ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
73
Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritishda imtihonlar tarkibini optimallashtirish, baholash tizimida xalqaro va milliy ilg‘or amaliyotni joriy
qilish, malakaviy imtihonlarni topshirishda mavzuning e’lon qilinishiga bog‘liqligi cheklovini bekor qilish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: respublika oliy
ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan sifat o‘zgarishlarini e’tiborga
olgan holda malakaviy imtihonlar tarkibi optimallashtirilib, 3 ta malakaviy imtihon o‘rniga 2 (67%) ta
(ixtisoslik va chet tili) imtihon topshirilishi belgilandi. Shuningdek, barcha qo‘shimcha malakaviy
imtihonlar bekor qilindi. Attestatsiya jarayoni tajribasi hamda xorijiy tillarni o‘rganish xalqaro va milliy
tizimi amaliyotini e’tiborga olgan holda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan
kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan) hamdaV2 darajadan past bo‘lmagan CEFR,
Test DaF (Test Deutsch alsFremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETHEZERTIFIKAT,
DALF (Diplome approfondi de langue francaise)va Davlat test markazining malakaviy sertifikatigaega
bo‘lgan izlanuvchilarni mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili bo‘yicha malakaviy
imtihonni topshirishdan ozod etilishi bo‘yicha yangi qoida kiritildi [7]; malakaviy imtihonlarni topshirish
uchun izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari OAKda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi hamda veb-sayt va
«OAK Byulleteni»da e’lon qilinishi kerakligi talabi bekor qilindi.
Dissertasiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etish bo‘yicha mavjud tajriba va oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy qilinishi munosabati bilan natijalarni joriy qilish
imkoniyatlari kengaytirildi. Bu borada quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: dissertatsiyaning ilmiy
natijasini amaliyotga joriy etish quyidagilar bilan to‘ldirildi: intellektual mulk obyektiga mutlaq huquqning
e’tirof etilishi – ixtiroga va seleksiya yutug‘iga patent hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun
foydali modelga patent, sanoat namunasiga patent; ilmiy natijaning nufuzli, shu jumladan respublika ilmiy
seminari yoki fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning impakt-faktori 0,5 dan yuqori bo‘lgan va
xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta havola berilgan; ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan DTS,
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun o‘quv qo‘llanma; Davlat reyestriga kiritilgan natija; innovatsion
g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida imzolangan shartnomalar; innovatsion
g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi natijasiga ko‘ra (falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasi uchun) quyidagi faxriy nominatsiyalar: “Eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Sanoat yo‘nalishi
bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion
ishlanma”, “Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innotvasion ishlanma”, “Fan va ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi”,
shuningdek, fan tarmog‘i (ixtisoslik) xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa shakllar[8].
Dissertatsiya va avtoreferatni rasmiylashtirishda mazkur hujjatlarning annotasiya qismi oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirildi, shuningdek,
rasmiylashtirishning me’yoriy-texnik talablari aniq belgilab berildi. Masalan, falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan va fan doktori (DSc) dissertasiyasining hajmi 100 varaqdan
oshmasligi kerakligi belgilandi (matn varaqning ikkala tomoniga yoziladi) [9].
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatida ham o‘zgarishlar amalga
oshirilib, jumladan ro‘yxatga siyosiy fanlar, ishlomshunoslik fanlari tarmog‘i kiritildi [10].
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestasiyasi sohasida boshlangan islohotlarni
mantiqiy yakuniga yetkazish yuzasidan tizimli tadbirlar, jumladan, attestatsiya sifatini oshirish,
dissertatsiyalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada yuksaltirish, mavjud ilmiy salohiyatdan samarali
foydalanish, OAK faoliyatini yanada takomillashtirish va attestatsiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada keng joriy etish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni izchil amalga oshirish davom
ettirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan sohasini jadal rivojlantirish,
modernizatsiyalashtirish va oliy malakali ilmi va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qabul qilgan qaror va farmonlari mamlakatimizda oliy ta’limdan keyingi ta’lim
tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Prezidentimizning 2017-yil
16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni
bilan shu yilning 1 iyulidan boshlab mamlakatimizda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali
tizimi joriy qilindi. Mazkur farmon oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va
attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har
tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori bilan esa oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, oliy o‘quv
Do'stlaringiz bilan baham: |