ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 77
3. Modelni tavsiflash. O‘rganilayotgan jarayonning hamma ma’lum va noma’lum parametrlarini
o‘zaro bog‘lanishini belgilash va ifodalash.
4. Matematik modellashtirish. Tavsiflangan modelni matematika formulalar orqali ifodalash. Bu
ifodalar o‘rganilayotgan jarayonning hamma ma’lum va noma’lum parametrlari orasidagi bog‘lanishni
ifodalaydi. Bunday ifodalanish turli xil ko‘rinishdagi matematik, matematik dasturlash, chizikli algebra,
differensial va integral hisoblash va boshqalar masalalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
5. Masalani yechish usulini tanlash yoki yaratish. Bu bosqichda vujudga kelgan matematik masala
uchun mos keluvchi usul tanlanadi.
Bugungi kunda o‘quv jarayonini tashkil etishda kompyuterli modellashtirishdan keng
foydalanilmoqda. Kompyuterli modellashtirish o‘quvchilarga o‘rganilayotgan jarayon mazmunini anglab
olish, uni kompyuter ekranida ko‘rish, o‘zgartirish va ma’lum bir natijaga erishish imkoniyatini yaratadi.
Kompyuter modellari modellashtirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, fizika, iqtisodiyot,
mexanika, ximiya, biologiya, astrofizika va boshqa sohalarda amaliy masalalarni yechishda ishlatiladi.
Kompyuter modellari o‘rganilayotgan jarayon yoki obyektlar to‘g‘risida hamda ularni holatini taqribiy
baholash haqida to‘liqroq va yangi ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi.
Kompyuterli modellashtirish murakkab tizimlarni o‘rganishning samarali usullaridan biri bo‘lib,
kompyuter modellari ustida real tajribalar o‘tkazish qiyinchilik tug‘diradigan holatlarda tekshirish
o‘tkazishda sodda va qulay imkoniyatni yaratadi. Kompyuter modeliga jarayon yoki obyektlar haqida
aniqlangan qanchalik ko‘p xossalar kiritilsa, u shunchalik haqiqiy jarayon yoki obyektga yaqin bo‘ladi
hamda o‘rganish imkoni shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kompyuterli modellashtirish kompyuterda ko‘p maratoba takroriy hisoblash tajribalarini
o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rganilayotgan jarayon yoki obyektning real holati bilan modellashtirish
natijalarini tahlil qilish, modelning mosligi va aniqligini tekshirish vazifasini bajaradi.
O‘quv jarayonini tashkil etishda kompyuterli modellashtirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
−
o‘rganilayotgan jarayon yoki obyekt sohasini kengaytiradi;
−
real sharoitda ro‘y bermaydigan, takrorlanmaydigan jarayonlar, oldingi va keyingi jarayonlarni
o‘rganish imkonini beradi;
−
abstrakt obyektlarni vizuallashtiradi;
−
vaqt bo‘yicha tekshirish, tezlatish yoki sekinlashtirish;
−
jarayonni yoki obyektni sonli yoki grafik ko‘rinishlardagi xossalarini o‘rganadi.
Dars jarayonini tashkil etishda kompyuterli modellashtirishning quyidagi bosqichlaridan
foydalaniladi:
−
masalaning qo‘yilishi va uning tahlili;
−
informatsion modelni yaratish;
−
kompyuter modelini hal qilish metodini tanlash va algoritmini tuzish;
−
kompyuter modelini yaratish;
−
tajriba o‘tkazish.
O‘quv jarayonini tashkil etishda kompyuterli modellashtirish metodidan foydalanish tamoyillari
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
−
kompyuter modeli tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba kuzatib bo‘lmas darajada
harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim;
−
kompyuter modeli o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan masalaning
illyustratsiyasida yordam berishi kerak;
−
tajriba natijasida talabalar model yordamida hodisalarni xarakterlovchi kattaliklarning ham sifatiy,
ham miqdoriy bog‘lanishlarini ko‘ra bilishlari kerak;
−
model bilan ishlash paytida talabalarning vazifasi turli murakkablikdagi topshiriqlar ustida
ishlashdan iborat, chunki bu o‘z ustida mustaqil ishlashga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda o‘quv jarayonini tashkil etishda modellashtirish vositalaridan foydalanish
quyidagi imkoniyatlarni beradi:
−
o‘quvchilarda fanni o‘rganishga qiziqishni oshiradi;
−
kompyuter bilan ishlashni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi;
−
kompyuterlardan foydalanish bilan bog‘liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan
tanishtiradi;
−
ta’limda o‘quvchining individuallik darajasini oshiradi;
−
o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
−
materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;