ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
70
O‘quvchiga ba’zan muloqotda, his-tuyguli jarayonni namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun
pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilish kerak. Tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi
g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganda, tushkun bir ahvolda tushganda ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan
boshqa holatga, bir shaklda boshqa shaklga aktyorga xos iqtidor bilan o‘tkazishni ham bilishi kerak. Biroq
shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan
bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib bog‘lovchi rolingiz. Bu
sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni
nomoyon etuvchi haqiqiy jarayondir” [3] 38b
Pedagogik texnikada o‘qituvchining o‘z xatti-harakatini boshqarishi ustuvor ahamiyatga ega. Bunda u:
a)
o‘z gavdasini boshqara olishi: bunga mimika va pantomimikani qo‘llash me’yori, u orqali
ifodalanadigan musiqiy tushunchalar, musiqiy ijroda ovozning kuchi, dinamikasi, sur’ati, glissandoni ifodalash,
“boshlash” va “tugatish” kabilar kiradi;
b)
hissiyoti va kayfiyatini boshqara olishi: bunga musiqiy ijroda zarur bo‘lgan kayfiyat va
kechinmalarni ifodalashga salbiy ta’sir etuvchi ortiqcha ruhiy charchoqni yo‘qota olishi, ham badiiy musiqiy
ijroda, ma’lum musiqa asarini tinglash jarayonida ham asar dramaturgiyasida asosan ijobiy hissiyotlarni vujudga
keltira olishi kiradi;
c)
ijtimoiy-persteptiv qobiliyatlari: bunga musiqiy diqqati, har bir o‘quvchining ijro jarayonida va
tinglanayotgan musiqa asari bo‘yicha bildirmoqchi bo‘lgan badiiy fikrlarini yuzidan “uqib olishi”, shuningdek,
turli kayfiyat va kechinmalarga, dramatik holatlarga ega bo‘lgan musiqa asarlarini tinglash va undan ma’lum
xulosalarga ega bo‘lishida kuzatuvchanligi, ijro etiladigan qo‘shiq yoki tinglanadigan musiqa asarining hajmi,
dinamikasi va undagi mavjud kulminatsiya, avj pardalar borasida tasavvuri hajmi kiradi;
d)
nutq texnikasi: bunga nafas olishi, o‘z ovozining balandligi va tonini auditoriya hajmi va
tinglovchilarga moslashi, talaffuz tarzi, ya’ni, gapirganda o‘z ovozi tonini turlicha o‘zgartirishi, nutq sur’ati,
ya’ni tez, jadal yoki sekin gapirishi, mavzu mazmunini bayon etganda qay darajada pauzalardan foydalanishi
kabilar kiradi.
Musiqa o‘qituvchisi bilim oluvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatib, ta’lim-tarbiya jarayonining
texnologik loyihasini tuzadi va uni ochib beradi. Bunga o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv va
kommunikativ ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar, qo‘llaydigan texnologik ish usullari, pedagogik ishlarni
tashkil etishi va boshqalar kiradi.
Pedagogik texnikaga ega bo‘lish, o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lishda to‘g‘ri muomala
tarzini tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, o‘quvchilar bilan munosabat uslubi, diksiya, mimika, imo-
ishorani to‘g‘ri tanlash,
bularning barchasi pedagogik texnika tushunchasi tarkibiga kiradi.
Bo‘lajak o‘qituvchi aynan oliy o‘quv yurtida tizimlashtirilgan zaruriy ilmiy bilimlarni puxta egallab
olishi zarur. Musiqiy pedagogik mahoratni egallashda, pedagogika, musiqa o‘qitish texnologiyalari va
loyihalash, musiqa pedagogikasi, umumiy psixologiya va musiqa psixologiyasi kabi fanlarga doir bilimlar katta
rol o‘ynaydi.
O‘quv mashg‘uloti jarayonida ovoz va nutqda uchraydigan ayrim kamchiliklar: monoton, zerikarli,
ya’ni bir xil, o‘zgarmas ohangda mavzu bayonini amalga oshirish, auditoriya talabidan baland tovushda yoki
aksincha, juda past ohangda gapirish, gapirish tonining aytilayotgan masala mohiyatiga mos bo‘lmasligi (ba’zan
juda yuqori tonlarda yoki aksincha past tonda gapirish), nutqning ba’zan hayotiy emasligi, mavzu bayonida
pauzalar, ohangni o‘zgartirib turish, urg‘u berish, ta’kidlash kabilarga yetarlicha amal qilmaslik, ifodali o‘qish
malakasining pastligi (dikstiya), so‘zlarni aniq talaffuz qilmaslik kabilardan iborat.
Ushbu kamchiliklar musiqa o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarga samarali ta’sir etishga xalaqit berishi
mumkin. Mazkur nuqsonlarga talabalik davrida barham berish bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari uchun
ahamiyatlidir. Bunga mustaqil ravishda maxsus mashqlarni takrorlash, eng asosiysi musiqa o‘qitishga
o‘rgatishga oid fanlarning amaliy darslarda sinab ko‘rish orqali erishish mumkin.
O‘qituvchining estetikasi uning yuz ifodasida, ochiq ko‘ngilligida, harakatidagi vazminlik va
ixchamligida, imo-ishorasining haqiqiyligi va o‘quvchiga e’tiborliligida, o‘z gavdasini qanday tutishida bilinib
turadi. Yuz ifodasini tirishtirish, harakatlardagi pala-partishlik, muloqot jarayonidagi imo-ishoraning ba’zan
sun’iyligi, sinf jamoasini boshqarishda bo‘shanglikka yo‘l qo‘yilishi mumkin emas.
Hatto, o‘qituvchining xonaga qanday kirib kelishi, bolalarga qanday nigoh bilan qarashi, salomlashishi,
sinf xonasida qanday tempda yurishi-turushi bularning barchasi o‘quvchiga o‘ziga xos ijobiy yoki salbiy
psixologik ta’sir ko‘rsatadigan kuchdir. Vazmin, xushmuomala, bilimlarni o‘quvchiga sodda tarzda yetkaza
oladigan, har bir o‘quvchining o‘zlashtirish dinamikasini sezib turadigan va hissiy holatini yaxshi tushunadigan
o‘qituvchi o‘ziga ishongan, kuchli o‘qituvchidir. Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘qituvchining hech bir
kasbga o‘xshamaydigan kasbiy faoliyatini yukasak baholab: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni,
quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-
turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin”- deb ta’kidlab o‘tgan. [3,38b]
O‘qituvchining diagnostik mahorati: bilim, ko‘nikma va malakalar sifatiga tegishli baho bera olish,
o‘quvchilarning egallagan bilim darajasini aniqlashdan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |