‘makchilarning 
ma’nosi va vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko‘makchili 


14 
boshqaruv me’yorlari belgilandi. Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so‘z 
birikmalari ko‘proq qo‘llana boshladi.
O‘zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham 
boyishi, grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomil-
lasha borishi bilan bog‘liq ravishda davom etadi 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish