ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
7
Ганҷи худоро ту калид омадӣ,
На-з пайи бозича падид омадӣ.
Чарх, ки аз гавҳари эҳсон-т сохт,
Оинаи сурати раҳмон-т сохт.[1; 84]
(Xudo xazinasining kalidi sen, ham o‘yinchoq uchun ham yara- tilgansan. Ehson gavharidin seni
yaratgan charx rahmat suratining oinasi qilib tuzdi seni.) Demak, inson – ko‘zgu tezisi Amir Xusravda ham
bor.
Amir Xusravning o‘zga shoirlardan asosiy farqi shundaki, ayni shu bobning o‘zida u insonning
riyozat orqali kamolotga erishishi haqida fikr yuritadi. Insonda ziddiyatli asoslar bor – u ulug‘ va nuqsonli,
ham «xalifa» va ham «qo‘g‘irchoq». Shu sabab u o‘zini anglashi, o‘yinchoqlik holatidan chiqishi kerak,
buning uchun pishishi lozim. Xumdonda solingan g‘ishtday:
В-ар ту ҳамон обу гиле дарсиришт,
Пухта шав аз мояи гулхан чу хишт.[1; 85]
(Senda suv va loyning qorishmasi bor, g‘ishtkabi gulxan haroratida pishgin.) Bu yo‘l – so‘fiylar
yo‘li, tariqatning ranjli yo‘lidir. SHu yo‘l manzilga olib boradi, deb yozadi shoir.
Мартабаеҷў, ки бароӣ ба моҳ,
Кас нахўрад шарбати борон зи чоҳ.
Баски маҳӣ ту раҳи боло гузид,
Аввал Зуннун шуд ва пас Боязид
.
[1; 85]
(Shunday bir martabani izlakim, oyga yo‘l olgan kishi yomg‘ir lazzatini quduqda totishi mumkin
emas. Baski, sening oying yuqoriga yo‘l olgan ekan, avval Zunnun bo‘ldiyu, keyin Boyazid.) Zunnun
Misriy va Boyazid Bistomiy – tasavvufning ikki buyuk shayxi, ular valiyulloh insonlar bo‘lib, komillik
darajasini egallagan edilar. Demak, Amir Xusrav umuman inson sharafi, xilqati haqida gapirishdan
tashqari, inson kamoloti haqida ham fikrlar bayon etgan va yo‘lni tariqat yo‘li deb taqdim etgan. Tariqat
kamolot yo‘li. «Maqolat»da shundan keyin insoniy kamchiliklar ustida to‘xtalib, ulardan qutulish borasida
nasihatlar qilinadi.
Iymon-e’tiqod va islom ahkomi haqida Xusrav Dehlaviy o‘z dostonida maxsus bob ajratadi
(«To‘rtinchi maqolat»), ma’lum bo‘ladiki, Amir Xusrav inson kamoloti, jumladan so‘fiy kishining
ma’naviy tarbiyasi uchun tariqat bilan birga shariatni ham muhim deb hisoblagan. Voqean, agar tasavvuf
tarixiga nazar tashlasak, shariat va tariqat orasidagi masala ustida ancha bahs-munozara bo‘lganligini
ko‘ramiz. Chunki bir qism shayxlar oshiq so‘fiy uchun shariatga rioya qilish zarurati yo‘q. Bu shariat
zohidni ko‘ruvchi odamlarga mo‘ljallangan, tariqat ahli – tariqat odobiga rioya qilsa kifoya deb chikqan
bo‘lsalar, boshqa guruh so‘fiylar tasavvufda shariat muhim ahamiyatga ega, shariat – omma rioya qiladigan
qoida- qonunlar majmui, shu bois u «xos» kishilarga ham taalluqli deb chiqdilar. «Shariat – tanadir, tariqat
– jondur, haqiqat – ruhdir». Tana ruh va jonsiz bo‘lmaganiday, jon ham tanasiz bo‘lmaydi.
Amir Xusrav ana shu e’tiqodga qattiq ishonar va shariat ahkomini bajarishni hamma uchun zaruriy
hisoblardi. Uning piri Nizomiddin Avliyo ta’limoti ham shunga muvofiq edi.
Amir Xusrav shariatning besh talabi – namoz, ro‘za, haj, zakot va «Kalimai shahodat»ni zikr
etishni «musulmonlikning besh asosi» deb aytadi. Voqean, Qur’on va boshqa diniy kitoblarda ham bu
ko‘rsatma bor. Amir Xusrav ushbu besh «asos»ni birma-bir ta’riflab chiqdi. «Shahodat» kalimasi –
iymonning nishonasi bo‘lsa, namoz va ro‘za Parvardigorga bandalik toati va sadoqatini bildirish vositasidir.
Hindistonlik shoir o‘z tangrisiga niyoz bilan toat qilmagan odam Tangrining gapini qaytarib, rad bo‘lgan
iblisga o‘xshashdir, deydi. Vahshiy hayvonlar, qushlar, o‘simliklar bo‘y cho‘zib, o‘z xoliqiga shukrona
aytadi, nega inson toatga o‘tirib, o‘z shukrini bildirmasligi kerak? Namoz – bu tavallo, poklanish, jumla
mavjudotning egasiga qulligin izhor etishdir:
Шарм надорӣ, ки туро Ҳаййу пок,
Хонда ба меъроҷу ту хуфта ба хок.
Ҳарчи ба даҳр одамӣ асту парӣ,
Нест магар баҳри парастишгарӣ.
Эй ба батолат чу фурўмоягон,
Чанд хўрӣ неъмати Ҳақ ройгон.
Ваҳшу туюре, ки чарохор кард,
Сар ба гаҳе хўрду нагунсор кард.
Қатраи обе нахўрад мокиён,
То накунад рў басўйи осмон.
Ҷисму ҷамоде, ки ба кўю раҳанд.
Ҳам ба забоне “батаъалаллаҳ”анд.[1; 127-128]
Do'stlaringiz bilan baham: |