ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 165
3. Operatsional darajada o‘qitish jarayoniga didaktik masalalarni yechish sifatida qaralgan. O‘quv
faoliyatining ayni qaysi funksiyalari kompyuterga yuklanishi, o‘qitishni individuallashtirish darajasi, qanday
dialog turi amalga oshirilishi, qachon o‘quvchilarga yordam berish kerakligi ko‘rsatilgan.
4.
Amalga oshirish darajasi. Pedagogik amalga oshirish ssenariy ko‘rinishida, ya’ni o‘quvchiga
pedagogik, psixologik, metodik ko‘rsatmalar tizimi va, shuningdek, foydalanuvchiga yo‘riqnoma shaklida
bo‘lishi mumkin. Dasturli amalga oshirish kompyuterlar tipi, ularning xotirasi hajmi, tezkorligi, grafik
imkoniyatlari texnik vositalarning mavjudligini hisobga olib ro‘yobga chiqarilishi mumkin.
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizimning konseptual darajasi. Kompyuter texnologiyalari o‘quv va tarbiya
nazariyasi komponentlariga ta’sir qiladi. Bu pedagogik va metodik fanlar asosiy ilmiy nazariyalar va metodlar
tizimi paradigmasining o‘zgarishiga olib keladi. Boshlang‘ich maktabda orfografiyani o‘zlashtirish bo‘yicha
o‘quv jarayonining umumlashma konseptual modelini qanday qilib tuzishni aniqlash uchun an’anaviy va
axborotli ta’lim komponentlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilishi lozim.
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizimni yaratish va foydalanish muammosi quyidagi masalalarga oid bir qator
nazariy qoidalarga tayanadi: kompyuterli o‘rgatuvchi tizimni qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;
o‘qitish modelining yaratilish xususiyatlari; kompyuterli o‘rgatuvchi tizimda foydalaniladigan DTlar ayrim
tiplarining funksional vazifasi; kompyuterli o‘rgatuvchi tizim birliklarining metodik vazifasi bo‘yicha
tipologiyasi; kompyuterli o‘rgatuvchi tizimga kiradigan va o‘quv-tarbiya jarayonida foydalaniladigan DTlarga
qo‘yiladigan talablar.
An’anaviy ta’lim metodikasi fani paradigmasi komponentlari va uning paradigmasi ta’limni
axborotlashtirish sharoitlaridagi komponentlarining qiyosiy tavsifi tubandagi jadvalda keltirilgan.
An’anaviy ta’lim metodikasi fani paradigmasi va ta’limning axborotlashuvi sharoitlarida metodika fani
paradigmasi asosiy komponentlari tavsifnomasining qiyosiy tahlili kompyuterli o‘qitish tizimiga birlashtirilgan
va orfografiyani o‘qitish sohasida foydalanishga yo‘naltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalarini ishlab
chiqish va foydalanish katta istiqbolga egaligini ko‘rsatdi.
An’anaviy ta’lim metodikasi grammatik-orfografik bilimlari, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish
jarayonini optimallashtiradigan, o‘quvchining aqliy rivojlanishi bilan bog‘liq ta’lim metodlarini ko‘zda tutadi.
Ta’limning axborotlashuvi sharoitidagi metodika o‘quvchining intellektual salohiyatini faqat imlo
sohasida ta’limiy maqsadlarga erishishgagina emas, balki o‘quvchilarni axborotlashgan jamiyatda hayot
kechirishga tayyorlash zarurati bilan aniqlanadigan didaktik ta’sirchanlikni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
An’anaviy ta’lim metodikasi, asosan, o‘qitishning illyustrativ-tushuntirish metodlaridan foydalanadi va
bunda o‘quvchilarning turli ta’limiy nazariyalar doirasida bajaradigan mustaqil ishi ham chegara-langanicha
qoladi.
Muammoli ta’lim va o‘qitishni algoritmlashtirishga doir g‘oyalarni o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini
faollashtirish va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, deb hisoblash mumkin.
Mazkur g‘oyalarni amalga oshirish o‘zlashtiriladigan bilimlar, ko‘nikma va malakalar sifatining
oshishiga, o‘quv materialini o‘zlashtirishga ketadigan vaqtning tejalishiga olib keladi. Bunda ta’limiy
g‘oyalarning amalga oshirilishi foydalaniladigan o‘qitish vositalari va ularni qo‘llash metodikasiga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir.
Ta’limning axborotlashuvi sharoitidagi metodika yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish,
ma’lum qonuniyatlarni o‘rganish jarayonida “mikrokashfiyotlar” qilishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining
xilma-xil turlari (axborot-o‘quv, o‘quv-o‘yin, elementar tadqiqiy faoliyat, axborotni, shu jumladan, audio-vizual
axborotni ishlab chiqish turlari) ning oshirilishini taklif etadi. Bu esa an’anaviy ta’lim vositalariga qaraganda
imkoniyatlari boy va xilma-xil bo‘lgan yangi avlod ta’limiy vositalardan foydalanilganda ro‘yobga chiqarilishi
mumkin. Yangi avlod ta’limiy vositalardan foydalanish o‘quvchining intellektual salohiyatini rivojlantirishga
qaratilgan ma’lum metodik tizim yoki ta’lim texnologiyasi doirasida amalga oshiriladi.
O‘quv vazifali dasturiy vositalar ma’lum bilimlar (mazkur holda orfografik bilimlar) sohasini aks ettiradi,
orfografiyadan didaktik material bilan faoliyatning turli shakllarini amalga oshirish sharoitlarini ta’minlaydi.
Dasturiy pedagogik vositalar murakkab tizimning tarkibiy qismlari sifatida ma’lum xususiyatlarga ega.
Funksiyalar taqsimotining ikkita asosiy varianti bo‘lishi mumkin: birinchi variantda inson masalaning
texnik yechimi ustidan faqat nazorat operatsiyasini bajaradi va qarorni tasdiqlaydi; ikkinchi variantda
operatsiyalarning bir qismi inson va mashina tomonidan birgalikda bajariladi. O‘qituvchi didaktik mazmunni
ishlab chiqadi va uni kompyuterga kiritadi, dasturiy tizim olingan axborotni ishlab chiqib, o‘qituvchi tomonidan
o‘ylangan kompyuterli topshiriqqa o‘zgartiradi. Topshiriq natijasi o‘qituvchiga beriladi. Demak, kompyuter
(o‘qitish vositasi) va o‘qituvchining o‘zaro ishlashi mehnatning qadam-baqadam tashkil etilishini talab qiladi.
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizim doirasida o‘qituvchi o‘qitish jarayonining asosiy boshqaruvini o‘zida
saqlab qolgani holda topshiriqlarning bajarilishiga doir mashaqqatli nazoratdan sekin-asta xalos bo‘la boradi.
Ochiq dasturiy vositalarni yaratishda ularning murakkab tizimlar ekanligi hisobga olinishi zarur. Har
qanday murakkab tizim uchun qilingani kabi, yaratish va sozlash bosqichida undan foydalanish eksperimenti
tizimning juda muhim elementlari parametrlarini baholash uchun qo‘llaniladi. Tizimni majmuaviy sinashlarda