Kalit so‘zlar:
pedagogik texnika, pedagogik maxorat, interaktiv muloqot, mimika, pantomimika,
nutq texnikasi.
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
68
Педагогические и психологические особенности формирования
у будущих учителей музыки педагогической техники
Аннотация.
В данной статье раскрываются педагогические и психологические стороны
преподавательской техники будущих учителей музыки и их важность. Владение учителем музыки
педагогической техники, являются важными факторами эффективной организации музыкального
образования. Так как уроки музыки отличаются от других уроков своей образностью,
художественностью, пробуждением творческих, эмоциональных чувств, образных переживаний в
детях
,
а также формированием морального воспитания.
Ключевые слова:
педагогическая техника, педагогический опыт, интерактивное общение,
мимика, пантомимика, техника речи.
Pedagogical and psychological aspects of the formation of pedagogical techniques in future music
teachers
Abstract.
This article describes the pedagogical and psychological aspects of mastering
pedagogical techniques in future music teachers. The availability of pedagogical techniques by a music
teacher is an important factor in the effective organization of music education. Because music lessons are
different from other lessons with their artistic, the development of creative, emotional feelings, and moral
education in children.
Keywords
: pedagogical techniques, pedagogical skill, interactive communication, mime,
pantomimics, speech techniques.
Ijtimoiy taraqqiyot, yangi texnika va texnologiyalarning kundalik hayotga kirib kelishi, o‘quvchi -
yoshlarning bilim va tasavvurlar ko‘lamiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘qituvchining ta’lim
subyekti va obyekti bo‘lgan o‘quvchilarning oshib boruvchi talablariga doimo tayyor bo‘lishini taqozo
etmoqda.
Musiqa o‘qituvchilari ta’lim muassasalarida (umumta’lim va san’at maktablarida) eng faol
shaxslar bo‘lish bilan bir qatorda, bugungi kunda ta’lim sohasidaga qo‘yilayotgan talablarni teran anglab,
o‘z faoliyatlarida tashabbuskorlik, ijodrorlik bilan ish yuritishlari maqsadga muvofiq.
Musiqa ta’lim-tarbiyasini yuqori saviyada tashkil etishda o‘qituvchi pedagogik texnikaga ega
bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Zero, musiqa darslarining spetsifik xususiyatlarining 4-bandida “Musiqa
bolaga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar ug‘otadi. Yaxshi, mazmunli
qiziqrarli musiqa darslaridan bolalar badiiy va ma’naviy ozuqa oladilar. Musiqa darsi o‘zining faol
psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. [1,28-b]
Pedagogik texnika pedagogik mahoratning tarkibiy qismi sanalib, o‘qituvchining o‘quv jarayonini
samarali tashkil etishida namoyon bo‘ladi. Pedagogik texnika – bu musiqiy faoliyat turlarini tashkil etishda,
ko‘nikma va malakalar majmuasi bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan ijro repertuarini yuksak talablar darajasida
amalga oshirishda qo‘llaniladi [2,105b]. (Umumta’lim maktablari musiqa darslarida asosiy faoliyat turlari:
musiqa tinglash, musiqa savodi, jamoa bo‘lib kuylash).
Ta’kidlash joyizki, ba’zida endi ish boshlagan yosh o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida pedagogik
texnika yetishmaslik hollari kuzatiladi, natijada darslarda ko‘
zlangan maqsadga erishа olmaslik,
o‘quvchilar jamoasini birlashtira olma
slik, fanga qiziqtirа olmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday
vaziyatlarda o‘zlari ham aziyat chekishadi.
Muommoli vaziyatlar:
1)
o‘quvchi bilan sidqidildan so‘zlasha olmaslik;
2)
salbiy pedagogik vaziyatlarda o‘zini to‘xtata olmaslik va o‘quvchi bilan munosib
muloqotni amalga oshira olmaslik;
3)
bolalar bilan pedagogik muloqot jarayonida o‘zida ishonchsizlikni yenga olmaslik;
4)
nutqining ravon emasligi;
5)
ayrim hollarda ortiqcha qattiqqo‘llikka yo‘l qo‘yish;
6)
muntazam xushmuomala bo‘lishdan qo‘rqib turish;
7)
dars jarayonida juda tez, sekin, haddan ortiq baland yoki past gapirish;
8)
mashg‘ulot paytida ortiqcha harakat qilish yoki bir joyda qotib qolish, ba’zan qo‘llarini
qayerga qo‘yishni bilmaslik, o‘z gavdasini tutishdagi kamchiliklarni (bukchayib, yerga qarab yurish,
keraksiz joyda kulish, ortiqcha harakatlar qilish, turli jismlarni qo‘lida aylantirib yurish va h.k.) aytib o‘tish
lozim.
Musiqiy ta’lim-tarbiyada muloqot (muomala) san’atini qo‘llashda quyidagilar asosiy rol o‘ynaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |