ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
170
kishilar bilan munosabatda bo‘lishni xohlaydi. Yolg‘izlik ko‘pincha ba’zi belgilar bilan kechishi ham kuzatiladi.
Odatda yolg‘iz kishilar o‘zlarini boshqalardan psixologik jihatdan ajralib qolgan, me’yoriy shaxslararo
munosabatlarga qobiliyatsiz, sevgi, do‘stlik kabi intim munosabatlar o‘rnatishga yaroqsiz deb his qilishlari
mumkin. Yolg‘iz shaxs tushkunlikka berilgan shaxs bo‘lib, u o‘zini muloqot ko‘nikmasi va malakasi
yetishmaydigan insonman deb hisoblaydi. Yolg‘iz inson o‘zini jozibasiz, hech kim sevmaydigan va hurmat
qilmaydigan kishi deb biladi. O‘ziga nisbatan bunday munosabat maxsus salbiy affektlar – nafrat, g‘am-anduh,
baxtsizlik kabi hislarni vujudga keltiradi. Yolg‘iz inson ijtimoiy aloqalardan o‘zini olib qochadi, atrofdagilardan
o‘zini ajratib qo‘yadi. Unda boshqalarga nisbatan impulsivlik, paranoyallik, ta’sirlanuvchanlik, qo‘rquv,
xavotirlanish, frustratsiya hislari ustun bo‘ladi. Yolg‘iz kishilar boshqalarga nisbatan pessimist hisoblanadilar.
Ular o‘zlariga achinish hissi bilan qaraydilar, atrofdagilardan yomonlik kutadilar, kelajakni ijobiy ranglarda
tasavvur eta olmaydilar. Boshqalarning va o‘z hayotini mazmunsiz deb baholaydilar. Yolg‘iz kishi kam gapiradi,
o‘zini tinch, osuda tutadi, boshqalar e’tiborini tortishni yoqtirmaydi, ko‘p hollarda g‘amgin, xorg‘in va
uyqusiragan holda ko‘rinadi. Haqiqiy va tasavvurdagi munosabatlar o‘rtasida nomutanosiblik kuzatilganda o‘zini
yolg‘iz his qiladigan odamlar bu vaziyatni turlicha idrok hiladilar. Ojizlik va xavotirlikni his qilish bu vaziyatga
nisbatan javob ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxs bu vaziyatda boshqalarni aybdor deb hisoblasa, u
holda unda boshqalarga nisbatan dushmanlik hissi rivojlanib boradi. Agar o‘zini aybdor deb bilsa va o‘zini
o‘zgartirish qiyin deb hisoblasa, u holda g‘amgin bo‘lib qoladi, asta-sekin mazkur his surunkali depressiyaga
aylanib boradi.
Agar inson yolg‘izlik uni xushyorlikka chaqirayotganiga ishonch hosil qilsa, u holda yolg‘izlikka qarshi
faol kurashishi, uni bartaraf etish uchun kuch sarf qilishi zarurligini anglab yetadi. Vaqti-vaqti bilan uni salbiy
hissiy holatlar - zerikish, afsuslanish, o‘zining jozibador emasligini his qilish, ojizlik, vahimali qo‘rquv,
ezilganlik, umidning yo‘qolishi, o‘ziga achinish, qo‘zg‘aluvchanlik, tashlab qo‘yilganlik hissi kabi kechinmalar
qamrab oladi. Yolg‘iz kishilar muloqotchan va baxtli insonlarni unchalik xushlamaydilar. Bu ularning o‘ziga xos
himoya reaksiyasi bo‘lib, bu holat boshqalar bilan samimiy munosabat o‘rnatishga xalaqit beradi.
Yolg‘izlikni ichki kechinma sifatida talqin qilar ekanmiz, uning namoyon bo‘lish darajasini aniqlash
maqsadida empirik tadqiqot o‘tkazdik. Tadqiqotimiz obyekti sifatida Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar
fakultetining Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalari tanlandi. Ular ja’mi 160 nafarni
tashkil qildi: 50 nafari o‘g‘il bolalar, 110 nafari qizlardan iborat edi. Tadqiqotimiz maqsadi talaba-yoshlarda
yolg‘izlik hissi turlari bo‘yicha darajali ko‘rsatkich mavjudligini aniqlashdan iborat edi. Tadqiqotimiz reja
asosida va bosqichma-bosqich amalga oshirildi: avvalambor respondentlar bilan suhbat olib borildi, so‘ngra
S.G.Korchaginaning “Yolg‘izlikning ifodalanish turini aniqlash” so‘rovnomasi qo‘llanildi.
Birinchi bosqichda olib borilgan suhbat tahlili shundan dalolat beradiki, o‘g‘il bolalarda yolg‘izlik
ijobiy idrok qilinadi (60%), qizlarda esa aksincha (70%). “Muloqotga bo‘lgan ehtiyojingiz sizni qoniqtiradimi?”
degan savolga ikkala jins vakillari ham ijobiy javob berganlar. Ya’ni o‘g‘il bolalar – 100%, qizlar – 80%. Bu esa
mazkur hissiy holatning ijobiy idrok qilinishi talaba-yoshlarning psixologik salomatligiga samarali ta’sir
ko‘rsatishini isbotladi. “Ba’zan yolg‘iz qolishni yoqtirasizmi?” degan savolga 90% o‘g‘il bolalar va 100% qizlar
“ha” deb javob berishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, yolg‘izlik yoshlar tasavvurida salbiy kechinma sifatida
idrok etilmaydi. Balki u insonning yangi g‘oyalarini, qirralarini, faolliklarini kashf etish uchun ham zaruriy omil
bo‘lib xizmat qilar ekan.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichida “Yolg‘izlikning ifodalanish turini aniqlash” so‘rovnomasi o‘tkazildi
va uning tahliliy natijalari quyidagi jadvallarda o‘z ifodasini topdi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |