ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
69
- o‘quvchilar jamoasiga moslashuvchanlik. Bunda o‘quvchilar bilan jamoa bo‘lib kuylash faoliyatini
amalga oshirganda ularning ruhiy holatini tezda o‘rganib, guruhga tez moslashib keta olish imkoniyati
tushuniladi. Zero, ushbu imkoniyat ommaviy musiqiy faoliyatni muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omildir.
- hissiy (emostional) jihatdan murosali bo‘lish. Dars jarayonida turli psixologik, hissiy vaziyatlarga
duch kelinadi. Ba’zan kayfiyatni tushiradigan, salbiy holatlar uchraganda bosiqlik bilan ushbu masalani hal qilib,
tezda mavzu tahliliga o‘tish yoki ijro jarayonini davom ettirish talab etiladi;
- hamdardlik. Musiqa darsini muvaffaqiyatli tashkil etishda o‘quvchilarning kayfiyati muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun darsni boshlashdan oldin va dars jarayonida har bir o‘quvchining kayfiyatini
nazorat qilib borish va zarur bo‘lganda, ularni qo‘llab–quvvatlash, hamdardlik ko‘rsatish katta ta’limiy
ahamiyatga egadir. O‘quvchilarda kayfiyatning yaxshiligi ijro etish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (Ayniqsa
bu holat qo‘shiq kuylashda ovozga ham ta’sir etadi);
- muammoli vaziyatlarga nisbatan tayyor bo‘lish. O‘quvchilarning o‘zaro muloqotini samarali tashkil
etishda turli vaziyatlarga duch kelish mumkin. Muammoli vaziyatlar uchraganda uni yengil hal qilish lozim;
- ijro jarayonida o‘quvchilarning diqqatini boshqara olish
.
Diqqat mexanizmlaridan (ixtiyoriy va
ixtiyorsiz) xabardor bo‘lish.
Diqqat deganda ongning boshqa obyektlardan to‘la xoli bo‘lgan holda ma’lum obyektlar (musiqa
asarini tinglash) yoki faoliyatga (xorda kuylash) qaratilganligi va yo‘nalganligi tushuniladi. Ma’lum obyektni
ajratishda diqqatning tanlanganligi namoyon bo‘ladi.
Diqqat:
- ixtiyorsiz;
- ixtiyoriy;
- ixtiyoriydan keyingi tarzida bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat quyidagi holatlarda:
- tashqi ta’sirlar – masalan, biron yoqimli kuy uzoqdan quloqqa chalinganda ixtiyorsiz ravishda biz
ushbu musiqaga diqqatimizni yo‘naltiramiz, bunda qo‘zg‘atuvchilar xususiyatlari (ularga qo‘zg‘atuvchining
kuchi va kutilmaganligi; yangiligi, o‘ziga xosligi, qo‘zg‘atuvchining kontrastligi, obyektning harakatliligi kiradi)
orqali;
-ichki intilish natijasida, masalan, biz uchun sevimli bo‘lgan musiqani tinglash ehtiyoji mavjudligi
sababli mazkur musiqani tinglashga diqqatimizni yo‘naltirishimiz yo‘nalganlik orqali namoyon bo‘ladi.
Simfonik orkestr ijrosidan faqatgina birinchi skripkaning ijrosini ajratib idrok etish – ongli tarzda
qo‘yilgan maqsad natijasida hosil bo‘ladigan ixtiyoriy diqqatga misol bo‘la oladi. Bunday diqqat turi bo‘lib,
hamisha irodaviy harakatlarni talab etadi.
Xorda kuylaganda tashqi ko‘rinishiga qarab o‘quvchining hissiy holatini aniqlash,
Do'stlaringiz bilan baham: |