Person's image in the works of Husrav Dehlavi
Abstract.
This article is about person's image as history of whole literature in dastan "Matla ul-
anvor" by great hamsa writer-poet Husrav Dehlavi. The author emphasizes the poet's narration about
person, his greatness, creation, image and spirit, morality, activity and dreams.
Keywords:
hamsa writer, dastan, person's image, person's creation, image and spirit, sheikh, sufi,
sheriat, tarikhat, truth, comparing.
Inson hamma zamonlarda ham adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. «Adabiyot
insonshunoslik fani» ekan, demak, butun adabiyot tarixini inson haqidagi fikriy-g‘oyaviy qarash, insonni
tasvirlash, inson mohiyatini kashf eta borish tarixi deb atasa bo‘ladi. Chunki har bir yozuvchi, har bir shoir
jamiyat hodisalari, o‘zini qiziqtirgan, to‘lqinlantirgan g‘oyalarni qalamga olar ekan, albatta, inson siyrati va
surati, axloqi, faoliyati, niyat-orzulariga qadalib o‘tadi. Insonning o‘zi nima, u qayerdan kelib chiqqan,
hayotda o‘zini qanday tutishi kerak, insoniyat jamiyati, odamlar fikrining bir-biriga munosabati nimalar
asosida qurilishi lozim? Bu savollar faqat faylasuflar, siyosatdonlarnigina emas, adiblarni ham band etgan.
Ko‘p asrlik Sharq adabiyotida inson problemasi doimiy ravishda bahs-munozaraga sabab bo‘lib, turli
qarashlarni vujudga keltirgan. Sharqning gumanist shoirlari diniy hurofot va feodal zulm-istibdodning
kuchaygan davrlarida kam insonni ulug‘lash, uning ajib fazilatlarini vasf etish, nomaqbul, tuban holatlarini
tanqid qilishni kanda etmaganlar.
Buni buyuk shoirlar – Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy
ijodida, xususan, ularning so‘fiyona-falsafiy dostonlari «Maxzan ul-asror», «Matla’ ul-anvor», «To‘hfat ul-
ahror» va «Hayrat ul-abror»da ko‘rsa bo‘ladi.
Amir Xusrav dostoni garchi Nizomiy ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ammo ularda har bir shoir
yashagan zamonning talablari, muallifning shaxsiy qarashlari, o‘y-fikri aks etganini unutmasligimiz lozim.
Ular shunchaki, inson haqida fikr yuritish, uning falsafiy mohiyatini anglash uchun intilgan emaslar. Buyuk
shoirlarni, avvalo yaxshi inson fazilatlari nimadan iborat, qanday qilib yaxshi odam bo‘lishi kerak, degan
masalalar qiziqtirgan va har biri o‘z kuzatishlarining natijasini ifodalagan.
Xusrav Dehlaviyda umumiy kirishdan keyin uchta munojot va na’t keladi. So‘ngra shoir o‘z piri
Nizomiddin avliyo, sulton Aloiddin, yana bir hukmdor madhiga o‘tadi. So‘ngra asarning tartib va tarkibi
xususida gapiradi-da, orqasidan uchta xilvat (uchta falsafiy-tasavvufiy boblar)ni yozadi. SHundan keyin
yigirmata maqolat keladiki, har biri maqolat bitta hikoyat bilan yakunlanadi. Asarning oxirgi bobi «Guftori
ixtimomi kitob» (Kitob tugallangani haqida so‘z) deb nomlangan. Xusrav Dehlaviy asari, shunday qilib,
hammasi bo‘lib, 55 bobdan iborat.
Maqolatlar va ularning hikoyalari soni 20 ta. Amir Xusrav dostonining birinchi bayti:
Do'stlaringiz bilan baham: |