ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 166
imitasion modellar katta rol o‘ynaydi. Xususan, dasturiy pedagogik vositalar uchun imitasion model dars
fragmenti (bo‘lagi)ni modellashtirish bo‘lib, quyidagi amaliy masalalarni hal etish imkonini beradi:
– tizimning ishini turli sharoitlarda, shu jumladan, buzuvchi ta’sirda (noto‘g‘ri va noadyekvat javoblarni
maqsadga qaratilgan holda kiritishda) testlash;
–tizimning axborot taqdim qilinishiga tipik javob berish shakllarini aniqlash, interfeysning qo‘yilgan
maqsadlarga adekvatligi;
– foydalanuvchilarning ta’lim metodlari, orfografik qoidalarning taqdim qilinish shakllarini qanday
baholashlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash;
– o‘qituvchilardan dasturiy tizimning ta’lim metodikasiga, uning alohida variantlariga muvofiqlik
bahosini olish.
Dasturiy pedagogik vositalar ssenariylari ma’lumotlar bazasida quyidagi kabi birliklar ajratiladi:
orfografik masalalarni yechishga yo‘naltirilgan grammatik tushunchalar, orfografik amallar va qoidalarni
qo‘llash shartlari, orfografik tahlil algoritmlari, misollar, orfografik masalalarning yechilishiga olib boruvchi
muammoli savollar.
Kompyuter dasturlarining axborot blokida taqdim qilingan har bir birlik tizim biror geometrik shakl bilan
belgilangan bo‘ladi. Strukturaviy birlik ichida uning nomi ko‘rsatiladi, masalan, «gap bo‘lagi», «qoida»,
«orfogramma» va h. k.
«Yordam» klavishini bosgan o‘quvchiga mashina orfografik masalani yechish yo‘llarini namoyish
qiladi.
Orfografik masalani yechish uchun (ya’ni orfogrammani aniqlash uchun) ba’zan barcha darajalar, ba’zan
esa ba’zi darajalar orqali o‘tish zarur bo‘ladi. Masalan, talaffuz qilinmaydigan undoshlarni tekshirish uchun
so‘zning fonetik va morfologik tarkibini aniqlash yetarli, fe’llarning qo‘shimchalarida urg‘usiz unlilarni aniqlash
uchun ularning fonetik tarkibini, so‘z tarkibini va gap bo‘lagini aniqlash zarur.
Agar foydalanuvchi bilimlar bazasiga qo‘yilgan sxemaga murojaat qilsa, strukturaviy birlik haqida to‘la
axborot olishi mumkin. Masalan, orfogrammaning nomi, mazmuni (ya’ni tanish, tanlanma va yakuniy belgilari),
qoida bo‘yicha ish-harakatlar algoritmi, tahlilning grafik sxemasi.
Boshlang‘ich maktabda o‘rganiladigan har bir orfogramma uchun ular belgilarining batafsil tavsifi
yuqorida keltirilgan sxemalarga muvofiq ravishda tuzilgan. Ular zarurat bo‘lganida yordam klavishi [F]ni bosib,
ekranga chiqariladi. O‘quvchi xohishiga qarab, yo qoida bo‘yicha ishlash algoritmini yoki umumlashgan blok-
sxemani yoki dinamik jadvalni chaqirishi mumkin.
Ekranda darslikning barcha asosiy qoidalari paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa, elektron modelni logik
bog‘lamalar bilan birlikda o‘rgatuvchi tizimga aylantiradi. Strukturaviy birliklarning “shajarasi” yaratilib, u
kompyuter dasturida amalga oshirilgan quyidagi metodik yo‘lni ko‘rsatadi:
nimani tekshirish kerak,
qayerda tekshirish kerak,
qanday tekshirish kerak,
nima bilan tekshirish kerak. Bu axborot qoidani tushuntirishda va
takrorlashni tekshirishda o‘ta dolzarbdir.
O‘rganuvchidan ta’lim vositalariga tomon teskari aloqani yo‘lga qo‘yish uchun o‘rganuvchining formal
modelini ishlab chiqish talab etiladi. Buning uchun ketma-ket yaqinlashishlar metodidan foydalaniladi. Bu
metod axborot texnologiyalari yordamida ta’lim tizimi to‘g‘risidagi chegaralangan tasavvurlar bilan
o‘rganuvchilar haqida borgan sari ko‘proq adekvat bilimlar olishga erishish imkonini beradi. Bilish faoliyatini
o‘quvchidan keladigan teskari aloqadan foydalanish bilan boshqarishni amalga oshiradigan ta’lim vositalari
tizimini olish uchun ko‘plab integrasiyalar talab qilinadi.
O‘rganuvchining adyekvat modellarini yaratish uchun kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining tipologik
xususiyatlarini o‘rganishga harakat qilishda o‘quv imkoniyatlarini o‘rganish va rivojlantirishga oid ishlar amalga
oshiriladi.
Real o‘quv imkoniyatlari – shaxslar tomonidan anglangan va bilish salohiyatini belgilovchi ichki va tashqi
sharoitlar birligidir. Tadqiqotlar ularning quyidagi asosiy komponentlarini aniqlash imkonini berdi: Asosiy
masalani aniqlash ko‘nikmasi; ishni oqilona tashkil etish ko‘nikmasi; o‘qitishga munosabat; nerv sistemasining
xususiyatlari va h.k. Bu komponentlarni aniqlash usuli sifatida pedagogik konsilium taklif qilindi va ko‘p
maktablarda qo‘llanilganda o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsatdi.
O‘rganuvchidan o‘qitish vositalariga tomon teskari aloqani yo‘lga qo‘yish uchun o‘rganuvchining formal
modelini ishlab chiqish talab etiladi. Bu texnologiyalar o‘qitish tizimi to‘g‘risidagi chegaralangan tasavvurlar
bilan o‘rganuvchilar haqida sekin-asta adekvat bilimlar olishga erishish va adaptiv dasturlar tuzish imkonini
beradi. Bilish faoliyatini o‘quvchidan keladigan teskari aloqadan foydalanish bilan boshqarishni amalga
oshiradigan o‘qitish vositalari tizimi ko‘plab integrasiyalarni talab qiladi.
O‘rganuvchilarning adekvat modellarini yaratish uchun kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining
tipologik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish va rivojlantirishga oid ishlar
amalga oshiriladi.
Har bir o‘quvchi uchun ikki turdagi tavsifnoma yig‘ish zarur: obyektiv (psixologik testlar asosida) va
subyektiv (o‘qituvchilar fikrlari asosida). Shu bilan o‘quvchi yigirmatacha parametr bo‘yicha tizimli tarzda
tavsiflanadi.