ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
75
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan islohatlarda o‘quv jarayonini
takomillashtirish va isloh qilish vazifasi
belgilanib, barcha o‘quv muassasalariga fanlarni o‘qitishda
ilmiylik, amaliylik va zamonaviylikni ta’minlash, buning uchun ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy
texnologiyalaridan kengroq amaliy foydalanishni taqozo etadi [1]. Bu esa o‘quv jarayonida o‘quvchilarni
o‘qitilayotgan fan bo‘yicha amaliy bilim va malakalarini shakllantirish, o‘qitish
jarayonini ham mazmun,
ham uslub, ham ko‘rgazmalilik jihatdan samaradorligini oshirishga olib keladi.
Ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, shu jumladan
modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish, o‘quvchilarni qo‘yilgan masalaning mohiyatini tushunish,
uni yechish modelini yaratish, modellar uchun algoritmlar tuzish, tuzilgan algoritmlar asosida kompyuter
dasturini ishlab chiqish
va uni hal qilish, olingan natijalar asosida boshqa masalalarni yechish va har bir
masalani yechishga ijodiy yondashish kabi bilim va malakalarni shakllantirishga olib keladi. Shuning
uchun ham o‘quvchilarni ilmiy va mustaqil fikrlar doirasini kengaytirish, ularni kompyuterlarning
zamonaviy dasturiy vositalaridan foydalanish amaliy malakalarini oshirish maqsadida o‘quv
mashg‘ulotlarini zamonaviy metodlar asosida tashkillashtirish zaruriyati tug‘iladi [4].
Ana shuning uchun ham, hozirgi kunda respublikamizda ta’lim jarayonini
samaradorlik darajasini
oshirish maqsadida bir qancha tadbirlar va ilmiy tatqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida esa
ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarini tatbiq qilish darajasi oshib, o‘quv jarayonlarini tashkil qilish va
olib borish yanada takomillashib, ta’lim oluvchilarning chuqurroq bilim egallashlari uchun keng
imkoniyatlar yaratilmoqda [5].
O‘quv jarayonini tashkil etishda an’anaviy ta’lim turlari bilan birgalikda
zamonaviy innovatsion
texnologiyalaridan foydalanib, dars jarayonini tashkil etishga alohida e’tibor berilmoqda.
O‘quv jarayonida har bir mashg‘ulotni pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil
etishda, eng avvalo o‘qituvchining o‘zi shu texnologiyalarning mazmun va mohiyatini yaxshi anglab
yetishi va mukammal amaliy malakaga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun
esa har bir texnologiya va
metodlar haqida mustaqil tushuncha olishlari va mashg‘ulotni tashkil etish uchun undan qanday
foydalanish zarurligi to‘g‘risida kerakli bilimlar bilan tanishishi kerak [3].
O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari tashkil etishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish
lozim bo‘ladi [4]:
−
ta’lim tizimining barcha faoliyat turlarida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni
ta’minlash;
−
barcha fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
tizimini loyihalashtirish, yaratish va tatbiq etish;
−
ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish axborot
muhitini yaratish;
−
ta’lim muassasasi texnik bazasini zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash;
−
ta’lim tizimida kompyuter va internet tarmoqlaridan foydalanish imkonyatini yaratish;
−
kompyuter sinflarini zarur dasturiy vositalar, qurilmalar va axborotlar muhiti bilan ta’minlash.
O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil etishda o‘qituvchi faoliyatiga mavzuga
oid axborot
obyektlarini yaratish, zarur axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va
ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash, axborot obyektlarini uzatish, modellashtirish,
loyihalashtirish va boshqalar kiradi.
O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil etishda talabalar berilgan masalaning
mazmunini va yechilish shartini tushunishda ba’zi bir qiyinchiliklarga duch kelishadi. Masalaning mohiyati
va mazmunini tushunmasdan turib uni hal qilishga, jarayonda qatnashayotgan miqdorlarni bog‘liqligini
o‘zida aks ettirgan formulalarni topishga harakat qilishadi. Bu yerda
asosiy muammo, talabalar
o‘rganilayotgan jarayonlarning modelini tassavur va ifoda qilolmasligidadir. Buning uchun esa o‘qituvchi
dars jarayonini tashkil etishda samarali bo‘lgan metodlarndan foydalanishi kerak. Bundan tashqari
o‘qituvchi noan’anaviy metodlarni qo‘llaganda fikr mulohazalarni umumlashtirish va xulosa chiqarishni
bilishi hamda guruhni boshqarish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak [2].
Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil etishga katta
e’tibor qaratilganligi sababli, bugungi kunda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonini tashkil
etishda foydalanish ijobiy natijalarni berish bilan, birga uning samaradorligini ham oshirmoqda.
Ana shunday metodlardan biri modellashtirish bo‘lib, u ilmiy tatqiqot
izlanishlarning samarali
metodlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi zamon ilmiy bilish usuli hisoblangan modellashtirish
voqelikdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishda keng qo‘llaniladigan usullardan biridir.
Modellashtirish metodi voqelikni bilvosita o‘rganishga moslangan ilmiy usuldir. Modellashtirish
deyilganda, moddiy va ma’naviy real mavjud tizimlarni bilishda, mazkur tizimlarning tashkillanishi va
funksionallashuvi tamoyillarini qayta ishlab chiqish orqali yaratilgan model tushuniladi.