ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
6
Bismilohir-rahmonir-rahim
Xutbai quds ast ba mulki qadim. [1; 83]
Ulug‘ shoir so‘z ibtidosini «Bismillo» bilan boshlab, ilohiyot olamining azal va abadligi,
cheksizligi, vahdatga shak keltirish kufr ekanligi haqida yozadi. Amir Xusravning «Matla’ ul-anvor» 20-
maqolatida o‘z qizi va barcha qizlarga nasihat so‘zlari keltiriladi. Bu borada xiyla ibratli o‘gitlar bayon
etilgan.
Endi asosiy mavzuimiz – inson talqini masalasiga kelganda aytish kerakki, Amir Xusrav
Dehlaviyning odamning yaratilishi, xilqati va axloqiy-ijtimoiy vazifalari haqidagi qarashlari islom aqidalari
asosida shakllangan. To‘g‘ri, inson haqidagi fikr-tushunchalar dunyodagi barcha xalqlarning og‘zaki va
yozma adabiyotlarida mavjud. Shuningdek, bashariyat mutafakkirlari qadim-qadimdan odam haqida o‘yga
tolib, uni o‘rganib, muhim xulosalarni bayon etganlar. Qadimgi Misr, Bobil, yahudiy, fors, yunon
donishmandlari, faylasuflari inson xilqatini o‘rganib chiqib, o‘z davrlari uchun ham, keyingi avlodlar uchun
ham ibrat bo‘ladigan gaplarni bayon etgani ma’lum. Umuman, insonga bo‘lgan qarashning o‘z tarixi bor,
chunki har bir davr mafkurasi inson talqinida o‘zgacha yo‘l tutgan. Inson odobi, vazifalari ham zamonlar
o‘tishi bilan o‘zgarib turgan. SHunga o‘xshash islom dinining ham inson haqidagi o‘z qarashlari bor. Bu
qarashlar musulmonlarning muqaddas, ilohiy kitobi bo‘lmish Qur’oni karimda va hadisi sharifda
ifodalangan. SHuni maxsus ta’kidlamoqchimizki, O‘rta asrlar SHarq adabiyotiga Qur’onning ta’siri
shubhasiz bor haqiqat.
.
Musulmon SHarqi adabiyotini shuning uchun islom dinidan xoli holda tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Faqat sof islomiy yoki sufiyona adabiyotgina emas, umuman adabiy-badiiy hayot, estetik
qarashlar, tushuncha-tasavvurlar, asotir va timsollar islom g‘oyalari ta’sirida shakllangan edi. Hatto
islomgacha bo‘lgan yodgorliklar, asotirlar ham islomiy ruhda qayta ishlab chiqilgan edi.
«Matla’ ul-anvor» dostonida ham birinchi maqolat odam haqidadir. Biroq, Amir Xusrav Nizomiy
singari odamning yaratilishi xususida emas, balki inson xilqatining buyukligi, ilohiyligi masalasi ustida
to‘xtaydi, odam haqida ko‘tarinki nafas bilan so‘z boshlaydi:
Эй зи азал гавҳари пок омада,
Гавҳари ту зевари хок омада,
Чанбари нўҳ чарх басе бехт хок,
То ту бурун омадӣ эй дурри пок.
Он халафе ту, ки зи рўзи нахуст
Кавн ба меҳмонии шаш рўзи туст,
Худ зи падар гарчи кунун омадӣ,
Бо падар аз ҷумла бурун омадӣ.
Дафтари маънӣ ту зи бар хондаӣ,
Tax
таи асмо зи падар хондаӣ,
Арсаи олам ба масофат турост,
Давлати одам ба хилофат турост.[1; 83]
(Ey azaldan gavhari pok bo‘lgan inson, sening gavharing tuproq— Erning ziynati bo‘ldi. Sen pok
dur yuzaga chiqshi uchun falakning to‘qqiz elagi qancha tuproqni eladi. Sen shunday xalifasanki, dunyo
birinchi kundan boshlab sening olti kunlik mehmoning bo‘ldi. Agarchi otadan endi dunyoga kelgan
bo‘lsang-da, lekin otang bilan barchadan oldin dunyoga kelgansan. Ma’no – Ilohiyot daftarini sen o‘qib
olgansan, ismlar taxtasi – lavhi mahfuzni otangdan o‘rgangansan. Dunyo maydoni bugun kengliklari bilan
senikidir, xudoning xalifasi bo‘lganing uchun Odam Ato davlati ham senikidir).
Amir Xusrav vahdati vujud xususida so‘z ochmaydi, ammo Odamning zoti sharafli ekani, azaldan
gavhari pokligini qayd etadi. Odam – olamlarning xulosasi, uning sharafi yana shuning uchun ham
balandki, garchi uning yaratilishi Odam Ato bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ammo inson bundan ilgari mavjud edi,
deydi hind shoiri, bunda u hazrati Muhammad nurining hali dunyo yaratilmasdan avval yaratilganligi
haqidagi rivoyatni nazarda tutadi (bu hakda yanato‘xtaymiz).
Odam – koinot xo‘jayini, Allohning xalifasi, uning qalbida g‘ayb asrori joylashgan.
Ҳабли варийди ту фиканда баланд.
Дар шарифи кўнгири Аллоҳ каманд.
Нури ту ҳангомаи анҷум шикаст,
Дасти ту тасбеҳи малоик гусаст[1; 83].
(Bo‘yin tomirlaring balandga shunday cho‘zilganki, ya’ni qadding shunday baland ko‘tarilganki,
Alloh arshi ayvoni kungurasi sharafiga arqon tashlagansan. Sening nuring yulduzlar salobatini barham etdi.
Qo‘ling farishtalar tasbehini tortib oldi).
Inson ham jonu jahon va ham barcha olam ifodasi, jahonga sig‘maydigan narsa, ya’ni qamrovu
hududsiz ruhi mutlaq ham insonning o‘zi. Ikki dunyoning shohi, Parvardigor ganjinasining kalidi:
Do'stlaringiz bilan baham: |