ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 80
Qo‘mitasi a’zosi Palo Shmitt bilan uchrashdi va Vengriyada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib
bordi. 2002-yil Hindiston Milliy Kongres partiyasi lideri Soney Gandi bilan uchrashdi va Hindistonda
kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2002-yil Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Vitaliy
Smirnov bilan uchrashdi va Rossiyada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2002-yil
Xalqaro Olimpiada Ijroi Qo‘mitasi a’zosi Sergey Bubka bilan uchrashdi va Ukrainada kurashni
rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2002-yil Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Xalqaro Og‘ir
atletika federatsiyasi Prezidenti Tamosh Ayan bilan uchrashdi va Vengriyada kurashni rivojlantirish
bo‘yicha muzokara olib bordi. 2004-yil FIFA Prezidenti, Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Yozef
Blatter bilan uchrashdi va Yevropada (Shvesariyada) kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi.
2005-yil Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi Prezidenti Jak Rogge bilan uchrashdi va Jahonda kurashni
rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2005-yil Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi bosh direktori Urso
Lakotto bilan uchrashdi va Jahonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2006-yil Osiyo
Olimpiada Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Shayx Ahmad Al-Sabah bilan
uchrashdi va Osiyoda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2006-yil Afrika Milliy
Olimpiada Assotsiatsiya Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Lassana Palenfo bilan
uchrashdi va Afrikada (Kot-d Ivuarda) kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2006-yil
Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Osiyo Olimpiada kengashi bosh kotibi Randxir Singx bilan uchrashdi
va Hindistonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2006-yil Milliy Olimpiada
Assotsiatsiya Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiada ijroi Qo‘mitasi a’zosi Panamerika Olimpiada
Qo‘mitasi Prezidenti Mario Vazkez Ranya bilan uchrashdi va Panamerikada (Meksikada) kurashni
rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2007-yil Mo‘g‘iliston Prezidenti Yenxbayar Nabmarin bilan
uchrashdi va Mo‘g‘ilistonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. 2007-yil Yevropa
Olimpiada Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi a’zosi Patrik Xiki bilan uchrashdi va
Yevropada (Irlandiyada) kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi[5].
Kurash sportini ommaviylashuvida jahon chempionatlarining rolini aniqlash maqsadida jahon
chempionatlari qayerda o‘tkazilganligi, nechta davlat ishtirok etganligi va sovrindor bo‘lgan davlatlar soni tahlil
qilindi.
Birinchi Jahon chempionati 1999-yil 1-2-may kunlari, O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida
o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida uchta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
Ikkinchi Jahon chempionati 2000-yil 13-17-iyul kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan.
Musoboqa erkaklar o‘rtasida uchta, qizlar o‘rtasida bitta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
Uchinchi Jahon chempionati 2001-yil 25-26-avgust kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida
o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida mutloq, qizlar o‘rtasida bitta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan
To‘rtinchi Jahon chempionati 2002-yil 30-avgust, 2-sentabr kunlari Armanistonning Yerevan shahrida
o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida to‘rtta, qizlar o‘rtasida uchta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
Beshinchi Jahon chempionati 2005-yil 26-27-noyabr kunlari, O‘zbekiston Respublikasining Toshkent
shahrida o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita, qizlar o‘rtasida to‘rtta vazn va mutloq vazn toifasida
bo‘lib o‘tgan.
Oltinchi Jahon chempionati 2007-yil 25-29-oktabr kunlari, Mo‘g‘ilistonning Ulan-Bator shahrida
o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita, qizlar o‘rtasida ikkita vazn va mutloq vazn toifasida bo‘lib
o‘tgan.
Yettinchi Jahon chempionati 2009-yil 9-10-oktabr kunlari, Ukrainaning Alushta shahrida o‘tkazilgan.
Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita, qizlar o‘rtasida yettita vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
Sakkizinchi Jahon chempionati 2011-yil 22-23-oktabr kunlari, O‘zbekistonning Termiz shahrida
o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita, qizlar o‘rtasida yettita vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
To‘qqizinchi Jahon chempionati 2013-yil 14-15-dekabr kunlari, Turkiyaning Stanbul shahrida
o‘tkazilgan. Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita, qizlar o‘rtasida sakkizta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
O‘ninchi Jahon chempionati 2015-yil 5-6-noyabr kunlari, Eronning Xurramobod shahrida o‘tkazilgan.
Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita vazn toifasida va mutloq vazn toifasida bo‘lib o‘tgan.
O‘n birinchi Jahon chempionati 2017-yil 2-3-dekabr kunlari, Turkiyaning Stanbul shahrida o‘tkazilgan.
Musoboqa erkaklar o‘rtasida yettita, qizlar o‘rtasida sakkizta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan [5].
1999-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan 1-jahon chempionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, shimoliy va janubiy
Amerika qit’alarining 30 mamlakati vakillari ishtirok etgan. Barcha vazn toifalarida o‘zbekistonlik kurashchilar
1-o‘rinni qo‘lga kiritishgan. Jami sovrindor bo‘lgan davlatlar soni ikkitani tashkil qiladi. 2000 va 2001-yillardagi
jahon chempionatlarida ishtirok etgan davlatlar soni birmuncha pasaygan (14 tagacha). 2002-yildagi jahon
chempionatidan boshlab musoboqada ishtirok etgan davlatlar soni osha boshlagan. Natijada sovrindor davlatlar
soni ham oshgan. O‘n birinchi Jahon chempionatiga kelib ushbu musoboqada ishtirok etgan davlatlar soni 51
taga yetgan. Yillar kesimida 11 ta jahon chempionatida ishtirok etgan va ushbu musoboqalarda sovrindor
bo‘lgan davlatlar 1- jadval va 1- rasmda keltirilgan.