methods
Abstract.
The article gives an idea of innovative educational technologies and innovative ideas
used by educators in the current education system, which is absolutely necessary for the professional
education system that is being formed today.
Keywords:
innovation technology, teaching methods, project method, research method, rating
system, control.
Hozirgi kunda ta’
lim tizimi inson faoliyatining muhim sohasi b
o‘lib, u ijtimoiy institutlardan biri bo‘lib,
uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Jamiyatning axborot-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tomon
rivojlanishi bilan ta’lim tizimida ham muhim o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu esa ta’lim tizimida juda katta
muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammoni hal qilish
uchun t
a’limning zamonaviy
innovatsion g‘oyalarini ishlab chiqish, innovatsion pedagogik texnologiyalar, o‘
qitish usullari va shakllarini
yaratish zarurdir. Ma’lumki, ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli
«novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarini bilib olishimiz zarur. Agar faoliyat qisqa
muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi
elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz “novatsiya” xususida fikr yuritayotgan
bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
83
o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsa “innovatsiya” degan tushuncha
shakllanadi [1, 33-40 b]. Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning
kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham o‘rganilgan.
Innovatsion faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi
va takomillashib boradi [2, 21-27 b]. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning
mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan
to‘qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy
ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo‘shadi va pedagogik faoliyatga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda interaktiv metodlar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini
o‘quv jarayoniga kiritishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarni
egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishga, mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va olingan bilimlardan o‘zlari
xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Innovatsion texnologiyalar inglizchadan “innovaton” yangilik kiritish – pedagogik
jarayon, ya’ni o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati o‘zgarish, yangilik kiritish, o‘quv jarayonida interaktiv
metodlardan to‘liq foydalanishni o‘z ichiga oladigan vositalar esa o‘quvchining birgalikda faoliyat orqali ta’lim
mazmuniga ta’sir ko‘rsatadigan vositalarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini
oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb
hisoblanmoqda. Xo‘sh, interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim
jaraѐnida interfaol metodlarning
o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi?
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular
tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuningdek, ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha
tasniflash mumkin:
– faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi);
– kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli);
– kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita
o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o‘rganilgan. Innovatsion
faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va
takomillashib boradi. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos
kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to‘qnashuvi
natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik
faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo‘shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi [4, 21-27 b].
Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan
izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs
manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir. “Yangi
darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni
ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur”ligini alohida ta’kidlab keladilar. Bugungi kunda olimlar va o‘qituvchilar
tomonidan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va shakllarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri bo‘lib
belgilandi. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon
tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Chunki yangi
pedagogik texnologiyalarni ahamiyati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘quv jarayoni
rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining 80 foizi ta’lim
jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir [7, 29-32 b].
O‘quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani aniq
belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini baholashni real mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni
samarali amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir [3, 29-32 b].
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy
nazariyasiga ega. U avvalo o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qitishning
axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan faoliyat ya’ni,
o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng muhim
yutuqlaridan biri – testlar fondini, o‘quv jarayonining borishini to‘la qamrab olgan nazorat-tekshiruv topshiriqlar
to‘plamini yaratilishidir. Oldindan tayyorlangan, standartlashgan testlar ishda anchagina qulaylik tug‘diradi. Har
bir o‘quv siklida test yordamida baholash tezkor qaytuvchan aloqa o‘rnatishga imkon beradi va o‘quv jarayonini
belgilangan maqsad tomon ketma-ket ravishda yo‘naltirib turadi. Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati va
ahamiyatini chuqurroq tushunish uchun, bizning fikrimizcha, pedagogik jarayonga kompleksli nuqtayi nazardan
qarash kerak, chunki pedagogik jarayon, ta’lim va tarbiya jarayondan iborat bo‘lib, juda murakkab, ko‘pqirrali
jarayondir [8,78-85 b].
Do'stlaringiz bilan baham: |