ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 164
mantiqiy-psixologik asosi birligini ko‘rsatadi. Buning natijasida o‘quvchilar nazariy umumlashma bilimlar
hamda orfografik qoidalarning grafikli va belgili modellashtirish usullarini o‘zlashtirishlari mumkin.
Bu guruh talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-konkret o‘rganish obyektining boshlang‘ich elementlari va ularning munosabatlari (grammatik-
orfografik kategoriyalar)ni aniqlash;
-o‘zlashtirish obyektining mantiqli-predmetli kontekstini grammatik bilimlarning adekvat shartlari
asosida aniqlash;
-displey ekranida orfografik tahlilda bog‘lanishlarning barcha turlari amalga oshirilishini
ta’minlovchi belgili vositalarni aniqlash;
-obyektni modellashtirish orqali o‘quv va amaliy masalalar tizimini aniqlash.
Ikkinchi guruh talablar o‘quvchilarning o‘quv ta’minotiga oid bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-o‘quvchilar faoliyatini mantiqiy-psixologik tahlil qilish asosida rejalashtirish;
- o‘quv faoliyatida ko‘nikma va amaliy masalalar tizimini oldindan belgilangan ketma-ketlikda
taqdim qilish orqali tashkil etish tamoyiliga rioya qilish;
- o‘z faoliyati tizimini dasturlashtirish;
- ish-harakatlar sur’atini, masalaning murakkablik darajasini, o‘zlashtirish obyekti qayta
tiklanadigan, transformatsiyalanadigan va konstruksiyalanadigan model turini tanlash;
- ekranda obyektlarning diskret va uzluksiz transformasiyalanishi orasidagi tanlovni, obyekt bilan
ish-harakatlarni avtomatik boshqarish rejimlarini tadqiq qilish va o‘quv faoliyatini kombinasiyalash;
- yo‘riqnomalarni o‘zlashtirish sa’y-harakatlarini rejalashtirish;
- sa’y-harakatlar mazmuni va natijasini ta’minlash;
-masalalar yechimi qayd etilishini ta’minlash.
Maxsus talablar kompyuterda o‘rgatish tizimini nazorat qilish bilan bog‘liqdir. Bunday tizimlar
o‘quv topshiriqlarining bajarilish jarayoni to‘g‘risidagi axborotni to‘plash; mazkur axborotni monitoringda
tashxisiy mezonlarga muvofiq ravishda taqdim etish; orfografiyani o‘rganish natijalarini bayonnomalar
ko‘rinishida tayyorlash va korreksion tipdagi topshiriqlarni bajarishga xizmat qiladi.
Nazorat va baholash rejimi to‘liq avtomatlashtirilishidan joriy muddati uzaytirilgan holatlarigacha
variasiyalanishi lozim.
Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinfda orfografiyani adaptiv o‘rgatishda quyidagi masalalar nazarda
tutiladi:
a) kompyuterda o‘rgatish tizimining o‘quv faoliyatini muayyan maqsadga yo‘naltirilishi;
b) kompyuterda o‘rgatish tizimining tegishli ko‘nikma va bilimlar mazmunini o‘zlashtirish obyekti
sifatida oldindan tahlil qilish asosida modellashtirilishi;
d) har bir dasturda ma’lum mashqlar ketma-ketligi aks ettirilgan orfografik qoidalar kompyuterning
o‘rgatish tizimiga kiritilishi;
e) kompyuterda o‘rgatish tizimida o‘quv malakalarini ma’lum ketma-ketlikda nazorat qilinishi va
baholanishi;
f) kompyuterda o‘rgatish tizimining o‘zida dinamik va statik modellarni birlashtirishi;
g) kompyuterda o‘rgatish tizimlio‘quv faoliyatining shakllanganlik darajasini tashxislash,
shuningdek, bilimlar va ko‘nikmalar mazmunini o‘zlashtirish natijasini nazorat qilish hamda baholashda
foydalanilishi;
h) kompyuterda o‘rgatish dasturlarida kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining yosh xususiyatlarini
hisobga olinishi;
i) kompyuterda o‘rgatish dasturlarida kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining amaliy-nazariy
tafakkuri shakllanishiga yordam berishi;
Kompyuterda o‘rgatish dasturlari kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ijodiy faoliyatining
shakllanish jarayonini tezlashtiradi.
O‘rgatuvchi dasturlar tizimini loyihalash jarayonida to‘rt daraja ajratiladi.
1
. Konseptual daraja. Bu darajada orfografiyani kompyuterli o‘rgatish tizimlari yordamida o‘qitishning
nazariy modeli berilgan, o‘qitish mazmuni va metodlarining psixologik mexanizmlari va tamoyillari buyruqlar
ko‘rinishida tavsiflangan. Bu esa dastur tuzuvchilari faqat o‘zlarining empirik tajribasi va bo‘lajak tizim
modelining psixologik asosi haqida intuitiv tasavvurlarini hisobga olishlari tufayli ishlab chiquvchilar xatolarga
yo‘l qo‘ymasliklariga imkon beradi.
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizimga kiradigan dasturlarda topshiriqlarning variantlari, orfografik masalalarni
yechish bo‘yicha bosqichlar va operasiyalar, mo‘ljallanadigan barcha javoblar hisobga olingan.
2. Texnologik darajada o‘quv faoliyatini boshqarish usuli, kompyuterli o‘rgatuvchi tizim birliklaridan
algoritm tuzish asosida foydalanishda o‘quvchilar ish-harakatlari usuli, ya’ni psixologik va pedagogik nazariyani
o‘qitish amaliyoti bilan bog‘lovchi vositalar tavsiflangan.