47
Amir Temur 1370 -yil Movarounnahrni egallagach, Termiz
Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi.
Surxon vohasining rivojida Amir Temur shaxsining alohida o‘rni bor.
Keyingi tarixiy izlanishlar shu narsani aniq ta’kidlamoqdaki, Amir
Temurning davlat boshqaruv faoliyatida Surxon vohasining o‘ziga xos
o‘rni bo‘lib, uning janubiy mamlakatlar bilan olib borgan jamiki
harakati Termiz bilan bog‘liq edi. Amir Temur o‘z armiyasiga yangi
kuch qo‘shib, uning iqtisodiy ta’minotini Termizda mustahkamladi.
Amir Temurning Termizga yaqin Biyo qishlog‘ida to‘xtab,
“Temur tuzuklari”da qayd etilgan: “Birinchisi - davlat va saltanatimga
bog‘langan mening birinchi tuzugim - Tangri taoloning dini va
Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim.
Har yerda
va har vaqt islom dinini quvvatladim” degan fikrni bildirgan. Chunki,
Biyo qishlog’ida Amir Temur Makkayu Mukarrama sayyidlarining
boshlig‘i Sayyid Baraka bilan uchrashadi.
Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida ko‘hna Termiz
haqida ma’lumot berar ekan, 1399-yil 11- sentabrda Kesh
(Shahrisabz)dan Balxga borayotgan Amir Temur bir necha termizlik
sayyidlarning qabrlarini,
jumladan, Xoja Muhammad Ali Hakim
Termiziy va Shayx Abu Bakr Varroqning mozorlarini ziyorat qilib
o‘tganligini eslatadi. Amir Temur 1404 -yilning yozida Balxdan
orqaga qaytayotganida ham Termiz sayyidlaridan Xudovanzoda A’lo
al-muluk xonadonida to‘xtab o‘tadi. 1404-yilning kuzida Ispaniya
qiroli Genrix III ning elchisi Klavixo ham Termizda bo‘gan edi. Rui
Gonsales de Klavixoning “Samarqandga, Temur huzuriga sayohat
kundaligi” (1403-1406 yy) dagi ma’lumotga ko‘ra, Temur Xurosonga
qilayotgan yurishida Amudaryoga qayiq ustida turuvchi yog‘och
ko‘prik qurdiradi va qo‘shinlar o‘tib bo‘lgach, uni buzdirib tashlaydi.
Bu davrda Kichik Hindiston deb
ataluvchi mazkur hudud Balx
tumaniga qarashli edi. Termiz tumaniga tegishli qadimgi kechuv
joylari Sho‘rob va Cho‘chqa Guzar Aleksandr Makedonskiygacha
ham bor edi, bu joylar ilgari Kichik Hindistonga bo‘ysungan bo‘lsa,
endi Amir Temur tomonidan Samarqand saltanatiga bo‘ysundirildi,
deb qayd etildi. Sohibqiron saroyiga Kastiliya va Lion qiroli Genrix
III nomidan elchi bo‘lib kelgan Rui Gonzalis de Klavixo Termiz
shahrini shunday ta’riflaydi: “Termiz juda katta va aholisi zich, unda
tashqi devor mudofaa istehkomlari yo‘q. Shahar atrofida ko‘plab
bog‘lar va anhorlar joylashgan. Bu shaharga kirganimizdan so‘ng
48
doimo xilma-xil mollar sotiladigan gavjum ko‘cha va maydonlardan
yurib bordik. Bu shahar elchilarga ko‘p
marotaba marhamat
ko‘rsatdilar”. Xuroson hukmdori Shohrux Mirzoning Anhud va Balx
viloyatlarida ta’siri kuchayishidan tahlikaga tushgan Xalil Sulton
1407-yilda Amudaryo bo‘ylab joylashgan Termiz qal’asini qayta
tiklagan.1431-yili Shohruh Mirzo topshirig‘iga ko‘ra yozilgan Hofizi
Abruning geografiyaga doir asarida Amudaryoning Orol dengiziga
emas, balki Kaspiy dengiziga quyilishi, Movarounnahr va uning yirik
shaharlari Buxoro,
Samarqand, Kesh, Nasaf, Termiz, Xo‘jand haqida
ma’lumotlar berilgan. Hofizi Abru Termiz shahri bilan qal’a bir joyda,
bundan tashqari, Termiz tashqi shaharga ham ega ekanligini, imoratlar
paxsadan qurilgan, bozor va jome masjidi shaharning markazida
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Buyuk geografik kashfiyotlar arafasida
bo‘lgan Temur davri butun Turon zamin xalqaro savdosining yuksak
rivojlangan bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Kichik Hindiston (g‘arbiy
Yevropa adabiyotida Kichik Hindiston va Eron oralig‘idagi hududlar,
ya’ni Afg’oniston, Belujiston va Mekron nazarda tutilgan)dan
Samarqand sari yo‘l olgan karvonlar Termiz kechuvidan o‘tgan.
Bundan ko‘rinadiki, Surxon vohasi hududi
Temur davri savdosida
muhim ahamiyat kasb etgan. Temur va temuriylar davrida vohada
nafaqat savdo, balki iqtisodiy hamda madaniy siljishlar ham yuz
berganini XIV-XV asrlarga oid bo‘lgan 80 dan ortiq obidadan
topilgan ashyoviy manbalar isbot eta oladi. Bu yodgorliklardan qazib
olingan, sifat darajasi bilan Xitoy chinnisiga tenglashgan sopol
buyumlar, zargarlik namunalari, me’moriy
koshinlar Surxon vohasi
amaliy san’atining Temur davlati markaziy shaharlari madaniyati
bilan hamohang taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
1407 -yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi
Termiz qal’asi qayta tiklandi. Ko‘p o‘tmay o‘z tangalarini zarb
etadigan katta shaharga aylandi.
1504 - 1505 -yillarda shaharni Shayboniyxon egalladi.
Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida bo‘lib, XVIII asrning 2 -
yarmida shahar o‘zaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan.
Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloqlari saqlanib
qolgan.
Mustaqillik yillarida shaharlarning va mutaffakirlarning
yubiliylari keng nishonlandi. Jumladan,
Termizda islom dini
arboblaridan Hakim at-Termiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy,
49
Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi
olimlar yashab o‘tishgan. Termizda 1999 - yilda Alpomish dostonining
1000 yilligi, 2002 - yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik
yubileyi o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: