Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


Yerqo‘rg‘on, Kishmishtepa, Kojartepa



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

4.3. Yerqo‘rg‘on, Kishmishtepa, Kojartepa, 
Kasbitepa 
qadimgi shaharlar 
Yerqo‘rg‘on miloddan avvalgi IX-VIII asrlar va milodiy VI 
asrlarga ta’luqli
 
qadimgi shahar. Qarshi shahridan 10 km shimolda 
joylashgan. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb 
tilga olingan. Yerqo‘rg‘onda dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari 
to‘garagi a’zolari L.I.Zimin, I. Kastane, 1946 -yil arxeolog 
A.I.Terenojkin , 1946-1972 - yillar (tanaffus bilan), 1959-1964 - yillar 
Ya.G‘ulomov, 1963-1964 - yillar M.V.Masson tekshirishlar olib 
borgan. 1973 - yildan O‘zbekiston FA Arxeologiya institutining 
Qashqadaryo ekspeditsiyasi qazish ishlari olib bordi. Mustaqillik 
yillarida arxeologik hududlarni o‘rganishga xorij texnika va 
texnologiyasi jalb etildi. 
Yerqo‘rg‘on xarobasi qal’a va shahristondan iborat bo‘lib, 
umumiy maydoni 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator 
mudofaa devori bilan o‘ralgan. Ichki devori (balandligi 8 m gacha) 
beshburchak tarhli bo‘lib, taxminan 40 ga maydonni o‘ragan atrofi 
xandaq bo‘lgan. Unda qal’a, saroy majmuasi, ibodatxona, kulollar 
mahallasi, turar joylar va boshqalar joylashgan. Kulollar mahallasidan 
bir necha xona, ustaxona qazib ochilgan, uning tagidan eng qadimgi 
mudofaa devori qoldiqlari topildi (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar). 
Ibodatxona sella (sajdagoh), bir necha kichik xona hamda ayvondan 
iborat bo‘lgan. Shahar ikkinchi qator devorlari ichidan daxma, 
maqbara, temirchilar mahallasi kavlab o‘rganilgan. Qazish vaqtida 
sopol idish (xum, xumcha, ho‘qacha, kosalar, tova, qozon, tog‘ora, 
qadah va boshqalar), diniy marosimlarda ishlatiladigan asboblar
ma’budalarning sopol haykalchalari, Naxshab tangasi (III-VI asrlar), 
so‘g‘d yozuvi namunalari, muxr nusxasi topilgan. 
Kindaklitepa 
- miloddan avvalgi IV milodiy VI-VII asrlardagi 
qadimgi qishloq. Qashqadaryo vohasining o‘rta qismida, Qorabog‘ 
qishlog‘i yaqinida joylashgan. Mazkur qishloq xarobasi o‘zi 
joylashgan tepalik (balandligi 12 m, maydoni 0,25 ga) ning shakliga 
ko‘ra shunday nom olgan. 1955-1957 -yillarda V.D.Jukov rahbarligida 
Qashqadaryo arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi bu yerda qazish 
ishlari olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida madaniy qatlamlar 


56 
orasida puxta qilib qurilgan bir qancha to‘rtburchak shakldagi 
inshootlar qoldiqlari borligi aniqlandi. Saqlanib qolgan devorlarning 
balandligi 0,7 m dan 3 m gacha, qalinligi 1,4 m dan 1,7 m gacha 
bo‘lib, ba’zilari xom g‘isht va ba’zilari paxsadan qurilgan. 
Kindaklitepadan sopol idishlar siniqlari, ko‘za va xumlar, qozon va 
o‘choqlar, suyak, tosh, mis, temir va shishadan qilintan buyumlar, 
chiroqdonlar, o‘g‘ir va yorg‘uchoqlar, sopol muhr va tugmalar, urchuq 
hamda 
to‘quvchilik 
dastgohlarida 
ishlatiladigan 
konussimon, 
bikonussimon va yassi yuk toshlari hamda kulolchilik dastgohlari 
bo‘laklari topildi. Urchuq va to‘quv dastgohlarida ishlatiladigan yuk 
toshlari 
to‘quvchilik 
Kindakltepa 
aholisining 
asosiy 
mashg‘ulotlaridan biri bo‘lganligini ko‘rsatdi. Mazkur ashyoviy 
dalillar va ilmiy tadqiqotlar natijasida Kindaklitepa aholisining 
o‘troq tarzda hayot kechirib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan 
mashg‘ul bo‘lganligi hamda keyinchalik suv tanqisligi oqibatida bu 
yerni tark etganligi aniqlandi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish