ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 72
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, barkamol avlodni tarbiyalash,
ta’lim va ilm-fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash kerakki, ilm-fan sohasini jahon talablari
darajasida rivojlantirishni ta’minlashda yoshlarning o‘rni benihoya katta. Shu jihatdan ham
mamlakatimizda yoshlar davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga judda katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublika muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy elitasini oshirishda oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’limning ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yanada
yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini va ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish
borasidagi ishlarni amalga oshirishda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va
attestatsiyadan o‘tkazish tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishi kerak.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni
[1] tarixiy ahamiyat kasb etib, unga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun
ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlikni, diniy
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat yuritish kabi
yo‘nalishlarda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari alohida o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi barcha sohalar qatorida ilm-fan
sohasida ham jahonda raqobat tobora kuchayib borayotgan sharoitda ilmiy izlanishlarning sifati va
samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-
fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Farmoni [2] bilan 2017-yilning 1-iyulidan boshlab mamlakatimizda oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy qilinishini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Mazkur Farmon oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o‘tkazish tizimining sifati va
samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish,
ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish
imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi
Nizom hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogkadrlar davlat attestatsiyasiga oid muhim qoidalar
tasdiqlangan[3]. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkaasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissyasi tomonidan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid
nizomlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Normativ-huquqiy hujjatlarda
xalqaro ilg‘or amaliyotdan foydalanish, samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, dissertatsiya sifatini
oshirish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni yo‘qotish, malakaviy imtihonlar tarkibini optimallashtirish va
baholash tizimida ilg‘or amaliyotni joriy qilish kabilarga alohida e’tibor qaratildi. Sohaga oid normativ-
huquqiy hujjatlarga kiritilgan yangiliklar, jumladan quyidagilar bilan tavsiflanadi[4].
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomda attestatsiya jarayonida ishtirok
etadigan shaxslar va tuzilmalar mas’uliyatini oshirish, ko‘chirmachilik (plagiat) holatining oldini olish,
ekspertiza jarayonini optimallashtirish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etdi. Bu borada quyidagilarni
ko‘rsatib o‘tish mumkin: izlanuvchi, dissertatsiya bajarilgan muassasa, Ilmiy seminar va Ilmiy kengash
mas’uliyatini oshirish hamda korrupsiya holatining oldini olish maqsadida Ilmiy seminar va Ilmiy kengash
faoliyatini tashkil qilishga quyidagilar kiritildi: Ilmiy seminar xulosasi “dissertasiya himoyaga tavsiya
etilsin” yoki “dissertasiyani qayta ishlash tavsiya etilsin” tarzida beriladi. Agar Ilmiy seminar muayyan
dissertasiya bo‘yicha “dissertasiyani qayta ishlash tavsiya etilsin” xulosasini qabul qilsa, Ilmiy kengash
rasmiy xat bilan ish bajarilgan muassasaga dissertasiyani qaytaradi[5].
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda attestatsiya jarayonida dissertatsiyalar va nashr
ishlariga qo‘yiladigan talablarni aniq belgilash, dissertatsiyalar sifatini oshirish, ilmiy darajalar berishda
xalqaro ilg‘or amaliyotdan foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, samarali va natijador ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish uchun muhim ilmiy yangiliklar
olgan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan uchtagacha ixtiro patenti muallifiga falsafa doktori (PhD) va
uchtadan ortiq ixtiro patenti muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasini dissertatsiya himoyasisiz berish
qoidasi ilk bor kiritildi [6].
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot
muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar
e’tiborga olingan.