ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
76
"Model" so‘zi lotincha modulus, so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor, obraz, namuna, analog,
"o‘rinbosar" degan ma’nolarni bildiradi.
Model bu – tatqiqotchi tomonidan yaratilgan ma’lum bir tizim bo‘lib, tekshirilayotgan obyektga
o‘xshash bo‘lib, uning turli belgilari unda sodir bo‘ladigan jarayon, hodisa va o‘zgarishlarni ifodalaydi.
Boshqacha aytganda model biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Modellashtirish metodlaridan foydalanish uchun o‘qituvchi darsni tashkil etish loyihasini tuza
olishi, mavzu mazmunini bayon qilishi va talabalarining dars jarayonidagi faoliyatini bilishi lozim.
O‘rganilayotgan jarayonning modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda
o‘zlashtiriladi. Odatda dars jarayonida modellashtirish metodidan foydanilganida asosan ikki xil moddiy va
abstrakt(g‘oyaviy) modellar ishlatiladi.
O‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etishda modellashtirish metodlaridan foydalanishni quyidagi
vositalar orqali amalga oshirishi mumkin:
−
multimedia vositalari;
−
matematik usullar(matematik modellashtirish);
−
dasturlash vositalari (kompyuterda modellashtirish).
Multimedia vositalari ko‘proq moddiy modellarni yaratishda ishlatiladi. Multimedia vositalari
orqali modellashtirish amalga oshiruvchi o‘qituvchiga:
−
ma’ruza matnlari, amaliyot bilan bog‘liq topshiriqlarni tayyorlash;
−
uslubiy ko‘rsatmalarni, nazorat savollarini, to‘g‘ri javoblar variantini tuzish;
−
ishchi dastur va texnologik xaritani tuzish;
−
bilimni nazorat qilish natijasini tahlil etish;
−
har bir mavzu bo‘yicha dinamik ko‘rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarini tasavvur
etish;
−
mustaqil ishlar bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy savollar yuzasidan maslahatlar berishni
tashkil qilish;
−
o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish kabi
talablar qo‘yiladi.
Multimedia namoyishlari yaratishda o‘qituvchi Paint grafik muharriri ( oddiy ko‘rinishdagi turli
rangdagi tasvirlarni-modellarni yaratishda), Word matn muharriri (turli matn, jadval, formula, krossvord va
boshqa obyektlarni yaratishda), Excel elektron jadval (jadvallar, turli diagrammalar, grafiklar va boshqa
obyektlarni yaratishda), Power Point taqdimot dasturi (ovozli va harakatli obyektlarni yaratishda) va
boshqa dasturiy vositalardan foydalanishi mumkin.
Bundan tashqari o‘qituvchi multimedia namoyishlarini yaratishda kompyuter, printer, modem,
mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish
plansheti, musiqali klaviatura kabilar qurilmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi kerak b
о
‘ladi.
Multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish o‘qituvchilarning ish faoliyatini
osonlashtirib, o‘quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko‘tarish, o‘qitilayotgan fanning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida namoyish qilinishi kerak bo‘lgan obyektning ichki,
tashqi xossalarini ko‘rsata olishdek muhim vazifani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi [5].
O‘qituvchi dars jarayonini tashkil etishda o‘quvchilar o‘tilayotgan mavzuni mohiyatini yaxshiroq
tushunib olishi, uning mazmunini to‘liq anglashi va shu jarayonni hal qilishi uchun kerakli matematik
ifodalarni bayon qila olishi uchun matematik modellashtirish vositasidan foydalanish o‘z samarasi beradi.
Bizga ma’lumki, o‘rganilayotgan hodisa, jarayon yoki obyektni matematik ifodalar, munosabatlar
va formulalar yordamida ta’savvur etish jarayoni matematik model deyiladi. Tadqiq etilayotgan obyektni
modellashtirish obyektni shakllashtirishdan boshlanadi, ya’ni mos matematik model tuziladi. Buning uchun
uning esa ma’lum va noma’lum parametrlar ajratib olinib, ular matematik munosabatlar, ya’ni formulalar
yordamida ifodalanadi.
O‘quv jarayonini tashkil etishda matematik modellashtirish quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi:
1. Masalaning mohiyatini tushunish. Modellashtirish jarayoni o‘rganilayotgan masalaning
qo‘yilishi bilan boshlanadi. O‘rganilayotgan masala murakkab va ko‘p komponentali bo‘lishi mumkin. Biz
bir vaqtning o‘zida o‘rganilayotgan jarayonning hamma xossa va xususiyatlarini bila olmaymiz. Shuning
uchun shunga mos ravishda o‘rganilayotgan jarayonning ba’zi bir xossa va xususiyatlarini ajratib olamiz.
Uning natijasida, masalaning aniq mohiyati kelib chiqadi.
2. Jarayonni o‘rganish. Bunda sodir bo‘layotgan jarayon o‘rganiladi, obyektni ko‘rib turgan tashki
muhit chegarasi aniqlanadi. Bundan tashqari bu bosqichda o‘rganilayotgan jarayonning hamma ma’lum va
noma’lum parametrlari va ularni modellashtirish jarayoniga ta’siri o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |