ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
163
-texnologiyaning maqsadli konsepsiyasini (adaptiv-shaxsiyatli o‘qitish) ishlab chiqish va o‘quv
maqsadlarini iyerarxik tizimlashtirish, ta’lim mazmunini loyihalash;
-ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini integratsiyalash;
-ta’lim jarayonida texnologiyani amalga oshirish vositalarini yaratish.
Kompyuterda orfografiyani o‘qitish tizimini yaratishda o‘qitish nazariyasi yutuqlarini, didaktik
birliklarni to‘g‘ri yo‘naltirish, bilimlarning tizimliligini shakllantirish yetakchi konsepsiyadir.
“Bilimlar konsepsiyasi sun’iy intellekt sohasi bo‘lib u bilimlar bayoni, umumlashtirish metodlari,
ularning korrektligi va ziddiyatsizligi va nihoyat, bilimlarni saqlash va ishlab chiqish uchun amaliy
tizimlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi” va axborot texnologiyasi yordamida orfografiyani tizimli-
modulli o‘rgatish jarayonini tashkil etishga asos bo‘ladi [1;11].
Modulli o‘qitishning mohiyati quyidagicha: o‘quvchi o‘ziga taqdim etilgan va sa’y-harakatlar
maqsadli dasturi, axborot banki va qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanmani
o‘z ichiga olgan individual o‘quv dasturi bilan mustaqil ishlashi mumkin. Bunda o‘qituvchining vazifasi
axborot-nazoratdan maslahat-muvofiqlashtirishgacha bo‘lishi kuzatiladi.
Tizimli modulli o‘qitishga yo‘naltirilgan axborot texnologiyasining asosiy tavsifi moslashuvchanlik
bo‘lib, u yuqori texnologik yondashuv negizini tashkil etadi.
Tizimli moslashuvchanlik
– kompyuterli modul tuzilishining mobilligi modulli dastur va dasturlar
to‘plamining bosqichliligi bilan xarakterlanadi.
Mazmunan moslashuvchanlik
, eng avvalo, ta’lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalashda
aks etadi.
Texnologik moslashuvchanlik
kompyuterli muammoli-modulli o‘qitishning ma’lum yo‘nalishini
ta’minlaydi va u ta’limning variativ metodlarini, nazorat va baholash tizimining moslashuvchanligini,
o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarini individuallashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim jarayonini tizimli-modulli asosda tashkil qilish:
a) orfografiyadan o‘quv materialining chuqur o‘zlashtirilishiga doir modullarda guruhlash yo‘li bilan
o‘qitish mazmunini integrasiyalash va tabaqalashtirishni dialektik birlikda amalga oshirish;
b) tizimli-modulli dasturning u yoki bu variantlarini tanlash va orfografik qoidalarni o‘zlashtirishda
individual sur’atni ta’minlash;
d) dasturiy pedagogik vositalarni yaratishda ssenariylar sifatida didaktik vazifasi turlicha bo‘lgan
modullardan foydalanish;
e) adyekvat ta’lim metodlari va shakllarini qo‘llash asosida o‘qitish vaqtini o‘quv materialining to‘la
va chuqur bayon qilinishiga halal bermasdan qisqartirish imkonini beradi.
Kompyuterli tizimli-modulli adaptiv shaxsiyatli o‘qitish uning tizimli kvantlash, modullik, muam-
molilik, kognitiv vizuallashtirish kabi yetakchi g‘oyalarida o‘z aksini topadi.
Tizimli kvantlash tamoyili
ta’limning ilmiyligi, tizimliligi, izchilligi, faolligi, o‘quv vaqtini tejash,
umumlashtirish talablarini o‘z ichiga oladi.
Modullik tamoyilida
ta’limning tabaqalashtirilishi, individuallashtirilishi, mustaqilliligi,
bosqichliligi, variativligi, amaliy yo‘naltirilganligi nazarda tutiladi.
Muammolilik tamoyili
motivatsiya, onglilik, puxtalik, orfografiya sohasidagi ziddiyatli va
muvafiqlashmagan dalillarga duch kelinganda xulosalarning mantiqiyligini konglomeratidir.
Kognitiv vizuallashtirish tamoyili
ko‘rgazmalilik, bilish faolligi, o‘qitishning estetik va emotsional
yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi.
Mazkur tamoyillar yangi axborot texnologiyalari asosida o‘qitishning tegishli yondashuvlarini
anglatadi.
Muammolilik tamoyili rivojlantiruvchi o‘qitish nazariyalari, bilish faoliyati motivatsiyalari asosida
turadi.
Kognitiv vizuallashtirish tamoyili zaminida kognitiv-vizual
yondashuv mujassamdir.
Vizuallashtirish faqat illyustratsiyalash funksiyasini bajaribgina qolmasdan, balki yangi axborotni ramzli va
obrazli taqdim qilish usullarining birikuvi vositasida “bilim olishning tabiiy-intellektual jarayoniga yordam
beradi” [2;24].
Kompyuterda o‘qitish tizimining faollik tamoyili o‘quvchilar va o‘qituvchi mustaqilligini belgilaydi
va o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish, baholash reyting tizimi yordamida qayd etiladi,
Yuqorida sanab o‘tilgan nazariy qoidalarda kompyuterli o‘rgatuvchi tizimlarni loyihalashga
qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topadi.
Birinchi guruh talablar loyihalanib o‘zlashtirishga tavsiya etiladigan materiallarni tanlash va ularning
xarakteri bilan bog‘liqdir. Bu talablarning bajarilishi o‘qitish jarayonida konkret o‘quv predmetining
Do'stlaringiz bilan baham: |