Buxoro davlat universitetining


ichki  va boshqa tillar  bilan aloqa natijasida bo‘luvchi –  tashqi faktorlar



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

ichki 
va boshqa tillar 
bilan aloqa natijasida bo‘luvchi – 
tashqi faktorlar 
ta’sirida bo‘lishi 
mumkin. Ba’zan esa har ikki faktor ham bir yo‘la ta’sir qilishi 
mumkin. Masalan, o‘zbek tilida /o/ fonemasining hosil bo‘lishida ikki 
fikr mavjud. O‘zbek tilidagi ichki fonetik faktorga asoslangan qarash 
/o/ fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa undoshlaridan 
keyin kelib, /o/ -lashganini ko‘rsatadi. Boshqa tashqi faktorga 
asoslangan qarash o‘zbek tilidagi /o/ fonemasi fors-tojik tilining ta’siri 
ostida hosil bo‘lgan deb hisoblaydi. Shevalar orfoepik, grammatik va 
leksik normalardan tashqarida bo‘lgani tufayli ularda turli o‘zgarishlar 
saqlanib qoladi va asta-sekin adabiy tilga ham ko‘chadi.
 


71 
2.5.2. Fonetik qonuniyatlar xronologik (davr) jihatdan ikki turli 
bo

ladi: 
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli hodisa va 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, turkiy tillar va shevalariga xos 
bo‘lgan o-lashish, y-lashish, j-lashish, yo-lashish kabi hodisalar, 
german tillari tarixidagi 
umlaut
, ya’ni til orqa lablangan unlilarning va 
keyingi bo‘g‘indagi /j/ tovushi ta’sirida til oldi holatiga o‘tishi, 
ablaut

ya’ni ichki fleksiyadagi tovush almashinuvi kabilar ana shunday 
hodisalarga kiradi.
Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar 
soni kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro‘y 
beradi 


72 
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion 
o‘zgarishlari ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil 
o‘zgarishlarga uchraydi. Chunonchi, ochiq urg‘uli bo‘g‘inda cho‘ziq va 
yopiq urg‘usiz bo‘g‘inda esa qisqa talaffuz etilishi mumkin. Bunday 
holat ham ko‘pgina tarixiy va hozirgi tovush o‘zgarishlarini keltirib 
chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning boshqa 
bosqichidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘rganish chuqur ilmiy 
natijalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning rivojlanishi, savodxonlik va 
madaniy saviyaning oshuvi natijasida kishilarda adabiy tildan to‘g‘ri 
foydalanishga va nutq madaniyatini oshirishga qiziqish kuchaymoqda. 
Kishilar chiroyli gapirishga va ifodali o‘qishga harakat qilmoqdalar. 
She’rxonlik va kitobxonlik uchrashuvlarida, konferensiyalarda va turli 
yig‘inlarda adabiy tilning normalaridan to‘g‘ri foydalanib, o‘z 
nutqlarining ta’sirchanligini oshirishga urinmoqdalar. Bularning 
hammasini orfoepiyani to‘liq egallamasdan, adabiy til va uning 
talaffuz normalarini to‘liq o‘zlashtirmasdan amalga oshirish qiyin. 
Demak, orfoepiya haqiqatan ham nutq madaniyatining muhim qismini 
tashkil etadi. 
Orfoepiyaning yuzaga kelishida ikkita faktor muhim rol o‘ynaydi. 
Bulardan biri orfografiya, ikkinchisi xalq og‘zaki nutqining turli 
ko‘rinishlari va turli xil xalq talaffuzlaridir. Lekin orfoepiyaning 
shakllanishida odatda birinchi faktor muhimroqdir. Yangi o‘zbek 
orfoepiyasining shakllana borishida rus tili va u orqali kirgan so‘zlar 
talaffuzining ham o‘ziga xos o‘rni va roli bor. Biroq o‘zbek 
orfoepiyasini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish va uning 
qoidalarini yaratish hanuzgacha til hayotida va orfoepiyada amalda 
yuz bergan o‘zgarishlardan orqada qolib kelmoqda. O‘zbek 
tilshunosligi keyingi davrda, xususan, so‘nggi yigirma yildan ortiqroq 
vaqt ichida juda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Tilshunoslikdagi 
bunday rivojlanish orfoepiyaning ayrim sohasida ham yuz berdi. 
Natijada orfoepiyaga oid ko‘pgina masalalar ham yoritilib, uning 
ayrim sohalariga aniqlik kiritildi. Biroq bu sohada qo‘lga kiritilgan 
muvaffaqiyatlar hali ilmiy jihatdan yetarli darajada umumlashtirib 
berilmagan.
O‘zbek xalq shevalarining ko‘pchiligi adabiy tilimiz normalaridan 
keskin farq qiladi.Ularning talaffuzlari ham adabiy talaffuz 


73 
normalariga ko‘pincha mos kelmaydi. Lekin bu shevalar yagona bir 
umumxalq tilining quyi formalari sifatida juda ko‘p umumiyliklarga 
ega bo‘lganidek, o‘zbek tilining og‘zaki talaffuzida ham ko‘pgina 
umumiyliklar bor. Ular jamlab tartibga solinsa, o‘zbek adabiy tilining 
orfoepiya normalarini belgilovchi qoidalarning to‘liq to‘plamini 
yaratish mumkin. Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi 
barcha talaffuz xususiyatlarining yig‘indisini, radio, televideniyeni 
adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Angliya, Buyuk 
Britaniya, Amerika kabi o‘nlab rivojlangan mamlakatlarda matbuot 
sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga qat’iy amal 
qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro‘y 
bergan ko‘rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog‘liq 
bo‘lishidan qat’i nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday 
ko‘rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, ko‘rsatuvni tayyorlagan 
jurnalistga, televideniye muharririga katta miqdorda jarima solinadi, 
ba’zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin. 
O‘zbekiston televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot 
vositalari haqida hamma vaqt ham bunday gapni aytib bo‘lmaydi. 
Ba’zi radioeshittirishlarida, televideniye ko‘rsatuvlarida shevaga 
berilib, bu holatni “xalqona soddalik”, “dehqontabiatlilik” sifatida 
izohlab, adabiy talaffuz me’yorlarini qo‘pol ravishda buzish 
madaniyatsizlikning bir ko‘rinishi ekanligini unutmasligimiz lozim. 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish